Va terrorizmga
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda fuqarolarda maf-
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda fuqarolarda maf-
kuraviy immunitetni shakllantirish. Tarix o‘zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomil lashib borganini ko‘rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan tortib Yer yuzining har qan day nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik rake talargacha bo‘lgan uzoq takomil yo‘lini bosib o‘tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo‘lgan hududlar aholisini jismonan yo‘q qi lishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini mahv etish shart emas. Zero, ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma’qul» yo‘nalish ga o‘zgartirilgan yerlik aholi ko‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin bo‘lib qolmoqda. 1 Cooper B. New Political Religions, or An Analysis of Modern Terrorism. University of Missouri Press. Columbia and London. 2004. – P. 158–172. 160 Zamonaviy ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy munosabatlarning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologi yalarining tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi, uslub va vositalarning takomil lashuviga turtki bo‘lib, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etishiga olib keldi. Mafkuraviy xavfsizlik – shaxs, millat, jamiyat, davlatning xil maxil shakllarda namoyon bo‘ladigan mafkuraviy tajovuzlar, turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan kafolatli himoyalanganligidir. Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash degan da, jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, o‘zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladi gan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek ja rayonlar nazarda tutiladi. Ma’lumki, odamzodni hamisha tashvishga soluvchi mazkur salbiy illatlarning ildizlari, uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Buyuk ajdodlarimiz ularga qarshi kurashda sermazmun va purhikmat so‘z qudratidan unumli foydalanganlar. Ma’naviyatni yuksalti rish, xususan, kelajagimiz bo‘lgan yoshlar axloqini yuksak insoniy fazilatlar bilan boyitish davrimizning dolzarb masalalaridan bi riga aylandi. Shu sababli tariximizda bitilgan bebaho merosimizni chuqurroq o‘rganish va ularni xalqimiz e’tiboriga havola qilish olimlarimiz oldida turgan mas’uliyatli vazifalardandir. Chunki «g‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qar shi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin». Qayd etilgan fikrlar hozirgi davrda inson hayotida axborot va bilimlar xilmaxilligining o‘rni va ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bilimlar mafkuraviy im munitet tizimining asosiy va birinchi unsuri hisoblanishini ham qayd etish lozim. Ammo bilimlar ko‘p. Ekstre mizm va terro rizm tarafdorlari ham muayyan «bilim»larga tayanadi va uni om ma ongiga singdirishga harakat qiladi. Demak, mafkuraviy im munitet tizimidagi bilimlar obyektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va 161 to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishi va jamiyat ta raqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu, bir tomondan. Ikkinchi to mondan, bu bilimlar o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Vatan, millat, insoniyat manfaatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Fuqarola rimizning asl islom haqida xolis va yetarli bilimga ega bo‘lishlari diniy mutaassiblikka qarshi immunitetni shakllanti rishning aso siy shartlaridan biri hisoblanadi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ular ni yo‘qotishga qaratilgan choratadbirlar majmuyini o‘z ichi ga ola digan mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. U ijtimoiy institutlar tomonidan xilmaxil shakllarda amalga oshiriladigan g‘oyaviytarbiyaviy, ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, ma’naviy ishlar ma jmuyini to‘g‘ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qam rab ola di. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling