Va terrorizmga
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
Axborot inqilobi atamasi kompyuterlashtirilgan axborot va alo-
qa vositalaridagi rivojlanishlarga nisbatan qo‘llaniladi. Buni stels samolyotlari va tanklarga qiyos lash mumkin. Biroq, ikkinchi holat- dagi rivojlanish tashkiliy va boshqaruv nazariyasidagi o‘zgarishlarni ham o‘z ichiga oladi. Mazkur oxirgi jihat, ya’ni «dunyoga yangicha qarash», bizning axborot haqidagi tasavvurimizni o‘zgartirdi. Shu bilan birga, quyida batafsilroq so‘z yuritganimiz kabi, axborot inqilo- bi, tarmoqni boshqa tashkilotlar ustidagi tashkilot sifatida kuchay- tirib, imtiyozlar taqdim etdi. Ayniqsa, bunda axborot tepadan past- ga qarab oqadigan iyerarxik tashkilotga ta’siri kuchli bo‘ldi. Ikkinchi tomondan, «tarmoq texnologiyalaridagi rivojlanish bugun insonlar- ga ma’lumot bazasi va protsessor hamda tarmoq manbayi sifatida qarash imkonini bermoqda». Mazkur nuqtayi nazardan, insonlar resurslarni mobilizatsiya qilish uchun buyruq bermaydilar. Bu xuddi general o‘z otliqlarini jangga tashlaganga o‘xshaydi. Generallar, bar- cha insonlar kabi, o‘zlari ham tarmoqlashgan resursdirlar. Axborot inqilobidan ta’sirlangan yangi perspektiva yangicha tushu nishni keltirib chiqaradi. Masalan, elektron pochta bu faqat- gina pochta xizmatlarining tezkor shakli emas. U, shu bilan birga, insonlarni virtual jamoalar yaratish, bloklardan foydala nish imkoni- yatini ham ochib berdi. Bloklar haqiqiy jamoalar ning ba’zi atribut- larini ifoda etsada, aslida ular jamoa emas. Shunday qilib, ular jamoa tushunchasining mohiyatini yangicha tushu nishga harakat 154 qiladilar. Umuman olganda, axborot inqilobi va uni tarmoqlar orqali tashkil etish boshqa turdagi tashkilotlar uchun yangi chaqiriq bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tarmoqlar bir tomondan klanlar va qabilalardan, ikkinchi to- mondan esa iyerarxiya va bozorlardan farqlanadi. Bugungi kun- dagi maqsadlar uchun uning oxirgi farqlari muhimroqdir. Iyerarxi- ya odatda kuch, boshqaruv, rahbarlik va nazoratni markazlashgan qaror qabul qiluvchi organ tashkil qilish orqali amalga oshiradi. Odatda, iyerarxiyalar buyruqlar zanjiri atrofida quriladi va ritu- al, burch, imtiyoz va hurmat bilan bezaladi. Maks Veberning klassik formulasiga binoan, guruh rahbarining «xarizmasi» uning buyruqlari so‘zsiz bajarilavergani va uning o‘zi ham yuqorida o‘tirib «Men buni xohlayman», deb qaytaravergani sari oddiy holga aylanib qoladi. G‘arbdagi iyerarxiyaning ilk va katta misoli bu cherkov va armiya- dir. Vestfaliya Shartnomasiga (1648) kelib ular, qo‘pol qilib aytgan- da davlat tomonidan siqib chiqarilgan edi. Iyerarxiyalarning asosiy kamchiligi ularning katta hajmdagi mu- rakkab va ko‘p ma’noli ma’lumotlar bilan ishlay olmasligidir. Ta- rixda, mazkur zaiflik iqtisodiy bitimlarni amalga oshirish, xossatan uzoq mamlakatlar bilan savdodagi muvaffaqiyatsizliklarda namoyon bo‘lgan. Natijada davlat iyerarxiyalari katta muammoga duch ke- lishdi – ular na yangi tashkilot shakli bo‘lgan bozorni nazorat qi- la olishdi va na o‘zlarining ta’sirini chegaralashdi. Tashkiliy nazari- ya nuqtayi nazaridan, merkantilizmdan kapitalizmga o‘tish davlat iyerarxiyasi tomonidan o‘z avtoritetini chegaralanishiga olib keldi. Kapitalizmga muvaffaqiyatli o‘tgan davlatlar rivojlandi, o‘ta olma- ganlar esa zaiflashdi. O‘tish davrining nihoyasi esa jamoat mulkini Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling