Va terrorizmga
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Imom Termiziy
O
‘z be ki st on da dini y t as hk ilo tl ar nin g r o‘ yx at ga o lini shi h aq id a m a’ lum ot (2 01 6- yi l d ek abr h ol at i) Hud ud Qor aqa lpo g‘i ston Res pub lik asi An dijo n vil oyat i Bu xor o vil oyat i Jiz zax v ilo yat i Nav oiy v ilo yat i Nam angan vilo yat i Sam arqan d vi loy ati Sir dar yo v ilo yat i Sur xon dar yo v ilo yat i Tos hke nt v ilo yat i Far g‘o na v ilo yat i Xor azm v ilo yat i Qas hqa dar yo v ilo yat i Tosh ken t sh ah ri Mar kazi y o rgan Jam i K on fe ss iy a n om i Is lom 50 181 10 3 17 1 78 18 6 285 73 98 221 19 8 97 18 2 117 25 20 65 R u s p rav os lav ch er ko vi 1 1 2 1 4 2 4 7 2 9 3 – 1 5 3 45 R im k ato li k c he rk ov i – – 1 – – – 1 – – – 1 1 – – 1 5 E va n ge l x ri st ia n b ap ti st la r ch er kov i – – 1 2 3 1 2 – – 8 1 – – 4 1 23 T o‘ li q i n jil ch i x ri st ia n la r ch er kov i – 1 1 2 1 – 1 1 – 10 – – – 5 1 23 Y et ti n ch i k un x ri st ia n ad ve nt is tl ar i c he rkov i – – 1 – 1 – – – – 4 – – – 3 – 9 E van ge l ly ut er an lar c he rk ovi – – – – – – – – – – 1 – – 1 – 2 37 Y ah ud iy la r d in iy j am oa la ri – – 2 – – – 2 – – – 1 – – 3 – 8 B ud d a i bo d at xo n as i – – – – – – – – – 1 – – – – – 1 Nov oa po st ol c he rkov i – – – – 1 – 1 – – – – – – 1 – 3 «I ye gov s h ah id la ri » c he rkov i – – – – – – – – – 1 – – – – – 1 A rm an a po sto ll ik c he rk ov i – – – – – – 1 – – – – – – 1 – 2 «G ol os B oj iy » c he rkov i – – – – 1 – – – – – – – – – – 1 K or ey s p ro te st an t c he rkov la ri – – 1 1 – – 7 – – 19 5 – 1 9 1 44 B ah oiy d in iy j am oa la ri – – 1 1 1 – 1 – – 1 – – – 1 – 6 K ri sh n an i a n gl as h j am iy at i – – – – – – – – – – – – – 1 – 1 B ib liy a j am iy at i – – – – – – – – – – – – – – 1 1 JA M I 51 18 3 11 3 17 8 90 18 9 30 5 81 10 0 274 21 0 98 18 4 151 33 224 0 38 Fuqarolar o‘zlarining diniy huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari ushbu sohadagi qonunchilikning muhim tamoyili sanaladi. Davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni mu vofiqlashtirish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yi cha qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. 2016yilning dekabr holatiga ko‘ra, respublikada 16 ta kon fessiyaga mansub 2240 ta diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. 130 dan ziyod millatga mansub aholining 94% dan ziyodi islom, 3,5% ga yaqini pravoslav diniga mansub, qolganlarini boshqa konfessi ya vakillari tashkil etadi (qarang: 1jadval). Hozirgi kunda diniy ta’lim sohasida Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, shuningdek, pravoslav va pro testant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Istiqlol yillari O‘zbekiston hukumati tomonidan vijdon erkin ligini ta’minlash, dindorlarga qulay sharoit yaratish, diniy qad riyatlarni tiklash va avaylabasrashga qaratilgan ko‘plab hukumat qarorlari qabul qilinib, hayotga joriy qilindi. Ramazon va Qur bon hayitlari umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Mustaqillik yillarida yuzlab cherkov, sinagoga va ibodat uy lari, xususan, Toshkent, Samarqand, Navoiydagi pravoslav ibodatxona lari, Toshkent shahridagi katolik kostyoli, Samarqand dagi armanapostollik cherkovi, Toshkentdagi Budda ibodatxo nasi qayta barpo etildi, ta’mirlandi. Hazrati Imom, Imom Buxo riy, Bahouddin Naqshband, Hakim Termiziy, Imom Moturidiy, Shohi Zinda, Qosim Shayx, Zangi ota kabi qadimiy yodgorlik majmualari obod qilindi va yangilari qurildi. Istiqlol davrida Qur’oni Karim, hadislar to‘plamlari, Bibliya tarkibidagi «Yangi ahd» va «Qadimiy ahd»ning ba’zi qismlari, masalan, «Sulaymon hikmatlari», «Rut, Ester va Yunus payg‘am barlar tarixi» o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. O‘zbekis ton ko‘zi ojizlar uchun maxsus Brayl yozuvida Qur’onni nashr qilgan uchinchi mamlakat hisoblanadi. 39 1999yili Toshkent islom universiteti tashkil etildi. Maz kur universitetda talabalarga dunyoviy va diniy fanlardan keng ko‘lamli ta’lim berib kelinadi. 2018yil 16apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ning PF5416sonli «Diniyma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga aso san O‘zbekiston islom akademiyasi va O‘zbekiston Respublika si Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti ne gizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston musul monlari idorasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama si huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita muassisligidagi Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ing liz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, o‘rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrabavaylashga, diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim va ilmiytadqiqot muassasasi hisoblanadi. Davlat tomonidan O‘zbekiston aholisining asosiy qismi e’tiqod qiluvchi islom diniga mansub fuqarolarning haj va umra safar larini tashkil etish ishlariga katta e’tibor ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, 2006yil avgust oyida Birinchi Prezident Islom Ka rimovning Farmoniga asosan «Haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi» tuzildi. Dav lat rahbarining 2008yil 20may kunidagi qarori asosida esa haj va umra ziyoratlarini amalga oshiruvchi (fuqarolarga davlat to monidan zarur yordam ko‘rsatish maqsadida Jidda shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tarkibida «Haj va umra» ishlari bo‘yicha attashe lavozimi kiritildi. Qayd etish lozimki, so‘nggi yillar davomida barcha yo‘na lishlarda bo‘lgani kabi diniy sohada ham islohotlarning yangi 40 bosqichga o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43sessiyasining ochilish marosimidagi ilk xalqaro nut qida katta tashabbus bilan chiqib, «Islomning umumbashariy sivili- zatsiyaga benazir hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ko‘p qirra- li diniy-ma’naviy merosini o‘rganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazini Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik maj- muyi qoshida yaratilishi hamda musulmon dunyosidagi ta’lim, ilm- fan va madaniyat tarixi hamda ularning hozirgi holatini o‘rga nish va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan maxsus kurslarni o‘qish maqsadida Toshkent islom universiteti tarkibida ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ISESCOning maxsus kafedrasini tashkil etish», taklifini bildirdilar. Prezident Shavkat Mirziyoyevning sohadagi keyingi yirik ta shabbuslaridan biri 2017yilning 14fevral kuni «Imom Termiziy Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling