Va terrorizmga
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi Farmonni imzolashi bo‘ldi. Markaz tashkil etilishi dan ko‘zlangan maqsad islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Ter miziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azalazaldan ulug‘ allomalar, azizavliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlari miz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliydiniy qadriyatlarimizni asrabavaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashdir. Ushbu Markaz ning ochilishi borasidagi ishlar nufuzli xalqaro islomiy tashkilotlar to monidan ham e’tirof etildi. Jumladan, Butunjahon musul mon ulamolar kengashi Bosh kotibi Ali Qoradog‘iy Imom Termiziy xalqaro ilmiytadqiqot markazi tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumati va ahlini tabriklab, «O‘zbekiston yurti juda ham ko‘plab muhaddislar, faqihlar va boshqa qator sohalarda yetuk olimlarni yetishtirib chiqargan. Ular sababli islom madaniyati, balki butun insoniyat madaniyati boyidi. Mana shunday yurt uchun bun- day markazlarni ochilishi ajablanarli ish emas. Shuning uchun men 41 O‘zbekiston hukumatini, shuningdek u yerdagi musulmonlarni ushbu qilinayotgan muborak ish munosabati bilan tabriklayman». Musulmonlarning ehtiyojlari, takliflarini inobatga olgan Prezidentimiz tashabbuslari balan yurtdoshlarimizning muqad das shaharlarga haj va umra ziyoratlarini amalga oshirishlari uchun sharoitlar yanada yaxshilandi hamda 2016yilda 5200 ki shi haj, 6000 nafar ziyoratchi umra ibodatini ado etgan bo‘lsa, 2017yildan boshlab haj ziyoratiga 7200, umra ibodatiga esa 10 000 nafar yurtdoshlarimiz yo‘l oldilar. 2017yil 15iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi yig‘ilishda O‘zbekiston Respublika si Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Samarqandda – Imom Buxo- riy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshi- da kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘inoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘la- di. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxas- sislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tar- biyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi» deb, ta’kid lagan edilar. 2017yildan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» doirasida, yillar davomida DEOga mansublikda ayblanib, «Qo ra ro‘yxat»da turgan vatandoshlarimiz bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 16 mingga yaqin fuqarolar maxsus hisobdan chiqarildi. Davlatimiz rahbari islohotlar olib borishda faqatgina yur timiz bilan chegaralanib qolganlari yo‘q. O‘zlarining tinchlik va rivojlanishga xizmat qiladigan g‘oyalarini jahon arenalarida ham dadil turib targ‘ib qilmoqdalar. Xususan, 2017yilning 10sen tyabr kuni Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan Islom ham korlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sam mitidagi nutqida ham yurtimiz allomalari hamda yurtimizda din 42 sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar haqida so‘zladilar. Unda yurtimizda fan va texnologiyalarni rivojlantirish borasi da amalga oshirilgan ishlar va kelajakda amalga oshirilishi na zarda tutilgan bir qator islohotlar to‘g‘risida ayta turib, bugungi musulmon olami ushbu sohalarda oqsayotgani, mazkur masala larni hal etishda o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikning ahamiyati ni alohida ta’kidlab, bir necha dolzarb takliflarni o‘rtaga tash ladilar. Jumladan: – musulmon olami yosh olimlari xalqaro markazini tuzish; – musulmon dunyosida erishilayotgan ilm-fan yutuqlarini mu- nosib taqdirlash hamda ularni xalqaro miqyosda ommalashtirish uchun Islom hamkorlik tashkilotining maxsus mukofotini ta’sis e tish; – a’zo davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, aholining munosib hayot darajasini ta’minlash maqsadida Fan va texnologi- yalar bo‘yicha sammitni har uch yilda bir marta o‘tkazishni va ush- bu taklif qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, keyingi sammitni 2020-yil- da O‘zbekistonda o‘tkazish. Yurtimizda din sohsida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqa ro miqyosdagi ekspertlar, mutaxassislar, ulamolar tomonidan ham yuqori baholanayotganini alohida qayd etish lozim. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling