Va uning joylashuvi


Aholining joylashishi va zichligi


Download 29.57 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi29.57 Kb.
#1543156
1   2
Bog'liq
Amaliy2

Aholining joylashishi va zichligi

Oʻzbekiston aholisining munitsipalitet boʻyicha zichligi, aholi hisob-kitoblariga koʻra 2020-yil


Respublika aholisi, asosan, qadimdan oʻzlashtirilgan, sugʻorma dehqonchilik uchun sharoit qulay boʻlgan voha va vodiylarda zich joylashgan.

Mirzachoʻl, Surxon-Sherobod, Qarshi, Markaziy Fargʻona, Ellikqalʻa choʻllarini oʻzlashtirish natijasida hamda turli qazilma boyliklar konlarini topish asosida vujudga kelgan shahar va shaharchalar ham aholining hududiy tarkibiga oʻzgartirishlar kiritdi. Biroq yangi aholi manzillari aholining asrlar davomida tarkib topgan hududiy shakllariga katta oʻzgarishlar kirita olmadi. Aholining asosiy qismi tugʻilib oʻsgan joyida istiqomat qiladi. Bundan choʻl mintaqalarida yashovchi aholi mustasno. Shu bilan birga shaharlar tarmogʻidagi oʻzgarishlar shahar aholisining dinamikasi va joylashishiga katta taʼsir qildi. Keyingi-yillarda ularda sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. 1990—2005-yillarda mamlakat aholisining oʻsish surʻati pasayib borayotgan davrda baʼzi viloyatlarda bu jarayon sekinroq kechdi.


Oʻzbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari aholi oʻsish surʻatlarining pasayib borishi; aholi tabiiy koʻpayish koʻrsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust oʻsishi va boshqalar. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis joylashgan boʻlib, asosiy qismi Toshkent sh.ga toʻgʻri keladi. Biroq Toshkent sh. aholisi soʻnggi-yillarda deyarli oʻsmadi, natijada uning Oʻzbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 10,5 %dan 8,2 % ga tushib qoldi. Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining demografik salohiyati pasaydi, Jizzax viloyatida oʻzgarmadi, qolgan hududlarda esa oshdi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston aholisining 16,4 % Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari ga toʻgʻri keladi. Xorazm, Namangan va Samarqand viloyatlarida ham biroz oʻsish boʻldi.


1991—2005-yillarda Oʻzbekiston viloyatlari boʻyicha shahar aholisining oʻsishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatildi. Bu-yillarda respublika shaharlari aholisining oʻsish surʻati 0,9 % boʻlib, bu koʻrsatkich Surxondaryoda 3,2 %; Jizzaxda 2,8 %; Sirdaryoda 0,6 %; Buxoroda 0,7 %; Xorazmda 0,8 % va Toshkent viloyatida 0,2 % ni tashkil etdi.


Yuqoridagi oʻzgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Fargʻona va toshkent iqtisodiy rayonlarida yuqori. Fargʻona vodiysiga mamlakat aholisining 28 %, Toshkent sh. va viloyatiga 18 % toʻgʻri keladi. Aholi zichligi 1 km… — indekslar yozish uchun ishlatiladi.


Bu teg ichidagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan kichikroq va pastroqda joylashadi.
… — asosan biror sonning darajasini yozishda foydalaniladi. Teg ichidagi yozuvlar kichikroq va yuqoriroqda joylashgan bo‘ladi.
Muxsinov Nurmuhammad yaratgan
… — indekslar yozish uchun ishlatiladi. Bu teg ichidagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan kichikroq va pastroqda joylashadi.
… — asosan biror sonning darajasini yozishda foydalaniladi. Teg ichidagi yozuvlar kichikroq va yuqoriroqda joylashgan bo‘ladi.
Muxsinov Nurmuhammad yaratgan ga 58 kishi boʻlib, bu koʻrsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati) 552,5 (Andijon viloyati) kishigacha yetadi. Fargʻona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida zichlik koʻrsatkichi ancha past.

Oʻzbekiston Respublikasi jami aholisining 36,3 % shaharlarda, qolgan qismi qishloqlarda yashaydi. Soʻnggi-yillarda urbanizatsiya darajasining pasayib borishi va qishloq aholisi hissasining oʻsishi kuzatilmoqda.


Adabiyotlar ro’yxati

  • https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_demografiyasi

  • https://enc.for.uz/wiki/O%CA%BBzbekiston_aholisi

  • https://azkurs.org/aholining-hududiy-joylashuvi-va-uning-iqtisodiy-ijtimoiy-sohal.html

  • https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/geografiya/o-zbekiston-aholisi-statistikasi

Download 29.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling