Va terrorizmga
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
«Dars ila tarbiya orasida biroz farq bo‘lsa ham ikkisi bir-biridan
ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabi- dur». Abdulla Avloniy Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda fuqarolarda maf kuraviy immunitetni shakllantirish, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish bilan birga ilm olish ham dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ilm olishning fazilati haqida islom dini mo‘tabar manbalarida alohida zikr etilgan. Bilim olishda har bir inson av valo o‘zligini anglab yetadi. Bu esa to‘g‘ri yo‘lni tanlashga sabab bo‘ladi. Ilm deganda faqat diniy emas, balki dunyoviy, aniqrog‘i insonlarga foydasi tegadigan ilm tushunilgan. «Xitoyda bo‘lsa ham ilm o‘rganinglar», «Beshikdan qabrgacha ilm izla», degan hadis larni eslab o‘tish o‘rinli. Yoshlarning dunyoviy va diniy bilimlar ning uyg‘unlikda xolis o‘rganishi ularning kelajakda barkamol in son bo‘lishiga tayanch bo‘ladi. Shu bois, yoshlarni avvalo milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hayotimizning asosiy mezo niga aylanishi zarur. Chunki oqilona ta’limtarbiya yoshlar on 162 gini ham, axloqiy madaniyatini ham o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi. Tarbiyasiz berilgan ta’lim hech bir yerda rivojlanishga olib kel maydi. Zero, jismoniy tarbiya bolani jismonan baquvvat, kuchli, sog‘lom etib tarbiyalasa, ma’naviy tarbiya orqali unda yuksak ax loq, ezgulik, insonparvarlik, shijoat, rahmdillik va mehnatsevar lik sifatlari shakllanadi. Ma’naviy tarbiya farzandning o‘zligini saqlashga, uning botiniy olamini ma’rifiy boyitishga xizmat qila di. Buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy aytga nidek, «Inson tabiatning eng oliy zoti, kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi. Insonga katta sharaf ko‘rsa tilgan – unga aqlzakovat berilgan. Shu sababdan, insonning ma’naviy olami uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lishi uchun u yuksak axloqli, bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor». Demak, farzand tarbiyasi avvalo, uning ma’naviy poydevori qan chalik mustahkamligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, yoshlardagi milliy o‘zlikni anglash, diniy bi lim va dunyoqarashni shakllantirishda har bir urfodat, marosim, an’ana va qadriyatlarimizning kelib chiqishi, asl mohiyatini ochib bera oladigan ham ilmiy, ham diniy asoslangan ma’lumotlardan iborat zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, ma’naviyma’rifiy ko‘rsatuvlar namoyish qilish kabi tadbirlar orqali ijobiy natijaga erishish muhim omillardan sana ladi. Chunki bunday choratad birlar ma’lum ma’noda yoshlar ongini boyi tish, haqiqiy milliy va diniy qadriyatlar bilan har xil bid’atxurofot amallarni farqlash, turli diniy oqim va yo‘nalishlar ta’siriga, ekstremistik va terro ristik guruhlarning aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish im konini beradi. Shu nuqtayi nazardan qara ganda, yoshlarni milliy urfodat, an’ana va marosimlarimizga hurmat bilan qarash, ular ning tarbiyaviy aha miyatini doimiy tarzda tushuntirib borish, ma’naviy tahdidlardan himoya qilish hamda o‘zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’si- 163 riga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doi- miy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar». Islom Karimov Darhaqiqat, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi mamlaka timiz ma’naviy taraqqiyotida yangi davr va rivojlanish bosqichi ni boshlab berdi. Ayniqsa, milliy va diniy qadriyatlar, urfodat va an’analar tiklanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mustaqil lik yillarida yosh avlodni dunyoviy hamda diniy bilimlar uyg‘un ligida, ajdodlar ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari aso sida tarbi yalash masalasiga katta e’tibor qaratildi. Binobarin, ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlar bugungi kunning eng ilg‘or dun yoviy bilim larini diniy qadriyatlar bilan hamohang tarzda puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ulardan amaliyotda erkin foydalana olishi masalasi bugungi kunimizning muhim talablaridan biriga aylandi. Bugungi kunda mamlakatimizda milliy g‘oya ruhi bilan yo‘g‘ril gan ana shunday tarbiya tizimi yaratildi. Uni doi miy takomil lashtirib borish va davr da’vatlariga hozirjavobligini ta’minlash esa, har birimiz va barchamizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandimizni kuchli mafkuraviy immunitet va yuksak ma’naviyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va faro von hayotni ta’min lashimizning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Demak, har bir insonning o‘z ishini sidqidildan amalga oshiri shi, loqaydlik, beparvolikning oldini olishi, yonatrofida bo‘la yotgan voqeahodisalarga hushyorlik bilan qarab, Vatan tinchligi yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib yashashi, yoshlarimizning ongu qal bini jaholatdan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qi lish, ajdodlarimizga armon bo‘lib qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlikosoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrabavaylashning muhim omili hisoblanadi. Buni hech qachon unutmasligimiz, tinchlik uchun doimo o‘zimizning bor kuch va imkoniyatlari mizni safarbar etib yashashimiz lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling