Va terrorizmga
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
Nurchilik. «Nurchilik» (turk. nurculuk) diniy mutaassib
hara kat. Xalq tilida «Nurchilar» degan nom bilan ham mash hur. Turkiyaning Bitlis viloyatidagi Nursa qishlog‘ida tug‘ilgan Said Nursiy (1876–1960) bo‘lib, «Badiuzzamon» (arab. zamona ning buyugi, benazir) laqabi bilan tanilgan. Harakat uning asos chisi tomonidan XX asrning 20yillaridagi Turkiyadagi siyosiy va diniy vaziyatninng o‘zgarishi ta’sirida, xususan, Mustafo Kamol Otaturkning dunyoviy davlat tuzishiga qarshi muxolif ravishda shakllantirilgan. Said Nursiy Turkiya Respublikasi konstitutsiyasi tuzumiga tahdidi va shariatga asoslangan davlat tuzishni uyush tirishda ayblanib, sudlandi va 23yil umrini qamoqda o‘tkazdi. Harakat g‘oyasi Nursiy tomonidan yozilgan 14 jilddan ibo rat Qur’on oyatlarining sharhlari va diniy ko‘rsatmalardan iborat «Risolai Nur» kulliyoti kitobiga asoslanadi. «Nurchilik» huku mat tomonidan ta’qib qilingani uchun mazkur kitob 1954yil gacha birorbir nashriyotda chop etilmay, harakat faollari tomo nidan qo‘lda ko‘chirilib, xalq orasida maxfiy tarqatilgan. Harakat a’zolari manbaning muhimligini ko‘rsatishda Badiuzzamonning 107 «Ilm uchun Risolai Nurni o‘qish va ko‘chirib yozish kifoya, bosh qa hech narsa kerak emas», degan fikrini ilgari suradi. Turkiyaning amaldagi davlat tuzumi o‘rniga islom shariati ga muvofiq qonunqoidalarini joriy qilish «Nurchilik»ning asosiy g‘oyasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda go‘yoki, turkiyzabon dav latlarni Turkiya soyasida birlashtirib, islomiy davlatni barpo etish g‘oyasi ilgari surilib, bunda harakat rahnamosi Fathulla Gyulen ning «Butun Yer yuzi Allohning mulki, uni bu meniki, bu seni ki, deb bo‘lib olishga hech kimning haqqi yo‘q» degan fikr ostida boshqa xalqlarni Vatan tuyg‘usidan ajratib, ular ustidan hukm ronlikni qo‘lga kiritish ko‘zlanadi. Harakatning strategiyasi uzoq davrga mo‘ljallangan bo‘lib, as tasekinlik bilan yoshlarga mutaassib diniy g‘oyalarni singdirib borish hamda panturkizm g‘oyalarini singdirish va kelajakda ular ning rahbar lavozimlarga tayinlanishi orqali «Nurchilik» jamoasi ga moyil shaxslarni hokimiyat tepasiga chiqarishga asoslangan. Nurchilar strategiyasida Kavkaz, Bolqon va Markaziy Osiyo min taqasi alohida o‘rin tutadi. Fathulla Gyulen fikricha, hara katning bu hududlarda ustuvor mavqega erishishi Usmonlilar davridagi ka bi «Buyuk Turon» tiklanishiga xizmat qiladi. Uning ko‘rsatmalari ga rioya qilgan nurchilar til, din va madaniyatlar birligini hamda zamo naviy fikrlaydigan kadrlar tayyorlashda yordam berishni iddao qilgan holda Markaziy Osiyo davlatlarida ham paydo bo‘ldi. Bu oqimning Markaziy Osiyo mintaqasiga kirib kelishi 1992yildan boshlab kuzatilgan. Dastlab oqim g‘oyalari turki yalik mutaassiblarning moddiy va ma’naviy ko‘magida yetkazil gan. Ular tomonidan mintaqa mamlakatlarida ochilgan 128 ta litseydagi ta’lim jarayonida yangi pedagogik va psixologik tex nologiyalar hamda metodlardan samarali foydalanilgani ularning dovrug‘i tarqalishiga va aholi tomonidan ijobiy qabul qilinishi ga zamin yaratdi. «Nurchilar» harakatining rejasiga ko‘ra, 10– 15 yillardan so‘ng ular faoliyat olib borgan mamlakatning yirik siyosiy arboblari va tijoratchilari bo‘lib yetishishlari kerak edi. Mintaqa davlatlari televideniyelariga beg‘araz deya taqdim etilgan 108 diniy mazmundagi film va turli yo‘llar bilan keng tarqalgan ki toblar yordamida ham «Nurchilik» g‘oyalarini yoyish ishlari olib borildi. Bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda bunday amaliyot bugungi kunda ham davom etmoqda. Bu oqimning Markaziy Osiyoga kirib kelishi 1992yildan bosh lab mintaqa mamlakatlarida turk litseylarining ochilishi orqali namoyon bo‘ldi. «Nurchilik» harakatning «Silm» tarmog‘i muas sislik qilgan, moddiytexnik ta’minoti «Osiyo finans» tashkilo ti tomonidan moliyalashtirilgan 128 ta litsey ochildi. Litseyda gi ta’lim jarayonida yangi pedagogik va psixologik texnologiyalar hamda metodlardan samarali foydalangan holda mashg‘ulotlar olib borilgani ularning dovrug‘i tarqalishiga va aholi tomonidan ijobiy qabul qilinishiga zamin yaratdi. Mintaqa davlatlari televideniyelariga beg‘araz deya taqdim etilgan diniy mazmundagi film va turli yo‘llar bilan keng tarqal gan kitoblar yordamida ham «Nurchilik» g‘oyalarini yoyish ish lari olib borildi. «Nurchilik» harakatining O‘zbekistonga kirib kelishi musta qillik yillarining boshlariga borib taqaladi. Ular Turkiya bilan bo‘lgan milliy va madaniy aloqalar soyasi ostida Turko‘zbek lit seylari faoliyatini moliyalashtirib, o‘zbek yoshlarini harakat g‘oya lari domiga tortmoqchi bo‘ldilar. Harakatning asl maqsadlari fosh bo‘lgach, 1999yil uning faoliyati taqiqlanib, mamlakatdagi lit seylar yopildi. Shuningdek, harakat a’zolarining O‘zbekistonda gi ikkinchi g‘ayriqonuniy urinishlari sifatida tashkil etilgan o‘quv markazlari, chop etilgan gazeta va jurnallar hamda teleko‘rsatuv lar aniqlanib, ularning faoliyati ham tugatildi. Ming afsuski, biz ga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlarda bunday amaliyot bugungi kunda ham davom etmoqda. «Nurchilik» ochiqdanochiq konstitutsion tuzumga qar shi kurash, «islom davlati»ni qurish g‘oyalari mavjud bo‘lma sada, mazmun va mohiyat jihatidan uning g‘oyalari va ush bu oqim tomonidan chop qilingan adabiyotlar fundamentalistik ta’limotlarning aholi orasida ildiz otib ketishiga asos yaratib, ja 109 miyat barqarorligiga xavf soluvchi mutaassiblik g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qiladi. Harakatning g‘oyalari va faoliyatiga Tur kiya jamiyatining o‘zida ham ziddiyatli munosabat mavjud. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling