Va terrorizmga


Xorijiylik yo‘nalishi va ta’limoti


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/84
Sana02.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#192904
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Xorijiylik yo‘nalishi va ta’limoti. Xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) 
(644–656) davriga kelib islom jamoasi ichida fitnalar paydo bo‘ldi. 
Usmon (r.a.)ga uyushtirilgan suiqasd (656­y.) ham ana shu siyosiy 
kurashlarning natijasi edi. Xalifa o‘ldirilgach, uning o‘rniga Ali 
ibn Abu Tolib (r.a.) (656–661) saylandi.


19
657­yil  (37­hijriy)da Shomning (Suriya) shimoli­sharqida joy­
lashgan Siffin mavzesida xalifa Ali (r.a.) qo‘shini bilan u yer­
ning hokimi Muoviya (r.a.) qo‘shini o‘rtasida «Jamal voqeasi»dan 
bir oy o‘tib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Ushbu to‘qnashuvga 656­
yil uchinchi xalifa Usmonning (r.a.) o‘ldirilishi munosabati bilan  
Ali (r.a.) va Muoviya (r.a.) tarafdorlari o‘rtasidagi keskin qara­
ma­qarshiliklar  sabab  bo‘ldi. Marhum  xalifaning yaqin qarin­
doshi  bo‘lgan Muoviya (r.a.) xalifalik taxtini egallagan Ali (r.a.)
dan aybdor jinoyatchilarni jazolashni talab qilib, shundan so‘ng­
gina  Ali  (r.a.)ga  bay’at qilishni ma’lum qildi. Jang to‘qqiz kun 
davom etdi. Ali (r.a.)ning qo‘li baland kelib turganda, Muoviya 
(r.a.) tarafdorlari xiyla ishlatdilar. Ular Amr ibn Oss (r.a.) ko‘rsat­
masi bilan katta nayzalar uchiga yangi ko‘chirilgan Mushaf varaq­
larini ilib, Qur’on bilan hukm chiqarishni talab qildilar. Muoviya 
(r.a.)ning janjalni sulh orqali hal qilish haqidagi taklifini Ali (r.a.) 
qabul qilgach, jang to‘xtatildi. Ali va Muoviya (r.a.)lar o‘rtasi­
da hijriy 37­yil safar oyining 15­kuni (mil. 657­yil 8­sentyabr)da 
sulh tuzildi. Mazkur «Siffin» jangi musulmonlar uchun juda kat­
ta yo‘qotish bo‘ldi. Unda hammasi bo‘lib to‘qson ming musul­
mon halok bo‘ldi. Aynan «Jamal» va «Siffin» janglari musulmon­
lar o‘rtasida dastlabki bo‘linishlar va turli firqalar kelib chiqishiga 
sabab bo‘ldi.
Ahli sunna va­l­jamoa e’tiqodiga ko‘ra, sahobiylar orasida yuz 
bergan bu vaziyatlarda ular ayblanmay, ularning bari haqni izla­
gan mujtahidlar hisoblanadilar. Umumiy qoidaga asoslanib, ular­
dan qaysi birlari to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar ikki ajr, xato ijti­
hod qilgan tarafga esa bir ajr beriladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling