Va terrorizmga


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/84
Sana02.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#192904
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

«Dars ila tarbiya orasida biroz farq bo‘lsa ham ikkisi bir-biridan 
ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabi-
dur». 
Abdulla Avloniy
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda fuqarolarda maf­
kuraviy immunitetni shakllantirish, yoshlar tarbiyasiga alohida 
e’tibor qaratish bilan birga ilm olish ham dolzarb masalalardan 
hisoblanadi. Ilm olishning fazilati haqida islom dini mo‘tabar 
manbalarida alohida zikr etilgan. Bilim olishda har bir inson av­
valo o‘zligini anglab yetadi. Bu esa to‘g‘ri yo‘lni tanlashga sabab 
bo‘ladi. Ilm deganda faqat diniy emas, balki dunyoviy, aniqrog‘i 
insonlarga foydasi tegadigan ilm tushunilgan. «Xitoyda bo‘lsa ham 
ilm o‘rganinglar», «Beshikdan qabrgacha ilm izla», degan hadis­
larni eslab o‘tish o‘rinli. Yoshlarning dunyoviy va diniy bilimlar­
ning uyg‘unlikda xolis o‘rganishi ularning kelajakda barkamol in­
son bo‘lishiga tayanch bo‘ladi. Shu bois, yoshlarni avvalo milliy 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hayotimizning asosiy mezo­
niga aylanishi zarur. Chunki oqilona ta’lim­tarbiya yoshlar on­


162
gini ham, axloqiy madaniyatini ham o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi. 
Tarbiyasiz berilgan ta’lim hech bir yerda rivojlanishga olib kel­
maydi. 
Zero, jismoniy tarbiya bolani jismonan baquvvat, kuchli, 
sog‘lom etib tarbiyalasa, ma’naviy tarbiya orqali unda yuksak ax­
loq, ezgulik, insonparvarlik, shijoat, rahmdillik va mehnatsevar­
lik sifatlari shakllanadi. Ma’naviy tarbiya farzandning o‘zligini 
saqlashga, uning botiniy olamini ma’rifiy boyitishga xizmat qila­
di. Buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy aytga­
nidek, «Inson tabiatning eng oliy zoti, kamolotidir, inson zoti 
barcha hayvonlardan yuqori turadi. Insonga katta sharaf ko‘rsa­
tilgan – unga aql­zakovat berilgan. Shu sababdan, insonning 
ma’naviy olami uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lishi 
uchun u yuksak axloqli, bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor». 
Demak, farzand tarbiyasi avvalo, uning ma’naviy poydevori qan­
chalik mustahkamligi bilan belgilanadi. 
Shunday ekan, yoshlardagi milliy o‘zlikni anglash, diniy bi­
lim va dunyoqarashni shakllantirishda har bir urf­odat, marosim, 
an’ana va qadriyatlarimizning kelib chiqishi, asl mohiyatini ochib 
bera oladigan ham ilmiy, ham diniy asoslangan ma’lumotlardan 
iborat zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, ma’naviy­ma’rifiy 
ko‘rsatuvlar namoyish qilish kabi tadbirlar orqali ijobiy natijaga 
erishish muhim omillardan sana ladi. Chunki bunday chora­tad­
birlar ma’lum ma’noda yoshlar ongini boyi tish, haqiqiy milliy va 
diniy qadriyatlar bilan har xil bid’at­xurofot amallarni farqlash, 
turli diniy oqim va yo‘nalishlar ta’siriga, ekstremistik va terro­
ristik guruhlarning aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish im­
konini beradi. Shu nuqtayi nazardan qara ganda, yoshlarni milliy 
urf­odat, an’ana va marosimlarimizga hurmat bilan qarash, ular­
ning tarbiyaviy aha miyatini doimiy tarzda tushuntirib borish, 
ma’naviy tahdidlardan himoya qilish hamda o‘zligini anglashda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
«Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va 
erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’si-


163
riga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z 
manfaati yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doi-
miy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar».
  Islom Karimov
Darhaqiqat, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi mamlaka­
timiz ma’naviy taraqqiyotida yangi davr va rivojlanish bosqichi­
ni boshlab berdi. Ayniqsa, milliy va diniy qadriyatlar, urf­odat va 
an’analar tiklanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mustaqil­
lik yillarida yosh avlodni dunyoviy hamda diniy bilimlar uyg‘un­
ligida, ajdodlar ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari aso sida tarbi­
yalash masalasiga katta e’tibor qaratildi. Binobarin, ertangi kun 
egalari bo‘lgan yoshlar bugungi kunning eng ilg‘or dun yoviy bilim­
larini diniy qadriyatlar bilan hamohang tarzda puxta o‘zlashtirgan 
bo‘lishi hamda ulardan amaliyotda erkin foydalana olishi masalasi 
bugungi kunimizning muhim talablaridan biriga aylandi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy g‘oya ruhi bilan yo‘g‘ril­
gan ana shunday tarbiya tizimi yaratildi. Uni doi miy takomil­
lashtirib borish va davr da’vatlariga hozirjavobligini ta’minlash 
esa, har birimiz va barchamizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. 
Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandimizni kuchli 
mafkuraviy immunitet va yuksak ma’naviyatga ega shaxs sifatida 
tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va faro von hayotni ta’min­
lashimizning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Demak, har bir insonning o‘z ishini sidqidildan amalga oshiri­
shi, loqaydlik, beparvolikning oldini olishi, yon­atrofida bo‘la­
yotgan voqea­hodisalarga hushyorlik bilan qarab, Vatan tinchligi 
yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib yashashi, yoshlarimizning ongu qal­
bini jaholatdan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qi lish, 
ajdodlarimizga armon bo‘lib qolgan, biz erishgan mustaqillik 
va tinchlik­osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab­avaylashning 
muhim omili hisoblanadi. Buni hech qachon unutmasligimiz, 
tinchlik uchun doimo o‘zimizning bor kuch va imkoniyatlari­
mizni safarbar etib yashashimiz lozim. 


164

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling