Va ularga qaratilgan targ’ibot tehnalogiyalari Milliy g’oya targ’iboti vositalari


Download 38.94 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi38.94 Kb.
#1035817
  1   2
Bog'liq
Milliy g’oyaning samaradorligini oshirishning targ’ibot tehnalogiyalari bilan bog’liqligi


Mavzu: Milliy g’oyaning samaradorligini oshirishning targ’ibot tehnalogiyalari bilan bog’liqligi
Reja:
1. Milliy g’oya targ’ibotining tashkil qiluvchi sub’ektlar va ularga qaratilgan targ’ibot tehnalogiyalari
2. Milliy g’oya targ’iboti vositalari
3. Milliy g’oya targ’iboti texnologiyalarining muntazam rivojlantirib borishning ahamiyati

Milliy g’oya jamiyatimizning taraqqiyotini mustahkamlashga xizmat qiladigan, shu zaminda yashayotgan barcha xalqlarning manfaatlarini o’zida mujassam eta olishi bilan bugun uning ham muhimlilik va muqimlilik jarayoniga aylanishiga yetarlicha asoslar mavjud. Insoniyat jamiyati paydo bo’libdiki, ularning maqsadlari mavjud bo’lgan va mana shu asosda mushtarak g’oyaga birlashishgan. Hatto mana shu birlashuv ularning dushmanlardan himoyalanish vositasi sifatida talqin qilingan. Bugun bunday turdagi xavflarning ko’lami va ko’rinishi ortib borayotgan XXI asr insoniyatning bu xususda jiddiy bosh qotirishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda xavf-xatarlarning tarozisi “og’irligi”ning boisi shundaki, “g’oya ortida yashiringan g’oya” qabilida amalga oshirilib, mamlakatlarning beqarorligini keltirib chiqarmoqda. Milliy g’oya umuminsoniy tamoyillar va milliy an’analarimiz, tariximiz, qadriyatlarimiz uyg’unligiga asoslangan. SHuningdek, shu Vatanning barcha fuqarolarining maqsad-intilishlarini o’zida mujassamlashtirgan bosh g’oya: “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishni pirovard maqsadimiz deb e’lon qildik. “Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa-yuksak tushunchalar bilan birga milliy g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish, ularni yangi bosqichga ko’tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlay oladigan dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”1-deydi I.A.Karimov.


Milliy g’oya-har qanday “ideallashtirish”, birovlarni o’z “izmiga” bo’yunsindirish, bir millatning ustunligini, oriyligini (oriy-toza nasl) targ’ib etish xususiyatlaridan ancha yiroqda ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatni mavjud bo’lishining bir qancha shartlari bo’lib, bularga hudud, chegara, aholi kabi omillar bo’lishi bilan, balki, uning bardavomligini ta’minlab beruvchi, milliy g’oyasi bo’lishi mamlakat to’la qaror topishining amaliy ifodasi hisoblanadi. O’zbekiston ham mustaqilligining dastkabki kunlaridanoq, milliy manfaatlarimizni umummilliy miqyosda himoya qilish xususiyatiga ega bo’lgan, mukammal qarashlarimiz va tariximizni o’zida namoyon qiladigan milliy g’oyasini e’lon qilar ekan, avvalo dunyoning hech bir mamlakatidan kam bo’lmagan demokratik qadriyatlarga asoslangan xuquqiy demokratik davlat qurajagini e’lon qildi.
Endigi muhim masala xalqparvar g’oyani targ’ib etish, keng jamaotchilikka tushuntirish, targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish bilan bog’liq bo’lib, bu milliy g’oyaning takomilida muhim va asosiy bosqich hisoblanadi. Jamiyat a’zolarini milliy g’oya asosida birlashtirish, va unga bo’lgan e’tiqodini shakllantirish O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyoti nuqtai nazaridan alohida strategik ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatda bugun milliy g’oya targ’ibotining tashkil qiluvchi muhim sub’ektlar mavjud ular quyidagilardan iboratdir:

  • Oila;

  • Jamiyat;

  • Mahalla;

  • Ommaviy axborot vositalari;

  • Armiya;

  • Demokratik institutlar, jamoat birlashmalari.

Ma’lumki, inson farzandining dastlabki hayot haqidagi tasavvurlari oilada-ota-onasi homiyligida shakllantiriladi, rivojlantiriladi. SHu bois oilada milliy g’oyaning targ’ibotiga tegishli dastlabki asoslar shakllantirib borilsa, keyingi bosqichga, ya’ni, jamiyatga kirib borishi bilan uni anglash yanada osonlashadi. Keyingi bosqichda bolaning tarbiyasida va milliy g’oyaning tashviqot ishlarida mahallaning o’rni beqiyosdir, bu o’rinda “Bir bolaga-etti mahalla ota-ona” naqlining o’zi fikrimizning dalilidir. Bugungi kunda mahalla va mahalla oqsoqollariga o’ziga xos ravishda boshqaruv organlari sifatida yondashish asosida, ularni iqtisodiy, ijtimoiy va avvalo siyosiy sohadagi faoliyatlarini erkinlashtirish orqali ularning jamiyat qurilishidagi o’rniga alohida urg’u berilmoqda. Bugun ular ochiqdan-ochiq ravishda, muєobillik asosida ikki yarim yil muddatga saylanishlari ham ularga berilgan vakolatlarni qanchalik muhim ekanligidan dalolat beradi. CHunki oiladan so’ng, aynan mahalla oqsoqollari shu hududning “ma’naviy posbonlari” vazifasini bajaradilar, o’z mahallasining iftixori uchun javobgar hisoblanadilar. Mamlakat Prezidentining mamlakat “Mahalla” xayriya jamg’armasini tashkil etish to’g’risidagi 1992 yil 12 sentyabrdagi hamda xayriya jamg’armasiga mablag’ ajaratish to’g’risidagi 1992 yil 8 oktyabrdagi Farmoni mahallalarga homiylikni tashkil etishda katta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’ldi. Bu Farmon mahalla qo’mitalarining o’z hududlarida istiqomat qiluvchi kambag’al oilalarga, nogironlarga, yolg’iz keksalarga moddiy yordam berish hamda aholining ijtimoiy muhofaza qilish borasida keng ko’lamli ishlarga, shu mahallaning farzandalari tarbiyasi masalasida katta ko’mak berdi. Xukumat mahallarga dastlab byudjet hisobidan 25 million so’m mablag’ ajratdi. Bu jarayon avvalo, mahallarning jamiyatdagi rolini yanada oshirish bialan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, mahallalar milliy g’oya targ’ibotining asosiy va muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligi bilan izohlanadi. Milliy g’oya targ’ibotining asosiy tamoyillaridan biri uni bosqichma-bosqich asosida amalga oshirilishi bilan bog’liqdir. SHundagina oldinga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirish tezlashadi. Jamiyatda manfaatlar va g’oyalar targ’ibotida alohida ahamiyat kasb etuvchi sub’ektlardan biri-turli qatlamlarning qarashlarini ifoda etuvchi siyosiy institutlar hisoblanadi. Bunday institutlar orqali fuqarolar o’z ta’sirlarini o’tkazishga, jamiyatdagi o’rinlariga ega bo’lishga harakat qiladilar. O’zbekistonda dastabki siyosiy firqalarni tashkil etishida muhim rol o’ynagan, ma’rifatparvar, jadidlarning vakili M.Behbudiy shunday deb yozgan edi: “Millat avvalo o’z-o’zini anglagandagina, ijtimoiy-siyosiy masalalarga aralasha oladi”2.
Hammaga ma’lumki, har bir davlat o’z sarhadlarini va milliy manfaatlarini xavflardan himoya qilish, suverenitetini saqlash maqsadida armiyasiga ega bo’ladi. Armiyada xizmat qilish orqali har bir Vatanimiz o’g’loni uning mazmun-mohiyatini, qadrini, shuningdek unga bo’lgan muhabbat hissini tuyadi. O’zbekistonda avvalo yangicha ruhda va yo’nalishdagi milliy armiya shakllantirildi. Va mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, SSSR harbiy qismlaridan ajratib olindi. 1992 yil 14 yanvardagi Prezident Farmoni bilan Sovet Ittifoqi tarkibidagi harbiy qismlar, harbiy qo’shinlar harbiy oliy o’quv yurtlari O’zbekiston Respublikasi tarkibiga o’tkazildi va xuddi shu kuni Milliy gvardiya tashkil etildi. Armiya o’z navbatida farzandlarimiz uchun sinov va xaqiqiy hayotning bir ko’rinishi bo’lib, uning sarhadlarini himoya qilish bilan bir qatorda oilasining manfaatlarini ham ifoda etayotganligini askar doimo his qilib turadi. Ma’lumki, CHor Rossiyasi davrida milliy manfaatlar toptalib, mahalliy farzandlarga ishonmaslik tuyg’ulari orqali ular orasidan askarlikka olinmagan va buni atoqli ma’rifatparvar Ahmad Zaki Validiy quyidagicha ifodalagan edi: “Turkning butun takomili davomida ko’zga ko’ringan eng ayon irqiy xususiyatlaridan biri tarixning biz bilgan davridan buyon askar bo’lib kelganligi, intizomsevarligi, hayotning eng og’ir mushkulotlariga ham tayyor turishi, mashaqqatlarga uzoq vaqt sabrli bo’la olishidur”3 - deb yozgan edi.
Milliy g’oya oliy darajadagi insonparvarlik zamiriga qurilganligi bilan, jamiyatning barcha a’zolarini nuqtai nazarlarini birdek ifodalashi orqali bugun garchand asta sekinlik bilan bo’lsada, ahamiyatini topib keng miqyosda tarqalib bormoqda. Uning mohiyatini tushunish, orqali tanaga singdirilgan va shu asosida sug’orilgan ijtimoiy hamkorlikning vujudga keltirish jamiyatning har bir tashkilotlari, xususan, uning a’zolaridan ham birdek talab etiladi. Bugun milliy g’oya targ’iboti masalasi yuqoridagi fikrlarga qo’shimcha ravishda milliy g’oyaning mavjudligini ta’minlaydi. Milliy g’oya targ’ibotini, bugun yuєorida ko’rsatilgan jamiyat tashkilotlari bilan birgalik xususan, ta’lim jarayoni bilan uzluksiz ravishda amalga oshirilishi diqqtga sazovordir. Globallashuv sharoitida axborot xurujiga qarshi kurashishda, uni bartarf etishda ta’lim-tarbiya jarayonining omil sifatida o’rni beqiyos bo’lib, asosiy vositalardan biri namoyon bo’ladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida:

  • yoshlarning ongi, tafakkuri, dunyoqarashi shakllanadi hamda inson voyaga yetkaziladi

  • yoshlarga Vatan tuyg’usi, mehr-oqibat, tarixiy xotira, ma’naviyat va ma’rifat singdiriladi;

  • yoshlarni turli muammolarga moslashuvchanlikni shakllantiradi, shaxsiy fikrni rivojlantiradi.

Milliy јoya aholining keng qamlami orasida targ’ibot va tashviqot ishlarni takomilida shubhasiz ommaviy axborot vositalari (OAV) yetakchi o’rinni egallaydi. Xuquqiy demokratik jamiyat qurishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va roli benihoya katta. SHo’rolar davrida O’zbekistonda faoliyat ko’rsatgan ommaviy axborot vositalari o’z milliy zamindan uzilgan edi. U o’zbek xalqiga, O’zbekistonga xizmat qilmas edi. Ommaviy axborot sho’rolar zamirida kommunistik mafkura dastyori sifatida mehnatkashlar ommasi ongi va dunyoqarashida tobelik, qaramlik va qullik g’oyalarini targ’ib qilar edi. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida bo’lgani singari ommaviy axborot vositalari oldiga tub sifat o’zgarishlar davri boshlandi. U o’zining milliy zaminiga ega bo’ldi. Mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotida ro’y bergan tub sifat o’zgarishlari ommaviy axborot vositalari oldiga ham mutlaqo yangi talablarni qo’ydi. U ham bo’lsa, mamlakat fuqarolari o’rtasida keng qamrovli milliy g’oyalarini targ’ibot qilish asosida ularni kelajagi buyuk O’zbekistonni yaratishdek, shuningdek, uni doimo himoya qilishdek, davlat oldida fuqarolarni ma’suliyatini oshirishdek ishlarga ommaviy safarbar etishdan iborat edi. Bu ulug’vor va oliyjanob vazifalarni amalga oshirish uchun ommaviy axborot vositalarining xuquqiy asoslari yaratish talab qilinar edi. SHu bois, O’zbekistonda ommaviy axborot vositalarining mustaqil respublika mezonlariga javob bera oladigan yuridik maqomlarini belgilab beruvchi xujjatlar majmuasi qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi bosh Qomusining 67-moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va to’la qonunga muvofiq ishlaydilar. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar. TSenzuraga yo’l qo’yilmaydi.”4 Bugun jamiyatimizning ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy jarayonlardagi yetakchi o’rinni egallashini hisobga olgan holda, bugun OAVi hatto “to’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarildi. Mamlakatimizda erkin faoliyatga asoslangan OAV shakllantirildi va uning faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida avvalo, xuquqiy kafolatlarni yaratishga kirishildi. 1997 yilda qabul qilingan “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to’g’risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi (yangi tahrirda), “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi qonunlar yuqoridagi fikrimizning amaliy tasdig’idir. 1999 yil O’zbekiston jahon tillari universitetida Xalqaro jurnalistika fakulьtetining tashkil etilishi o’zbek jurnalistikasi tarixida muhim voqea hisoblanadi.
Matbuot milliy istiqlol uchun jamiyatni demokratlashtirish va kelajgi buyuk O’zbekistonni taraqqiy etishining, milliy g’oya va milliy manfaatlar tashviqotining o’tkir quroli ekanligi isbot talab qilmaydigan xaqiqatdir. Ayniqsa, bugungi kunda jamiyatning har bir oilasi va a’zosi OAVsiz hayotini tasavvur eta olmasligi va hech bo’lmaganda u bilan bog’liq ravishda yashayotgan bir davrda bu haqiqat yanada oydinlashadi. Bugun ommaviy axborot vositalarini “to’rtinchi hokimiyat” sifatida talqin etilishining boisi demokratik davlatlarda hokimiyat bo’linishining uch tamoyili amal qilsa-da, ularning faoliyatlarini takomillashtirish va ularni xalq bilan bog’lashning asosiy vositachisi bo’lgan ommaviy axborot vositalaridir. Bugun bu yo’nalish katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. 2004 yil 1 yanvargacha bo’lgan statistik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda 12 tilda jami 866 ta ommaviy axborot vositalari faoliyat ko’rsatmoqda. SHundan 611 ta gazeta, 165 ta jurnal, 43 ta xususiy televidenie, 29 ta kabelli televidenie, 4 ta axborot agentligi va 12 ta xususiy, 1 davlat FM radiokanali, 1 ta teleradiokompaniya mamlakat ijtimoiy siyosiy faoliyatida qatnashmoqda. Bu o’rinda milliy targ’ibotda ommaviy axborot vositalarining o’rnini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Birinchidan, ommaviy axborot vositalarini ma’lumotlarni tezkorlik bilan yetkazish imkoniyatiga ega. Ikkinchidan, bugun insonlarning hayotining barcha jabhalariga kirib borishga ulgurdi o’ziga xos tarzda ma’lumotlar manbasiga aylanib qoldi. Ommaviy axborot vositalarining asosiy “talabgorlari” yoshlar qatlami bo’lib, ayni ommaviy axborot vositlarining turli ko’rinishlari orqali milliy targ’ibotni yoshga mos tarzdagi ko’rsatuvlar, radioeshittirishlar tarzida yetkazib berilsa, ayni maqsadga muvofiq bo’ladi. Bugun globallashuv davrining yana bir yirik kashfiyoti sifatida baholanayotgan - Internet tizimining yaratilishi OAV yaratilishi tarixida ulkan tarixiy burilishni yasadi va dunyo mamlakatlari o’rtasidagi “chegaralar yanada yaqinlashdi”. Ushbu tizim bo’yicha dunyoning istalgan mamlakati bilan uning maxsus saytlari orqali aloqa qilish, shuningdek, axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lindi. Zero, faqatgina Internetning o’zi fan va texnika, siyosat, iqtisod rivojida, umuminsoniy va milliy madaniyatning o’zaro ta’sirida, yagona axborot tizimini yaratish sohasida insoniyat uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Internetning paydo bo’lishi XX asrning 60 yillarning oxiri va 70 yillarni boshlariga to’g’ri keladi. Oqibatda, internet ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari, mustaqil matbaa va ommaviy axborot vositalari foydalanidigan global tarmoqqa aylandi. 1991 yilda Angliya va Norvegiya ulangan internetga, 1992 yilda AQSH birlashdi. 1996 yilning o’zida 50 million abonentlar qatoriga O’zbekiston ham a’zo bo’lib kirdi. 2000 yilda uning a’zolari soni 90 millionga yetdi. Internet boy axborot manbai va unga xohlagan paytda, har qanday vaziyatda murojaat qilsa bo’ladi. Unda reklamalar, tijorat takliflari va e’lonlari, TV va radio dasturlari, yirik gazeta va jurnallarning elektron nusxalari e’lon qilinadi. Ammo masalaning yana bir muhim, o’tkir jihati borki, bugun bu jarayon nosoјlom “axborot xurujlari” bilan ham bog’liqdir. Bugungi kunda jamiyatga jiddiy xavf tug’dirayotgan yot g’oyalardan biri terrorizmning asosiy quroli ham yadro quroli emas, balki internet bo’lib qolayotganligi fikrimizning isbotidir. Yana masalaning asosiy tomonlaridan biri, internetda axborotlarning tez tarqatish xususiyatiga ega ekanligi terroristlarning asosiy manbasiga aylanib qoldi. Axborotlar chegara bilmas ekan, ommaviy axborot vositalari ayni paytda insoniyat uchun katta imkoniyatlar manbasi bo’lish bilan bir qatorda, uning tom ma’nodagi “kushandasi” hamdir. Bugun biz bunga dunyoning ko’plab mamlakalaridagi terroristik va buzg’unchilik harakatlaridan oldin tarqatilgan internet ma’lumotlari misolida ko’rishimiz mumkin. Ispaniyada 2003 yildagi, Angliya metrosidagi 2005 yildagi, Rossiyada 2006 yildagi terroristik xatti-harakatlar oldindan turli paytlarda, aniqlab bo’lmas portallar orqali ma’lumot sifatida tarqatilgan. Bundan tashqari “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi uchun asosiy yo’lak hamdir. Globallashuv - dunyo xalqlari o’rtasidagi munosabatlar tizimi ekan, uning tuzilmasi turli munosabatlar asosiga quriladi. Ommaviy axborot vositalari targ’ibotlarni turli yo’sinda amalga oshirishi mumkin bo’lib, ularda reklama va e’lonlar asosiy rol o’ynaydi. Reklama va e’lonlarda ma’lum bir mahsulotni taqdimoti orqali asosiy yetakchi davlatga xos va mos bo’lgan g’oya targ’ib etiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari paydo bo’lgunga qadar dastlab, turli e’lonlar g’oyalarning targ’iboti sifatida xizmat qilgan bo’lib, Italiya fashizmining “otasi” Benito Mussolini o’z fashistik g’oyalarini targ’ibotini avvalo, odamlar gavjum to’planadigan joylarga tarqatilagan e’lonlar asosida amalga oshirgan. Germaniya “dahosi”(fyureri) deb ta’riflangan Gitler esa, dastlab o’z tashviqotini kambag’allar yashaydigan va yig’iladigan manzillarda e’lon tarqatish bilan fashistik g’oyalarning dastlabki “izdoshlari”ga ega bo’lgan edi. CHunki, bu paytda kambag’allar aholining ko’p qismini tashkil qilar va yangi axborotlarga muhtoj ham edi. Bugun ommaviy axborot voositalari “ommaviy madaniyat”ning asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lgan turli xil kinofilьmlar va seriallar bilan o’z mijozlariga ega bo’lmoqda. Bu o’rinda o’zining shaxsiy manfaatlarini ko’zlayotgan kuchlar nisbati haqida jiddiy o’ylab ko’rish lozim. CHunki aynan ommaviy axborot vositalarining turli ko’rinishlari orqali jamiyatga “yot unsurlar”ning kirib kelishi іam tezlashadi. SHu maqsadda turli xil kinofilьm va seriallar, g’arb ko’rsatuvlarini taqdim etayotgan telekompaniyalar faoliyatini yanada takomillashtirish va ommaviy nazoratni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, har millat an’anaviy taraqqiyot zaminlariga ega bo’lib, bu o’rinda albatta zamonaviylikni ham inkor etmasligi lozim. An’anaviylik va zamonaviylik o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajarishi lozim bo’lgan jamiyat ijtimoiy institutlaridan biri ham aynan ommaviy axborot vositalaridir. Ammo ommaviy axborot vositalari faqatgina o’z “mijozlari”ga ega bo’lish maqsadida an’anaviylikka eskilik sarqiti sifatida qarash, yangi zamonaviy ko’rinishga ega bo’lgan manbalardan ko’proq foydalanish holatlari, afsuski hozirgi kunda uchrab turibdi. Milliy g’oya targ’iboti o’z navbatida, ommaviy axborot vositalari oldiga katta va o’z o’rnida ma’suliyatli vaziflarni yuklaydi. Faqatgina ko’rsatishning o’zi yetarli emas, balki, turli tushuntirish ishlarini ommalashtirish, unga fuqarolarni jalb qilish orqali tashviqotni yanada kuchaytirish, tutruqsiz g’arb kliplarining o’rniga milliylik ruhi bilan sug’orilgan ko’rsatuvlarni namoyish etish, asta-sekinlik bilan hammabop teledasturlar tizimini yaratib borish ommaviy axborot vositalarining milliy g’oya targ’ibotidagi muhim jihatlardan biri hisoblanadi.
Axborot xurujiga qarshi kurashish- davlat tomonidan maxsus metod (siyosiy, iqtisodiy, diplomatik, harbiy va hak.) lar, usullar vositasida, ichki va tashqi axborot makonida o’z manfaatlarini himoyalashning majmuaviy tizimidir. Informatsion-psixologik xavfsizlikni ta’minlash quyidagi asosiy sohalarda olib borilishi kerak:

  • Siyosiy (davlatning ichki va tashqi siyosat) faoliyatida;

  • Diplomatik (xalqaro va davlatlararo) munosabatlarda;

  • Davlatning siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarida;

  • Harbiy (mudofaa tizimining mustahkamlash).

Davlatlarning milliy manfaatlariga jiddiy xuruj sifatida namoyon bo’layotgan omillardan biri-global axborot xuruji eng yuqori darajani tashkil qiladi. Xalqaro axborot makonidan o’zaro kurashuvchi manbalar o’zaro vaqtincha birikib, muayyan davlatga qarshi axborot xurujini tashkil etishadi. Asosiy maqsad, xuruj ta’siri ostiga olingan davlatning ichki axborot makonini tanazzulga uchratish, xalqaro axborot makonida o’sha davlatni o’z pozitsiyasini mahrum qilishdir.
1998 yilda texnika fanlari doktori S.Rastorguev o’zining “Axborot urushi”5 nomli kitobida S.Nilusning “Sion donishmandlari yig’ilishi protokollari” nomli xujjatni informatsion-texnologik nuqtai nazaridan tahlil qilingan. CHunki, mazkur xujjatda axborot urushining barcha yo’nalishlari, omillari aniq va qisqa yo’nalishda ko’rsatilgan:

  • Boshqaruv tizimi (xokimiyat tarmoqlarini nazorat qilish);

  • Aholini fikrini o’zgartirish vositalari (OAV yordamida);

  • Terrorizm (davlatni tahlikaga solib, maqsadga erishish);

  • Iqtisodiy xuruj, iqtisodiy boshqaruv vositalari;

  • Iqtisodiy dastur (iqtisodiy tanazzulga yoki qaramlikka olish);

  • Umumxalq ovoz berishlari va h. (siyosiy jarayonni buzish)

Mazkur xujjatdagi ma’lumotlar metodik xarakterga ega bo’lib, ular shunday tuzilganki, axborot xurujining mazmun-mohiyatini anglay oladigan har qanday shaxs uni faoliyatida ishlatishi mumkin.
Xalqaro axborot makonida hali ham amaliy ustunlik AQSH rahbarligidagi yetakchi harbiy mamlakatlari tomonida bo’lib, ularning bugungi kundagi asosiy maqsadlari quyidagilar bilan bog’liqdir:

  • Global informatsion muhitni o’z qo’llariga olish, to’liq nazorat hamda gegemonlik o’rnatish, Hindiston, Xitoy, Rossiya kabi harbiy kuch-qudrat va strategik maqomga ega davlatlarni siqib chiqarish;

  • Eron, MDH davlatlarini, shimoliy Koreya kabi o’z tamoyiliga ega davlatlarning xalqaro axborot maydonida o’z o’rnini topishga yo’l qo’ymaslikdan iboratdir.

Mustaqillikka erishgan mamlakatlar, jumladan O’zbekiston uchun ham bunday xavflarni bartaraf etish masalasi jiddiy g’oyaviy muammolar doirasiga kiradi. G’oyaviy-mafkuraviy jarayonlar murakablashib borayotgan, uning yangi usullari o’ylab topilayotgan hozirgi kunda ushbu tahdid va ta’sirlarga faqat kuchli g’oya, o’zlikni anglash, sog’lom g’oyalardan iborat mafkuragina qarshi tura oladi. SHuning uchun ham I.A.Karimov tomonidan yuksak mafkuraviy madaniyatni mujassam etgan “fikrga єarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” tamoyili nazariy jihatdan asoslab berildi va mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan ommaviy axborot vositalarining faoliyat dasturlarida keng amaliyotga joriy qilinmoqda.
O’zbekistonda tsenzuraning man qilinishi bilan ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar shakllandi.
Mazkur masalaning jamiyatimiz taraqqiyotida tutgan o’rni haqida to’xtalib, davlatimiz rahbari shunday degan edi: “Hozirgi kunda kommunikatsiya va kompьyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga yanada chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishning xojati yo’q”
Axborot makoni globallashuvning hozirgi bosqichida internetning milliy va xalqaro kompaniyalar, davriy matbuot, TV va radio bilan munosabatlari yanada kengayib, boyib bormoqda. Demak, ommaviy axborot vositalarini faoliyatini yanada liberallashtirish orqali milliy g’oya targ’ibotining kuchaytirish, uning mazmunini oshirish - davr talabi іisoblanadi.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan bog’liqdir.6 Ta’kidlash joizki, mafkura targ’ibotining samaradorligini oshirish bu sohada ko’zga tashlanayotgan muammolarni bartaraf etishni shartlab qo’yadi. Zero har bir sohada bo’lgani kabi mafkura targ’ibotida ham ayrim muammo va kamchiliklar yo’q emas. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bu masalaga alohida to’xtalib, «Bugungi hayot shiddati, voqelar rivoji shu qadar jo’shqinki, biz ma’naviyat va mafkura borasida qanchalik muhim va o’rinli ishlarni amalga oshirayotgan bo’lsak-da, ba’zi o’rinlarda afsuski, kech qolyapmiz», deb ta’kidlagani ham bejiz emas.
Milliy istiqlol g’oyasi targ’ibotining samaradorligiga qanday omillar salbiy ta’sir ko’rsatmoqda? Bu muammolarning yechimi qanday? Mafkura targ’ibotida nimalar nazardan chetda qolmoqda? Targ’ibot ishiga qanday tarzda yondashgan ma’qul? Bugungi kunda milliy g’oyani xalqimiz ongi va qalbiga singdirish samaradorligini ko’tarish uchun nimalarga e’tibor berish zarur?
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis to’qqizinchi sessiyasi ma’ruzasida bayon etilgan asosiy vazifa va qoidalarni keng yoritish bo’yicha tashkiliy-ma’rifiy tadbirlar Dasturida yuqoridagi savollarga javob tariqasida «Dasturni amalga oshirish bo’yicha quyiladagan asosiy talablar» bandi kiritilgan. Ushbu bandda dasturni amalga oshiruvchi mutasaddilarga quyidagi talablar qo’yilgan:
-o’tkazilayotgan tadbirlarni kampaniyaga aylantirmaslik:
-o’qib berish usulidan voz kechish:
- tabdirlarni “majburiyat”ga aylantirmaslik:
-odamlar bilan ochiq-oydin va yuzma-yuz muloqatdan qochmaslik
E’tiborlisi shundaki, yuqorida qayd qilingan talablar nafaqat davlat dasturining ijrosida, balki milliy g’oya targ’ibotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan bugungi kunda targ’ibot-tashviqot ishlarida kampaniyabozlikka berilish, mafkurani targ’ib qilish o’rniga uning ta’riflarini «yodlatish», turli tadbirlarga kishilarni majburiy to’plash, muammolar haqida ochiq gapirishdan qochish, odamlar bilan yuzma-yuz muloqatga voizlarning tayyorlanib kelmasligi, son ketidan quvib, sifatni unutib qo’yish, targ’ibotda ayrim tushunchalarning o’rinli-o’rinsiz ishlatilishi natijasida ularning qadrsizlanishi kabi muammolar ko’zga tashlanmoqda.
Agar sog’lom axborot muhiti ustuvor bo’lmasa, qisqa vaqtda har qanday davlatning ichki axborot makonidagi siyosiy-ijtimoiy muhit butunlay izdan chiqib, «xatar uchoqlari» paydo bo’ladi. Natijada jamiyatda g’alva boshlanadi, rasmiy axborot tarqatish tizimi ishdan chiqadi, rasmiy boshqaruv va uning mafkurasi butunlay tanazzulga uchraydi. Jumladan, Qirg’iziston Respublikasida o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimini hal qilish bo’yicha davlat amalga oshirgan ishlar haqidagi axborotlar o’z vaqtida xalq onggiga havola qilinadi. Eng achinlarlisi, hukumat «axborot bo’shlig’ini» shakllantirish bilan bir qatorda «jim o’tirish» pozitsiyasini tutdi.
Mafkura targ’iboti muammolari bo’yicha izlanish olib borgan respublikamizning bir qator olimlari bu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, stixiyali harakatlar, o’zibo’larchilik va kampaniyabozlikka yo’l qo’ymaslik lozimligini uqtiradi, Xususan, siyosatshunos olim SH.Paxrutdinov mafkura targ’ibotida quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozimligini uqtiradi:
- vazifalarni nazarda tutgan holda bevosita tashkiliy» chora va tadbirlarni ko’rish;
- ma’naviyat va ma’rifat ishlarini olib boruvchi kadrlarni tanlash va qayta tayyorlash, ularning faoliyati uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;
- zarur bo’lgan moddiy-texnika vositalari bazasini yaratish; ommaviy axborot vositalarini aniq maqsadga yo’naltirilgan holda jalb qilish;
- ma’naviy va ma’rifiy ishlarning samarali tajribalarini keng yoyish.
Ya’ni, mafkura targ’ibotida muayyan muddat shiddat bilan avj oladigan, keyinchalik so’nib qoladigan tashviqot ishlariga emas, balki doimiy ravishda uzluksiz davom etadigan va tizimiy asosga qurigan ma’rifat ishlarga tayanish samarali hisoblanadi.
Ochig’i aytadigan bo’lsak, targ’ibotda milliy g’oya, mafkura haqida bilim berish bilan cheklanish holati mavjud. Ta’kidlash joizki, «g’oya keng targ’ib qilinyapti» degani, hali u «xalqqa singyapti, kishilar qalbidan o’rin olyapti», degani emas. CHunki, mafkura targ’iboti bilan shug’ullanuvchi voizlarninig ma’ruzalari kishilarda shavq va rag’bat uyg’otmay, asosan, milliy istiqlol g’oyasining mohiyati, uning asosiy tushuncha va tamoyillari haqida axborot beradi. Ularning bergan bilimlari kishilar ongida axborot tarzida saqlanadi, lekin qalbini egallab, ularni harakatga undarmikan? Agar aytilgan gaplar kishi ongida axborot sifatida o’rin olsa-yu, lekin qalbidan, yuragidan o’rin olmasa, natijaga erishdik, deya olamizmi? Axir, yuksak sifat va mahorat bilan tayyorlangan reklama ham kishida ikki xil fikr uyg’otishi mumkin: «reklama tayyorlashni qoyillatishibdi» yoki «men albatta shu narsani sotib olaman». Voizlarning gaplari ham insonlarda ana shunday ikki xil ta’sirlanish uyg’otishi mumkin: “Ma’ruzachi juda chiroyli gapiryapti” yoki “Bizni boshla shu manzillarga!”.
Demak, voizlar ilmiy asoslangan an’anaviy ma’ruza emas, hissiyotlarni uyg’otuvchi, haroratli, dalillarga boy noan’anaviy nutq kishilarga ko’proq ta’sir qilishini e’tiborga olishlari zarur. Zero, «yoniq nutq odamlarning aqli va tuyg’ulariga ta’sir qilib, tinglovchini muayyan faoliyatiga otlantira oladi». Baxsga, muloqatga chorlaydi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mafkuraninig targ’iboti «bilim-ishonch-faollik» modeli asosida amalga oshirilishi lozim. Ya’ni, bilimlarning ong orqali o’tib, maslak, e’tiqodga aylanishi va amaliyotga tatbiq etilishi-mafkuraviy ishlarining mazmunini tashkil etishi darkor.
Aslida, har bir voiz tadbir nihoyasida uning samaradorligini baholash uchun o’ziga «Aytganlarim tinglovchilarga ta’sir qildimi, ularni nimagadir ishontira oldimmi?» degan savollarni berish zarur. M.Quronov bu haqda shunday yozadi: «...har bir tuman, tashkilot ma’naviyat va ma’rifat mutasaddisi:» «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarasini qaysi mezonlar bilan baholayapman», «Men o’tkazayotgan tadbirlar natijasida millat ongida nima qaysi tomonga o’zgardi» kabi savollarni o’z-o’ziga berish fursati yetdi. Buning uchun milliy g’oya va milliy mafkura sohasidagi ishni ham oxiri-natijasiga qarab baholash lozim. Natijada esa viloyat, tuman, shahar xalqining mafkurasidagi yangilanish, ogohlik, mustaqillikni mustahkamlash, himoya qilishga tayyorgarlik yoki Yurtboshimiz aytganlaridek, «odamlarning tafakkuridagi o’zgarish darajasiga qarab sarhisob qilinmog’i kerak»
Hozirgi vaqtda, nafaqat Respublikamizda, balki butun dunyoda ta’lim sohasi talaba-yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashning muhim ijtimoiy-siyosiy omili sifatida namoyon bo’lmoqda. Jumladan, oliy ta’limda siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyat olib boruvchi kadrlar tayyorlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, butun dunyoda keyingi yillarda talabalarning umumiy soni 13 mln. dan 82 mln gacha oshdi. Butun dunyoda keyingi 30 yil davomida oliy ta’limga bo’lgan talab hozirga kelib, 6 martga oshdi. 2025 yilga kelib, dunyo bo’yicha 160 mln. talaba bo’lishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda esa Yevropa mintaqasida umumiy oliy ta’lim hamkorligini tashkil etish bo’yicha davlatlararo komissiyalar harakat olib bormoqda. Ta’lim tizimi eng avvalo davlat manfaati, milliy xavfsizlik va mustaqillikni mustahkamlovchi kadrlar bilan ta’minlovchi sohadir.
SHu o’rinda masalaning yana bir muhim jihatiga e’tibor qaratmoq darkor. Ayrim hollarda voizlar nutq so’zlaydigan auditoriyalarga odamlarni to’plashda ma’muriy resursdan faydalanib, bu tadbirlarda ishtirok etish kishilar uchun majburiy tus oladi. Auditoriyaga ixtiyoridan tashqari boshlab kelingan insonda hali va’zni eshitmayoq, ichki qarshilik paydo bo’lishi aniq-ku. SHunday ekan, O’zbekiston Prezidentining ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis to’qqizinchi sessiyasi ma’ruzasida bayon etilgan asosiy vazifa va qoidalarni keng yoritish bo’yicha tashkiliy ma’rifiy tadbirlar Dasturida «tadbirlarni majburiyatga aylantirmaslik» talabning qo’yilishi bejiz emas. SHunday ekan, joylarda tadbirlar uyushtirishda mamlakatimizning ko’zga ko’ringan arboblari, insonlar ishonchini qozongan fikr yetakchilarini jalb qilish orqali auditoriyani to’plash maqsadga muvofiq.
Ta’kidlash joizki, auditoriyani o’ziga qaratish, kishilarga ta’sir ko’rsatish, ularni ilhomlantirish voizdan juda katta mahorat talab etadi. SHuning uchun, targ’ibotda voizlar ma’ruzalari ta’sirchanligini oshirish haqida o’ylab ko’rish, bunday tadbirlar stsenariylarini va zamonaviy vositalar orqali puxta tayorlash lozim. Mafkuraviy ishlarni samarali tashkil etishda maktabning ham o’rni beqiyos. CHunki olti-etti yoshar bola toki mustaqil shaxs sifatida shakllanib, voyaga yetkuniga qadar bo’lgan hayotini, asosan, maktabda o’tkazadi. Demak, maktab insondagi qadriyatlar, qarashlar intilish, dunyoqarash va maqsadlar shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu borada kollejlar, maktab va litseylarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, «Hozirgi vaqtda O’zbekistonda 550 ming o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda, ya’ni ziyo tarqatmoqda. Besh milliondan ortiq farzandlarimiz maktablarda, turli bilim yurtlarida ta’lim olmoqda. Ularning tarbiyasi haqida o’ylashimiz, yoshlarimizning baxtli kelajagi uchun qayg’urishimiz, yosh naslimizni g’oya bilan qurollantirishimiz kerakmi-yo’qmi?» degan savolni qo’ygan edi. Masalaning e’tiborli jihati shundaki, maktab bilim berish bilan birga, g’oyaviy tarbiya o’chog’i ham bo’lishi lozim. Insondagi vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik xislatlari, komil insonga xos bo’lgan boshqa xususiyatlarning qaror topishi uning shaxs sifatida shakllanish jaryoni bilan bir vaqtda kechsa, bu sifatlar uning uchun doimiy qadriyatga aylanishi mumkin. SHu bois, maktab yoshidagi bolalarni yetuk inson qilib tarbiyalashda muallimlarning zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanadi. Bunda har bir o’qituvchi bilim yoki tarbiya beruvchi emas, balki o’qituvchi milliy g’oyalarimiz targ’ibotchisi sifatida muloqat olib borishi maqsadga muvofiq. Demak, har bir o’qituvchi o’z vazifasini faqat o’quvchiga dars berishdangina iborat deb bilmay, millat ravnaqiga hissa qo’shadigan fuqorolarni tarbiyalayotganini ham doimo e’tiborga tutmog’i lozim.
SHaklini turlicha o’zgartirayotgan axloqsizlik g’oyalarini aksariyat holda tajribasiz yoshlar bilmasdan «evropacha madaniyat» va «erkinlik» sifatida qabul qilib, o’zlari kutmagan holda aldanib qolishlari mumkin.
O’zbekistonda axborot xuruji orqali chetdan kirib kelayotgan yot g’oyalarga qarshi kurashishda bir qator ijtimoiy-siyosiy omillar yuzaga keltirildi va rivojlantirilmoqda. Tarixiy xotira shakllantirilib, Amir Temur davrida shakllantirilgan «kuch-adolatda», «el-yurt ozodligi», «insof va diyonat birligi», «ma’naviy-kelajak omili» kabi hayotbaxsh g’oyalar, bugungi kunda yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash, g’oyaviy immunitetni shakllantirishda ustuvor omil bo’lib xizmat qilmoqda. Yoshlarda mustaqil va tahliliy fikrlashni rivojlantirish ishlari tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jamiyat evolyutsiya harakatlanishga, rivojlanishga undaydigan hayotbaxsh g’oyaga va harakatlanish dasturiga doimiy ravishda ehtiyoj sezadi. Aynan shu harakat dasturi qo’yidagi jarayonlarni qamrab olishi kerak:
- Tashqaridan kirib kelayotgan xavf-xatarlarni «pinhona rivojlanish» davrida aniqlash16.
- Millatning, xalqning - jamiyatda qabul qilingan ma’naviy-axloqiy normalari, madaniy rivojlanish tamoyillarini yanada rivojlantirish.
- Internet va xorijiy ommaviy-axborot vositalari orqali kirib kelayotgan turli axborotlarga nisbatan immunitetni shakllantirish17.
- Yoshlarning ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish18.
Ta’lim tizimida mafkurani targ’ib etishda o’qituvchi talabalarning didiga, qadriyat va qarashlariga mos tarzda yondashish talab etiladi. Biroq, o’quvchi-talabalar uchun mo’ljallangan «Milliy istiqlol g’oyasi» fani darsliklarining ayrimlari murakkab tilda, ortiqcha akademizm uslubida, bolaning yosh xususiyatlari inobatga olinmay yozilganligini ko’rish mumkin. SHunday ekan, milliy g’oya targ’ibotiga xizmat qiladigan adabiyotlar yosh avlodning tafakkuri va bilim darajasiga mos holda sodda, ta’sirchan, ommabop tarzda yozilishiga alohida e’tibor berish zarur.
Ta’kidlash joizki, milliy g’oya targ’ibotining ta’sirchanligini oshirishdagi eng asosiy shartlardan biri-mafkura targ’iboti zimdan amalga oshirilishi zarurligidir. Inson unga ta’sir o’tkazilayotganliganini sezmasligi lozim. Umuman, targ’ibot davomida «mafkura» so’zining ishlatilishi shart emas. Mafkura fuqoro ongiga zimdan, bilvosita-badiiy va sahna asarlari, filьmlar, san’at durdonalari orqali singdirilishi kerak. Zero har qanday yetuk san’at asari milliy mafkura targ’ibotchisi bo’la oladi. Ma’lumki adabiyot va san’at ulkan mafkuraviy qudratga ega bo’lib, u g’oyalarni badiiy jihatdan boyitib tomoshabin yoki o’quvchini o’z ta’siriga olish qudratiga ega. Aynan badiiy asarlar bugungi kunda mafkuralarni eltuvchi g’oyalarni qit’alararo zimdan tashuvchi vositaga aylangani hech kimga sir emas.
Butun dunyoda bo’layotgan hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tahlilidan kslib chiqib, yoshlarning informatsion-psixologik xavfsizligini ta’minlashning mafkuraviy-g’oyaviy negizlarini yanada rivojlantirish zarur.
Dunyoda yovuz niyatli siyosiy harakat va kuchlar yoshlarga qarshi keng masshtabdagi tizimli, ommaviy, g’oyaviy ta’sir ko’rsatish harakatlarini olib borishmokda. XX asrga kelib, urushlar olib borishda g’oyaviy ta’sir muhim ahamiyatga ega bo’lib, muayyan davlatni o’z aholisi oldida va xalqaro maydonda obro’sizlantirish uchun dezinformatsion faoliyatlar olib borish, informatsion-psixologik ta’sir ko’rsatish psxiologik tusga kira boshladi.
1914 yilda boshlangan 1-jahon urushi davomida dezinformatsion xurujlarning, informatsion-psixologik ta’sir ko’rsatishning dastlabki tizimli texnologiyalari yaratildi.
Dezinformatsion texnologiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi - jahon axborot makonida misli ko’rilmagan mazmuniy o’zgarishlarga olib keldi. Birinchi jahon urushida qo’llangan informatsion-psixologik ta’sir texnologiyalari, o’z navbatida axborotning texnologik rivojlanishiga asos soldi. Axborot resurs, boylik va mahsulot sifatida qisqa vaqt ichida misli ko’rilmagan tezkorlik bilan rivojlandi. Informatsion-psixologik ta’sirni o’rganuvchi ilmiy markazlarning vujudga keldi. Dastlab 1914 yilda Angliyada, 1915 yilda Frantsiyada, 1917 yilda AQSHda, 1918 yilda Germaniyada maxsus informatsion bo’linmalar tashkil etildi. AQSHda esa «Jamoat axborot qo’mitasi» tuzilib, uning rivojlanishiga katta mablag’lar ajratildi, psixolog olimlar jalb kilindi. Bu qo’mitani Prezident V.Vilьsonning yaqin o’rtog’i J.Kril boshqardi. Qiska vaqt ichida ushbu qo’mita tomonidan AQSH manfaati singdirilgan 75 mln. donadan ortiq targ’ibot nashrlari tarqatildi. Urush davrida «Jamoat axborot qo’mitasi» tomonidan betaraf davlatlarning va jahon hamjamiyatining diqqat-fikrini AQSH foydasiga yo’naltirish, chalg’itish maqsadida tinimsiz ravishda dezinformatsiya tarqatildi. 1913-1921 yillar davomida Vudro Vilьson AQSH prezidenti vazifasini bajarar ekan, informatsion-psixologik xurujga, uning texno-logiyalariga, ayniqsa informatsion-psixologik ta’sir vositalari sifatida quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tgan edi:
• Jamoat fikrini shakllantiruvchi va vazifalashtiruvchi tizimlar
• Qaror qabul qilish tizimlari;
• Informatsion-texnik tizimlar;
• Informatsion-analitik tizimlar;
• Informatsion resurslar;
• Ommaviy-axborot vositalari va targ’ibotga asoslangan jamoat onggi va fikrini shakllantiruvchi tizimlar.
Yoshlarda immunitet hosil qilinmasa, dezinformatsiyalar, ochiqdan-ochiq bo’hton, qalbakilashtirilgan faktlarning ta’siriga qarshi kurashib bo’lmaydi. Yoshlarda bilimlilik asosida mustaqil va tahliliy fikrlash jarayonini shiddat bilan rivojlantirish lozim. Fikrlash jarayoni yetarlicha shakllangantirilsa, har qanday g’oyaviy ta’sirlar o’z kuchini yo’qotadi. Axborot tahlili haqiqiy holat bilan qiyoslansa, o’z-o’zidan axborotning asl mazmuni namoyon bo’lib, uning tarkibidagi to’qimalar, qalbakilashtirilgan faktlar iste’moldai olib tashlash mumkin.
G’oyaviy ta’sirlarga qarshi profilaktik ishlarning mazmunini, shakl va uslublarini, muhitning yoshlarga ta’sirini tadqiq qilish zaruriyati quyidagilarni talab qilmoqda:
- g’oyaviy ta’sirlarga qarshi dasturlarni yaratish va amalga oshirishda umumiy tamoyillarga e’tiborga qaratishni;
- g’oyaviy tarbiya jarayonida tizimli va differentsial yondoshuvni;
- barcha jarayonlarni uzviy bog’lovchi monitoring tizimini yaratishni;
-yangi texnologiyalarni jadal qo’llash va tezkorlikda aprobatsiyadan o’tkazishni talab qilmokda.
O’zbekistonda yoshlarni zararli mafkuralarning salbiy ta’siridan himoyalashda san’atdan foydalanish, milliy g’oyani targ’ib qilishda badiiy obrzlarni qo’llash amaliyoti mavjud. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent Davlat san’at instituti hamkorligida 2001 yilda sahnalashtirilgan «Xazon bo’lgan umr» spektakli bunga yaqqol misol bo’la oladi. Spektaklning syujeti oddiy. Toshkentga o’qishga kelgan talaba yigit «pulga uchib», aqidaparastlarning safiga kirib qoladi. Keyin ekstremistik g’oyalar ta’sirida ota-onasini «kofir» deb haqorat qilib, ulardan yuz o’giradi. Oxir-oqibat o’sha aqidaparastlarning o’zlari uni o’ldiradilar. Tomoshabin aqidaparastlik nimadan boshlanib, nima bilan tugashini o’z ko’zi bilan ko’radi. SHu bilan birga, spektaklda oila oliy qadriyat sifatida talqin qilinadi. Aqidaparastlik natijasida kishilar oilasidan, ota-onasidan ham voz kechishi mumkinligi ko’rsatiladi.



Download 38.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling