Va terrorizmga
O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish
masalalari. O‘zbekistonda shakllanayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati o‘ta murakkab va mashaqqatli si yosiy jarayonga asoslangan. Bir tomondan, eski sovet tuzumidan 144 qolgan salbiy meros demokratik o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsat sa, ikkinchi tomondan, ayrim siyosiy kuchlar xalqimiz tanlagan dunyoviy taraqqiyot yo‘liga rahna solib, uni izdan chiqarish va diniy maqomga burib yuborishga harakat qilmoqda. Bu «ayrim siyosiy kuchlar» ekstremizm va terrorizmning bevosita ilhomchi lari va bajaruvchilari bo‘lib, ular nopok siyosiy maqsadlari yo‘li da inson va jamiyatning eng nozik va qaltis tarixiy qadriyati – dindan foydalanishga urinmoqda. Ayniqsa, 1999yilning 16fevralida Toshkent shahrida terro ristlar tomonidan uyushtirilgan portlashlardan keyin terrorizm muammosi O‘zbekistondagi ijtimoiysiyosiy hayotga tahdid soluv chi asosiy xavfxatarlardan biriga aylandi. Mustaqil davlatimiz qonunchiligida terrorizmga qarshi kurash ning asosiy tamoyillari (qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi) bir qator normativhuquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir: 1. O‘zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni (2000yil 15dekabr). 2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi (2001yil 18oktyabrdagi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan). 3. O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat, jinoyatprotsessual kodeksi va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni (2001yil 29av gust). 4. O‘zbekiston Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni (2004yil 26avgust). Ushbu huquqiyme’yoriy hujjatlar orasida O‘zbekiston Res publikasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonunlar alohida e’tiborga molik. Chunki bu qonunlar tufayli O‘zbekistonda ter rorizmga qarshi kurashning normativ, tashkiliy va moddiytexnik 145 asoslari yaratildi. Unga ko‘ra, terrorizmni targ‘ibot qilish, ter roristik guruh va tashkilotlarni tuzish hamda ularning faoliyati, tayyorlanayotgan yoki amalga oshirilgan terroristik jinoyatlarga oid ma’lumot va dalillarni yashirish taqiqlanadi. Terrorizmga qarshi kurash dastavval uni oziqlantiruvchi g‘oyaviyma’naviy va moliyaviyiqtisodiy manbalarni zararsizlan tirishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan 2006yilning 1yan varidan kuchga kirgan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonun jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legal lashtirish va terrorizmni moliyalashtirish sohasidagi munosabat larni tartibga soladi. Ushbu qonunga ko‘ra pul mablag‘lari yoki boshqa molmulkka oid operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshirish vakolati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ga yuklatilgan. Respublika Bosh prokuraturasi huzurida faoli yat ko‘rsatayotgan Soliq, valyutaga va jinoiy daromadlarni legal lashtirishga qarshi kurashish departamenti zimmasiga moliyaviy razvedkaning zamonaviy tizimini yaratish, jinoiy daromad larni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning kanal va mexa nizmlarini aniqlashga yo‘naltirilgan moliyaviy, mulkiy ope ratsiyalarning monitoringini amalga oshirish, xorijiy davlatlar ning vakolatli organlari hamda xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tash kilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborotlar ayirboshlash kabi yangi vazifalar yuklatildi. Chunki bugun diniy shiorlar bilan niqoblangan, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosidan ke layotgan kattakatta mablag‘lar evaziga yashayotgan xalqaro ter rorchilik mintaqa xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. Xalqaro valyuta fondining 2006yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning turli mintaqalaridagi narkokartellar uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terrorizmni moliyalashtirishga har yili 500 milliondan to 1,5 milliard dollargacha mablag‘ sarflamoq da. Jumladan, so‘nggi 6–8 yilda ro‘y bergan 111 ta mojarolarda ishtirok etgan terrorchi guruhlarning narkokartellar bilan moli yaviy aloqadorligi Xalqaro valyuta fondi ekspertlari tomonidan 146 aniqlandi. Mintaqadagi barqarorlikka xavf tug‘dirishda ha mon asosiy omil bo‘lib qolayotgan Afg‘onistonda YaIM (yalpi ich ki mahsulot)ning 50 foizini giyohvand moddalardan olinayotgan daromad tashkil etmoqda. Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ish langan tantanali marosimdagi «Inson manfaati, huquq va erkin liklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir» nomli ma’ru zasida bugungi globallashuv sharoitida AYSEF deb atalmish ko alitsion qo‘shinlarning 2014yilgacha va undan keyin qo‘shni Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq ravishda ushbu mamlakat va uning atrofidagi vaziyatning yanada keskin lashib, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikning kuchayishi xavfi borligini, Afg‘onistonda yuz berishi mumkin bo‘lgan keskin holat qo‘shni davlatlarda jiddiy xavotir uyg‘otishi muqarrarligini ta’kid lab o‘tdilar. Shuningdek, ma’ruzada Yurtboshimiz tomonidan vu judga kelayot gan murakkab vaziyatda voqealar ning bunday salbiy ravishda rivojlanishining oldini olish uchun BMT rahnamoligida Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar hamda AQSH, NATO, Ros siya ishtirokida muloqot guruhini tashkil etish va o‘zaro kurash olib borayotgan kuchlar o‘rtasida murosaga erishish hamda koa litsion afg‘on hukumatini shakllantirish Afg‘onistonda tinch likni qaror toptirish uchun eng munosib yo‘l ekani qayd etildi. 2012yilning sentyabr oyida qabul qilingan «O‘zbekiston Respub likasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘ri sida»gi Qonun O‘zbekiston tashqi siyosatida o‘zining uzoq mud datli milliy manfaatlarini ko‘zlagan asosiy tamoyillarni namoyon qiladi. Ushbu konsepsiya davlatimizning xalqaro maydondagi aso siy tamoyillari, strategik ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi va O‘zbekiston tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining birinchi yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan strategiyaning mantiqiy davomidir. Bu O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘oniston bilan muno sabatlarida ham o‘z aksini topgan. 147 «Bugungi kunda, insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-ya- rog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlarning ongi va qalbini egallash uchun uzluksiz da- vom etayotgan maf kuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydon- larida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmas- lik lozim». Islom Karimov Demak, mafkuraviy kurashlardan qat’i nazar, tashqi siyosat da ochiqoydinlik tamoyili O‘zbekistonga qisqa muddat ichida ikki taraflama keng tashqi aloqalar o‘rnatish imkonini berdi. Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko‘prigining barpo etilgan ligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikning kengayib borayotganligi mamlakat tashqi siyosatining strate gik istiqbolidir. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bi lan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, bosh qa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normala riga asoslanadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling