Va terrorizmga
Islom bilim va ma’rifat dini
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
Islom bilim va ma’rifat dini. Islom dini inson manfaatlari va
jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday kashfiyot va yan giliklarni yuksak qadrlagan, qo‘llabquvvatlagan. Islom ta’limoti da ilmning yuksak qadrlanishini hadislar ham tasdiqlaydi. Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy ta’kidlaganlaridek: «Dunyoda ilm dan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay». Albatta, islom ilmma’ri fatga asoslangan dindir. Islomning asosiy manbalari hisoblangan Qur’oni Karim ham da hadisi sharifda ilm o‘rganishga va uni o‘rgatishga targ‘ib qili nib, aksincha, ilmsizlik yoki uni o‘rganishga loqaydlik qat tiq qoralanadi. Jumladan, Qur’oni Karimning ilk nozil bo‘lgan oyatining o‘zidayoq Alloh taolo «O‘qi!» deb amr qildi. «Ilm» so‘zi turli ma’nolarda Qur’onda 811 o‘rinda takrorlanishi uning o‘rni qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatadi. Rasululloh alayhissalom o‘zlarining ko‘plab hadislarida ilm egallashga, olimlarni yaxshi ko‘rishga chaqirganlar. Jumladan, Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: «Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir» deb ta’kidlaganlar. Qur’oni Karimda: «Al loh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (ba land) daraja (martaba)larga ko‘tarur» (Mujodala, 11), deyilgan. Ibn Hajar Asqaloniy ushbu oyatni quyidagicha tafsir qiladi: «Albat ta darajalarni ko‘tarish ulug‘ fazlu marhamatga dalolat qiladi va dunyoda oliy martaba, shonshuhrat kabi ma’naviy yuksak likni hamda jannatdagi oliy martaba kabi hissiy yuksaklikni o‘z ichi ga oladi». «Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri»da esa ush bu oyat quyidagicha tafsir qilinadi: «Ilm va olimlarning fazilat 54 lari, ikki dunyoda erishadigan daraja va martabalariga doir oyat va hadislar juda ko‘p uchraydi. Rasul alayhissalomdan olim kishi ning bir kunlik ibodati ilmsiz obidning qirq yillik ibodatiga teng ekani, qiyomatda shafoat qilishi, agar u ta’lim ham bersa, Yer va osmonlardagi barcha jonzot Allohdan unga mag‘firat so‘rashi va boshqa ko‘p bashoratlar sahih hadislar orqali rivoyat qilingan. Su laymon alayhissalomga Alloh taolo ilm, boylik va podshohlikdan birini tanlashni buyurganida u ilmni tanlaydi. Ilmning sharo fatidan unga boylik va podshohlikni ham qo‘shib beradi». Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling