Va uning siyosati


Tender asosida narxni belgilash


Download 82.99 Kb.
bet10/12
Sana17.02.2023
Hajmi82.99 Kb.
#1207724
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Narx strategiyasini tayyori

Tender asosida narxni belgilash. Bunday vaziyatlarda korxona o‘z narxini belgilashda ushbu narx va o‘zining xarajatlari hamda talab ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalaridan emas, raqobatchilarning kutiladigan narx takliflaridan kelib chiqadi. Korxona shartnoma tuzmoqchi bo‘ladi, demak, buning uchun esa boshqalar narxiga qaraganda past bo‘lgan narxni so‘rashi kerak. Biroq bu narx tannarxdan past bo‘lmasligi lozim, aks holda korxona o‘ziga zarar qilgan bo‘ladi. Bu usul ehtimolli baholashni qo‘llaydi va hisob-kitoblarning quyidagi ketma-ketligini nazarda tutadi:

  • shartnomaning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisob- kitobi;

  • potensial raqobatchilar tomonidan qo‘llaniladigan savdo taktikasi ;

  • korxona taklif qiladigan narx raqobatchilar so‘raydigan narxdan past bo‘lishining ehtimolini aniqlash;

  • korxonaga maksimal foyda olib kelishi kutilayotgan narx miqdorini aniqlash;

  • tender savdolarini tashkil qilish mexanizmi.

Narxlarni shakllantirishning asosiy metodlari narx siyosati «magiya uchburchagi»ning biror bir unsuriga urg‘u berilishi bilan farqlanadi: korxona xarajatlari, iste’molchilar baholari va raqobatchilar baholari.
Xarajatli metodi (ustamalar metodi). Bu narx shakllanishining keng tarqalgan metodi bo‘lib, unga ko‘ra ushbu mahsulotning doimiy yoki o‘zgaruvchan xarajatlariga ushbu tarmoq foyda normasi uchun oddiy holda mos keladigan ustamalar qo‘yiladi. Masalan, tarmoq bo‘yicha qurilish firmalari ko‘pincha o‘z ishlarini loyiha qiymatiga o‘rtacha foydani qo‘shib baholaydilar. Bu metodning ommalashgani turlicha izohlanadi. Birinchidan, firma o‘z tovariga talabga nisbatan unga qilingan o‘z xarajatlarini yaxshi biladi. Bu ularni narxni shakllantirishda xarajatlar kalkulyatsiyasiga tayanish va haqiqatda ko‘rilgan zararni to‘liq qoplashga undaydi. Ikkinchidan, agar tarmoqning barcha ishlab chiqaruvchilari narxni shakllantirishning ushbu metodini qo‘llashsa, ularning narxi deyarli bir xil bo‘ladi. Ular orasidagi narxga oid bu kurash narx to‘g‘ridan to‘g‘ri talab bilan belgilanadigan tarmoqlar bilan solishtirilganda minimalligini bildiradi. Uchinchidan, ko‘pgina sotuvchi va iste’molchilar ustamalar metodi eng tuzatilgan, halol, chunki ikki tomon manfaatlariga amal qiladi va bir tomonning ikkinchi tomon hisobiga boylik orttirishiga yo‘l qo‘ymaydi, degan fikrni mahkam ushlab oladilar. Bunday narxni belgilashda (uni «harakatli narx» yoki «ustama bilan» deb atashga o‘rganilgan) talab darajasi hisobga olinmaydi va raqobatchilar narxining ta’siri e’tiborsiz qoldiriladi.

Download 82.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling