Aqidaparastlik (arab. «aqida» – «ishonch», «biror narsani ik
kinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, bironbir g‘oyaga qat’iy
ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartib
larni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘rko‘ro
na qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun
va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin
namoyon bo‘ladi.
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy saba
bi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. De
mak, mutaassiblik ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlay
di.
Mutaassiblik (arab. «chuqur ketish») o‘z fikrmulohaza va
dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy
e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaas
siblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin
nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy
tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassib
lik g‘oyalarining tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayon
ning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyat
ga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik
ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqa
rishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |