Va uning siyosati


Download 82.99 Kb.
bet1/12
Sana17.02.2023
Hajmi82.99 Kb.
#1207724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Narx strategiyasini tayyori


Narx strategiyasini va dasturini ishlab chiqish


Mundarija
Kirish
I-BOB. NARX VA UNING SIYOSATI
1.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati
1.2. Narxni shakllantirish
1.3. Narx strategiyalari
II-BOB. NARX STRATEGIYASINI VA DASTURINI ISHLAB CHIQISH
2.1. Narxni belgilashdagi asosiy yondashuvlar
2.2. Korxonaning narx siyosati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Korxonaning narx siyosatiga raqobatchilarning narxlari va bozorda narx o’zgarishiga raqobatchilarning munosabati katta ta'sir ko’rsatadi. Demak, raqobatchilar narxini o’rganish - narx shakllanishi sohasida muhim elementlardan biri hisoblanadi. Dastavval korxonaning narx siyosati bozor tipiga bog’liq ekanligini qayd etishi lozim.
Agar bozor sof raqobatchilar bozori bo’lsa, unda sotuvchi bozordagidan yuqori narxni talab qilishi mumkin emas, chunki xaridorlar ushbu bozor narxi bo’yicha tovarning xohlagan miqdorini ochiq sotib olishlari mumkin. Demak, bu erda narxlar talab va taklif asosida belgilanadi. Bunda narxlar qat'iy va ularga alohida korxona tomonidan ta'sir ko’rsatish deyarlik mumkin emas.
Bozor tiplaridan yana biri monopolistik raqobat bozori hisoblanadi. Bunday bozor ko’p sonli xaridorlar va sotuvchilardan iborat. Ular o’zlarining bitimlarini yagona narx bo’yicha emas, narxlarning keng diapazoni bo’yicha amalga oshiradilar. Bunday sharoitda korxona narxni o’zgartirishi uchun keng imkoniyatlarga ega.
Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuliga korxonaning bozorda mustahkam o’rin egallab turgan etakchi korxona belgilangan narxiga qarab narx belgilashini ham kiritish mumkin. Bunday holda korxona o’z tovariga bozor etakchisi belgilagan narxdan ko’ra pastroq narx belgilaydi.
Ushbu ishning maqsadi narx strategiyasi va dasturini ishlab chiqishda narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlarning kompleksi tushuniladi. Ma'lumki, bozor sharoitida ishlaydigan har bir korxona, dastavval, narxlarni aniqlashning strategiyasi va tamoyillarini ishlab chiqish talab etiladi belgilarini tahlil qilishdan iborat.
Umuman olganda, korxona o’z imkoniyatlaridan va maqsadlaridan kelib chiqib yuqorida keltirilgan narx strategiyalaridan foydalanadi.

Download 82.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling