Va terrorizmga
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari
Tohir Qodiriy
Pokistonlik hanafiy ulamo, «Xalqaro Qur’on yo‘li» tashkilotining asoschisi. * * * 2014yil 22aprelda qabul qilingan «O‘zinio‘zi turli yo‘llar bi lan qasddan o‘ldirishning og‘ir gunohligi haqida»gi O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvosida shunday deyiladi: Keyingi vaqtda jamiyatimizda ayrim kishilar bilibbilmay, ayniqsa xotinqizlar o‘zlarining jonlariga qasd qilib, Alloh taolo ato qilgan hayot nurini bevaqt o‘chirishga, ikki dunyoda abadiy la’natga va do‘zax azobiga duchor bo‘lishdek og‘ir gunoh qilishga o‘tmoqdalar. Islom ta’limotida inson o‘z joniga qasd qilishi qat tiq qoralanadi, ushbu ishni qilgan osiy banda jahannam o‘ti bi lan azoblanishi ta’kidlanadi. Alloh taolo aytadi: «...o‘z qo‘llarin giz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz! (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko‘radi» (Baqara, 195). Rasululloh (s.a.v.) o‘z hadisi shariflarida bunday deydilar: «Kim tog‘ tepasidan tashlab, o‘zinio‘zi o‘ldirsa, o‘lgandan so‘ng jahan namda ham shu xil azobga giriftor bo‘ladi. Agar zahar ichib o‘zini o‘zi o‘ldirsa, jahannamda ham abadiy shu azobga mubtalo bo‘ladi. Kim o‘zini temir parchasi bilan o‘ldirsa, o‘sha kimsa temir par chasini qorniga suqqan holda jahannam o‘tida abadiy qoladi». Yana Imom Buxoriy rivoyat qilishlaricha, Hazrati Rasuli akram (s.a.v.) aytadilar: Alloh taolo hadisi qudsiyda marhamat qiladi: «Bandam o‘zinio‘zi o‘ldirib, mening unga bergan umrim ga shukur qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy harom qildim». 1 Tohir ul-Qadri. Fatwa on terrorism and suicide bombings. Printed by Biddles Book Printers, Norfolk UK, 2010. – P. 93–94. 134 Jahondagi nufuzli islom muassasalari va ulamolari o‘zini tur li portlovchi vosita bilan portlatish orqali begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘lish shar’an harom amal ekanligini ta’kidlagan lar. Bu ishni Islomga hech bir aloqasi yo‘q. Bu gunoh ishni amal ga oshirganlar kim bo‘lishidan qat’i nazar Alloh taoloning azo biga uchraydi, deb alohida uqtirishgan. * * * 2002yilda bo‘lib o‘tgan «Islom Olami Robitasi qoshidagi Is lom Fiqhi Akademiyasining terrorizmga munosabati» haqidagi Makkai mukarrama bayonotida shunday deyiladi: Ekstremizm, kuch ishlatish va terrorizmning islomga hech qan day aloqasi yo‘q. Bu ishlar xatarli ishlar bo‘lib, ular o‘ta sal biy oqibatlarga olib keladi. Ularda insonga tajovuz qilish, zulm qilish bor. Shariatning ikki manbayi Allohning Kitobi va Nabiy (a.s.) sunnatini o‘qigan kishi ularda o‘zgalarga nohaq tajovuz qi lish kabi ekstremizm, kuch ishlatish va terrorizmning hech qan day ma’nosini topmaydi. Islom dinida shaxslar va guruhlarga mo‘tadil bo‘lish, eks tremizmni tagtomiri bilan yo‘qotish, ularga olib boruvchi din da chuqur ketishga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘rsatmalar bor. Chunki bularda aniq halokat bordir. Rasululloh (a.s.) aytganlar: «Din da chuqur ketmanglar. Sizlardan oldingilarni dinda chuqur ketish halok qilgan» (Imom Ahmad va Nasoiy rivoyati). Islom qo‘rqitish, vahimaga, sarosimaga solish, nohaq o‘ldirish ga olib boruvchi yomon illatlarni davolagan. Rasululloh (a.s.): «Musulmonga boshqa musulmonni qo‘rquvga solish halol emas», deganlar (Abu Dovud rivoyati). Yana Nabiy (s.a.v.): «Kim birodari ga bir temirni o‘qtalsa, o‘sha ishini to‘xtatmaguncha farishtalar uni la’natlab turadi. Agar u ota yoki ona bir aka yoki ukasi bo‘lsa ham», deganlar (Imom Muslim rivoyati). Islomda jihod haqqa yordam, zulmni qaytarish, adolat, tinch lik va omonlikni qaror toptirish, Rasululloh (a.s.) olib kelgan rah matga yo‘l ochish uchun joriy qilingan. Bu rahmat odamlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchundir. Bu esa terrorizmning 135 barcha ko‘rinishlariga barham beradi. Zero, urush ma’nosidagi ji hod Vatan himoyasi uchun bosqinchilikka, boyliklarning o‘g‘ir lanishiga, odamlarni o‘z yurtlaridan chiqarishga yordam beradi ganlarga, ahdlarini buzadiganlarga, musulmonlarning dinlarida fitnalanishiga qarshi joriy qilingan. Islomda jihodning o‘z odob va hukmlari bor. Ularga ko‘ra, urushmagan kishilar, keksalar, ayollar va bolalardan iborat be gunoh insonlarni o‘ldirish taqiqlanadi. Qochganlarni quvlash, taslim bo‘lganlarni o‘ldirish, asirlarga ozor berish, o‘lganlarning jasadidan a’zolarini kesish, urushga aloqasi yo‘q bino va inshoot larni vayron qilish man qilinadi. Yurtlarni talayotgan, muqad das narsalarni toptayotgan, boyliklarni o‘g‘irlayotgan zolimlarning zo‘ravonligi bilan zulm ko‘rganlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘lida qonuniy himoya huquqini amalga oshirishini tenglashtir maslik kerak. * * * 2002yil 3aprelda qabul qilingan «Xalqaro terrorizm haqida» gi Kuala Lumpur Deklaratsiyasida shunday deyiladi: «Biz, o‘zimizning asosiy qonunlarimizga sodiq ekanimizni, is lom ta’limoti odamlarni qirg‘in qilishdan nafratlanishini, tinch likni, matonatni va o‘zaro hurmatni qadrlashini, shu bilan birga, begunoh insonlarni o‘ldirishni taqiqlashini yana bir bor ta’kid laymiz. Biz, terrorizmga aloqador har bir holatni islom va musul monlarga bog‘lashni rad etamiz. Chunki terrorizm hech qaysi bir dinga, madaniyatga yoki millatga daxldor emasdir». * * * 2005yil 6iyulda qabul qilingan «Islom haqiqati va uning zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni» haqidagi Amman (Iordaniya) Deklaratsiyasida shunday deyiladi: «Ahli sunna valjamoaning to‘rt mazhabi: hanafiy, molikiy, shofe’iy, hanbaliy, shuningdek ja’fariy, zaydiy, ibodiy va zohiriy mazhablariga ergashuvchi har bir shaxs musulmondir. Uni ko fir deyish, joniga qasd qilish, sha’ni va molmulkiga tajovuz qi lish mumkin emas. Umuman olganda, Allohga, Uning Rasuli 136 ga imon keltirgan, din arkonlarini hurmat qiladigan va ularning birortasini inkor etmaydigan musulmonlarning har qanday toi fasini kofirga chiqarish joiz emas. Islomdagi mazhablar o‘rtasida umumiy jihatlar juda ham ko‘p. Sakkiz mazhab vakillari yagona Alloh taologa, muqaddas Qur’oni Karim (Alloh nozil qilgan Ka lom)ga va Payg‘ambar Muhammad (a.s.)ga imon keltirgan holda islom ta’limotiga rioya qiladilar. Ayni paytda, ular imon, namoz, zakot, ramazon ro‘zasi va haj qilish kabi islomning besh arkoni ga hamda imon arkonlari: Allohga, Uning farishtalariga, muqad das kitoblariga, payg‘ambarlariga, qiyomat kuniga va qazoyi qa darga ishonadilar». Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling