Va terrorizmga


Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/84
Sana02.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#192904
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. Terrorizm (lo­
tin: «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlam­
larida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib 
chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratil­
gan jinoiy faoliyatdir. 
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy 
bo‘la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan hara kat 
qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob 


12
sifatida foydalanadilar. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib
xalqaro terrorizm shaklini oldi.
Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar
siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan si­
yosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan 
bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi. 
Xalqaro terrorizm fenomeni ayniqsa, XX asr boshlarida avj 
ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlat­
lararo hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi o‘tgan asrning 30­yilla­
ridan boshlangan. Masalan, 1934­yilda Madridda bo‘lib o‘tgan 
jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muam­
molariga bag‘ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini 
dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qi­
lish maqsadida biror­bir vositani qo‘llash» degan ma’nodagi ta’rifi 
qabul qilinishiga erishilgan. 1937­yilda 20 dan ortiq davlat terro­
rizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash ha­
qidagi Konvensiyani imzoladi. 
Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini 
ta’kidlash zarur. 1970­yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga 
qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko‘proq uchragan bo‘lsa, 
hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poyezdlarda port­
lashlarni sodir etish orqali ko‘plab tasodifiy kishilarning qurbon 
bo‘lishiga olib keladigan qo‘poruvchilikni amalga oshirishga e’ti­
bor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar bi­
rinchi navbatda jabrlanganlardan ko‘ra, uning guvohlariga qa­
ratilgan bo‘ladi. 
Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xuru­
jida yuqorida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga 
xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos cho­
ralar ko‘rilishiga olib keladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling