Va terrorizmga
Davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari va xususi-
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
Davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari va xususi-
yatlari. Davlat va din munosabatlarining ildizlari juda qadim davrlarga borib taqaladi. Ayni paytda, ushbu munosabatlar tur li tarixiy davrlarda turlicha mazmun kasb etgan. O‘rta asrlarda gi kabi din jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan, davlat hayotida to‘la hukmronlik qilgan davrlar ham bo‘lgan. Muayyan davlatlarda dinni butunlay inkor etilgan, ya’ni ateizm ustunlik kasb etgan. Har bir davlat o‘zining dinga bo‘lgan munosabati ni muayyan me’yoriyhuquqiy hujjatlar va qonunlar orqali tar tibga solib kelgan. Din va e’tiqod erkinligi, boshqacha aytganda, insonning diniy huquqlari shaxsning asosiy va tabiiy huquqlari dan biridir. Hozirgi davrda jahondagi davlatlarning yarmidan ko‘pi din ning davlatdan ajratilganini yoki davlatning cherkovga nisbatan betarafligini ifodalaydigan, Konstitutsiya yoki qonun darajasi da belgilab qo‘yilgan qoidalarga ega. Yuridik tan olingani yoki olin maganidan qat’i nazar, barcha davlatlar din va e’tiqod erkin ligiga hurmat bilan qarashlarini e’lon qilganliklarini ta’kidlash zarur. Din va jamiyat hayotidagi aloqadorlikda din va davlat muno sabatini belgilab beruvchi tamoyil – din sohasida kechayotgan 29 o‘zgarishlarni xolis va ilmiy o‘rganish, bashorat qilish va undan kelib chiqib, ijtimoiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoni yat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat, dunyoviylik va diniylik o‘rtasidagi nisbat masalasi in soniyat tarixining barcha davrlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Boshqacha aytganda, inson hayoti mazmunini tashkil qiluvchi ushbu ikki tarkibiy qism o‘rtasida murosaga erishish har qanday jamiyatning mavjud holati va istiqbolini belgilovchi bosh mezon bo‘lib kelgan. Ba’zan ushbu ikki omil o‘rtasidagi munosa batlar keskinlashib, mamlakatlarni to‘sto‘polonlar va jaholat gir dobiga tortgan. O‘rta asrlar Yevropasida amal qilgan, vahshiyo na jazolar va qiynoqlarning timsoliga aylangan inkvizitsiya davri bunga misol bo‘la oladi. O‘quvchitalabalarda dinga nisbatan sog‘lom munosabatni shakl lantirish bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari oldida turgan eng murakkab va muhim vazifalardan biridir. Uning muvaffaqiyatli hal etilishi ikki muhim omilga bog‘liq. Ularning har ikkalasi ham Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganlari dek, «...har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlar faqat islom dini to‘g‘risida emas, umuman dunyodagi mavjud dinlar, ularning tari xi, mohiyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lsin. Ijtimoiy soha ga oid darslarda yoshlarga din bilan dunyoviy hayot masalalarini, bu ikki tushunchaning birbiriga ta’sirini, ular o‘rtasidagi mo‘tadil munosabat bo‘lishi zarurligini ochib berish kerak». Demak, dinlar haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va dunyoviy lik tushun chasini chuqurlashtirib borish yoshlarda dinga nisbatan sog‘lom munosabatni shakllantirishning ikki qutbi hisoblanadi. Din bilan siyosatni o‘zaro nisbatini tavsiflash uchun il miy adabiyotlarda «sekulyarizm» atamasi qo‘llaniladi. Bu atamaga Vebster izohli lug‘atida quyidagicha ta’rif beriladi: «sekulyarizm – din yoki diniy aqidalarga nisbatan mo‘tadil pozitsiyada bo‘lish». Oksford qisqa lug‘atida sekulyarizmni «Xudoga ishonch, e’tiqod dan xoli bo‘lgan hayotda inson farovonligi haqida qayg‘uradigan ma’naviyatga asoslangan doktrina» deb ta’riflaydi. 30 Shunday qilib, bugungi kunda keng tarqalgan talqinga ko‘ra, sekulyarizm – barcha dinlar hamda turli qarashlarni teng hurmat qilish, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligidir. Ayni vaqt da, «sekulyarizm» atamasi bir ma’noli tushuncha bo‘lmay, vaqt, mintaqa va mamlakatga qarab tinimsiz rivojlanib boradi. Mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri dun yoviylik ekan, uni qanday tushunish lozim, degan savol tug‘i ladi. Ingliz tilidagi «secularity» hamda rus tilidagi «cекуляризация» va «цветкость» tushunchalari bilan tutash ushbu istilohning qan day talqin etilishining o‘ziyoq har qanday mamlakatdagi davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarning mazmunmohiyatini belgi lab beradi. Demak, tom ma’nodagi sog‘lom dunyoviylik dinning ijtimoiy mavqeyini inkor etmaydi, balki jamiyat hayotini tash kil etishning dunyoviy ma’rifatga asoslangan tarzini anglatadi. Boshqacha aytganda, dunyoviylik ijtimoiy hayot sohalari diniy aqidaning yakkahokimligidan va uning hal qiluvchi ta’siridan xo li bo‘lishni taqozo etadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling