Va uning siyosati


Korxonaning narx siyosati


Download 82.99 Kb.
bet12/12
Sana17.02.2023
Hajmi82.99 Kb.
#1207724
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Narx strategiyasini tayyori

2.2. Korxonaning narx siyosati
Narx siyosati korxonaning bozordagi umumiy siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi.“Siyosat” so‘zining ma’nosi mumkin bo‘lgan san’at, deyiladi. Bu tarif narx siyosatining tarifiga ham to‘g‘ri keladi. Narxni shakllantirish, bu san’at chunki u yuqori aniqsizlik davrida amalga oshiriladi. Korxonaning narx siyosati – bu maksimal darajada narx shakllanishi sohasidagi imkoniyatlardan foydalanishga, salohiyatni xaridor uchun bo‘lgan raqobatda yutishga va o‘z maqsadlariga erishish
uchun narxni ko‘tarishga qaratiladi. Narx siyosati narx strategiyasi orqali amalga oshiriladi. Narx siyosati taktik-operativ aksiyalarni, ma’lumot tizimini (yig‘ish, tahlil qilish vositalari), tashkiliy qarorlar (tartib va jarayon jihatlar) ni o‘z ichiga oladi.
Taktik – operativ aksiyalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: qisqa muddatli pog‘onalarni shakllantirish, narxlar tarkibi, narxlar differensiatsiyasi, narxlar variatsiyasi, narx chizig‘i siyosati, narxlarni yo‘naltirish. Taktik – operativ aksiyalarning qo‘llanilishi korxonaning strategik maqsadlari bilan mos kelishi lozim, u bozorda o‘z mavqeyini egallash uchun qilinadi. Shuning uchun narx siyosati strategik baza (narx strategiyasi) ga muhtojlik sezadi.
Hozirgi kunda “narx menejmenti” narx siyosatiga sinonim bo‘lib hisoblanadi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: narxlar differensiatsiyasi kuchaydi, buni narx diskriminatsiyasi yoki mahsulot differensiatsiyasi bilan izohlash mumkin.
Narxlar differensiatsiyasi mahsulot parametrlari va xaridorlar guruhining to‘lay olish qobiliyatlariga katta ahamiyat beradi. Tovar differensiatsiyasi raqobat ko‘rinishida asosiy vosita bo‘lganligi sababli korxonalar xaridorlarning tovarga bo‘lgan ichki talablarini aniqlash va tovarni ularga yetkazib berishga katta ahamiyat beradi. Tovar defferensiatsiyasi segmentatsiya va baho bo‘yicha olib boriladigan ishlarni murakkablashtirdi va yanada chuqurlashtirdi. Baho tizimida narxlar differensiatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonaning barcha imkoniyatlari birgalikda rivojlantirilmoqda. Yangi bozor raqobat sharoitlariga moslashish sifatida yoki qisqa muddatli narx aksiyalari sifatida narxlar variatsiyasi doimo kuzatilmoqda. Bularning barchasi narx siyosatini har xil masalalarni yechishga majbur qildi.
Globalizatsiya va savdoning kengayishi oqibatida sotish kanallarida narx qarshiligi kuchaydi. Buning oqibatida narx kelishuvlari va sotish siyosatining roli oshdi. Boshqarish kerak bo‘lgan yuqori muammoli narxlar o‘zgarishi yuzaga keldi. Narx siyosatining malakalilik darajasi, bozorni o‘rganishning zamonaviy usullari, narxni rejalashtirish narx nazorati yordamida oshdi, oqibatda ma’lum vaziyatlarda korxonalar raqobat ustunlinligiga ega bo‘ldilar.
Bozorning javob harakatiga qaratilgan tavakkalchilik. Ko‘plab narx siyosati bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doimo o‘zgarib turuvchi va kompleks sharoitlarda qabul qilinadi. Shuning uchun korxonaning “narx naflilik” birligiga bozorning javobini oldindan bilish qiyin. Shu munosabat oqibatida bozorning javobiga qaratilgan tavakkalchilik, ya’ni narx belgilanganda ko‘zda tutilmagan xarajatlar vujudga keladi. Bu tavakkalchiliklar yuqori va past narxlar sharoitida bo‘lishi mumkin va yo‘qotilgan narx imkoniyatlariga kiradi (opportunistik xarajatlar).
Yetkazib berish va to‘lash shartlaridagi tavakkalchilik. Ishlab chiqaruvchi sotib oluvchilar (xaridorlar) bilan yetkazib berish va to‘lash shartlarini shaxsan kelishib oladi. Raqobat ko‘p hollarda sotuvchilarni xaridorlarga chegirmalar qilishga majbur qiladi, oqibatda ularning foydasi kamayadi. Alohida xavf nazorat qilinmagan chegirmalar, bonus- lar to‘lash sharoitlari joriy qilinganda bo‘ladi.
To‘lov tavakkalchiligi. Ular xaridorlar o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlarida yuzaga keladi (shartnomani bajarmaslik tavakkalchiligi). Agar xaridorlar to‘lash imkoniyatlari yo‘qligini sabab qilib, mahsulotlar narxining bir qismini to‘lasa, qolgan pulini kelishilgan muddatda to‘lashni kelishib olsa, to‘lov tavakkalchiligi vujudga keladi.
Dispozitsion tavakkalchilik. Ayrim mamlakatlarda chet el ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar) narx suvereniteti mamlakatning siyosiy-iqtisodiy manfaatlari tufayli qisqartiriladi.
Narx tavakkalchiligi albatta nafaqat sotuvchilarda, balki xaridor- larda ham kuzatiladi.
Narx siyosatida maqsadlarsiz qabul qilinadigan strategiya vositalari dan katta foyda olish qiyin. Maqsadlar tizimini loyihalash narx menejmentining asosiy vazifalaridandir. Rejali narx qarorlari maqsadlar tizimini keltirib chiqaradi. Har bir tashkilot individual ustuvor maqsadlardan kelib chiqqan holda o‘z maqsadlar tizimini ishlab chiqadi. Shu sababli ilmiy asoslangan maqsadlar tizimi mavjud emas. Narx siyosatida maqsadlar tizimi ishni amalga oshirish nuqtasidir. Agar potensial narxlar maqsadlar piramidasida iyerarxiya ko‘rinishida ifodalangan bo‘lsa, bu juda yaxshi. Bu o‘z ichiga hamma maqsadlarni olmaydi, ammo ifodalangan maqsadlar munosabati narx siyosatini tushunishga yordam beradi. Umuman olganda narx siyosatini korxona- ning faqat marketing yo‘nalishida emas, balki boshqa yo‘nalishda ham qo‘llash lozim. Korxona narx siyosati oldiga qo‘yadigan maqsadlariga: daromadlarni maksimallashtirish, tizimlarni maksimallashtirish, ma’lum foyda normalarini olish, kelayotgan daromadlarni saqlash, xarajatlar kompensatsiyasi, ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish, bozorga kirish, raqobatchilarni kamaytirish, potensial raqobatchilarni bozorga kiritmaslik, bozorda mavqeyini saqlash va kengaytirish, o‘z faoliyati uchun turg‘un va ijobiy muhitni, korxona faoliyatini saqlash kabilar kiradi. U yoki bu maqsadni amalga oshirish uchun marketing vositalaridan foydalaniladi. Biz o‘z diqqatimizni marketing maqsadlariga qaratamiz. Narx siyosatida maqsadlar tizimi rivojlanishi yuqoridan pastga qarab sodir bo‘ladi. Bunda maqsadlarning agregatlangan variantlari vositasida kirim yoki o‘rtacha narx xaridorlarning narxdan qoniqishi yoki narxga ishonch maqsadi yaqinlashadi. Bu juda muhim, chunki oxir oqibatda xaridorlarning harakati narx siyosati muvaffaqiyatiga bog‘liq. Xaridorlar xaridlariga qarab tuzilgan maqsadlar tizimi xaridorlarga yo‘naltirilgan va ularni tashkilot mahsulotlariga ko‘niktirishga asoslangan narx siyosatining zamonaviy talabidir.
Xulosa

Hozirgi vaqtda korxona iqtisodiyotida boshlang‘ich narxlash printsipi mahsulot ishlab chiqarish va sotish, xizmat ko‘rsatish, ish va foyda xarajatlarini qoplashdir.


Rivojlanish va narxlash ketma-ketligi:
1. narxlarni belgilashda maqsad va vazifalarni belgilash;
2. talab va taklifning xususiyatini aniqlash;
3. ishlab chiqarish tannarxini hisoblash;
4. raqobatchilar narxini tahlil qilish (chegirma tizimiga e’tibor bering);
5. narxlarni belgilash usulini tanlash;
6. yakuniy narxni belgilash.
1.Narxlar vazifasini belgilashda kompaniya tijorat ishida narxni qanday rolga tayinlashi to‘g‘risidagi qoidaga asoslanish kerak. Amalda turli xil narxlash strategiyalari mavjud.
Yuqori narxlar strategiyasi ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha yuqori bo‘lgan narxda dastlabki sotishni ta’minlaydi va undan keyin pastroq narx keladi. Bu patentlar bilan himoyalangan yangi mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Strategiya hozirgi talabning yuqori darajasi sharoitida mumkin.
Kam narxlar strategiyasi. Birinchidan, minimal narx maksimal darajada mijozlarni jalb qilish va bozorni zabt etish uchun belgilanadi, shu bilan birga kompaniya ishlab chiqarishni ko‘paytirish va xarajatlarni kamaytirishga intiladi.
Bozor yoki soha rahbariga ergashish strategiyasi. Narx asosiy raqobatchi yoki sohadagi etakchi kompaniya tomonidan taklif qilingan narx asosida belgilanadi.
Differensiayalashgan narxlar strategiyasi narxlarni har xil chegirmalar va turli bozorlar uchun o‘rtacha narx darajasiga beriladigan imtiyozlar bilan birlashtirishda namoyon bo‘ladi.
Imtiyozli narx strategiyasi kompaniya manfaatdor bo‘lgan mijozlar bilan ishlashga qaratilgan.
Nufuzli narxlash strategiyasi noyob xususiyatlarga ega yuqori sifatli mahsulotlarga yuqori narxlarni belgilashga asoslangan.
Boshqa strategiyalardan foydalanish mumkin.
2. Narxlar, talablar va takliflar jadvaliga qarab tovarlarga talab va taklifning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash uchun foydalaniladi. Jadvallarni sifatli va miqdoriy tahlil qilish korxonaning narx siyosati, shuningdek, ma’lum bir mahsulot bilan bozorga kirish siyosati qanday bo‘lishini aniqlashga imkon beradi.
3. Ishlab chiqarish tannarxini baholashda ularni o‘xshash mahsulotlar uchun o‘rtacha xarajatlarni (tannarx) taqqoslashdan kelib chiqish kerak. Xarajatlar miqdori narx darajasini belgilashning eng past chegarasidir, mahsulotni uning darajasidan past sotish esa zarar qilmaydi.
4. Raqobatchining narxlarini tahlil qilishda asosiy e’tibor u taklif qiladigan chegirma tizimiga qaratilishi kerak. Jahon amaliyotida narxdan har xil chegirmalar qo‘llaniladi:
• naqd pul olishda chegirmalar;
Miqdor, xarid hajmi, seriya bo‘yicha progressiv chegirmalar;
• almashtirish krediti yoki eskisini qaytarish uchun chegirma; eksport uchun tovarlarni sotishda eksport chegirmasi va boshqalar.
Bularning barchasidan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, narx strategiyasi deganda narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlarning kompleksi tushuniladi. Ma'lumki, bozor sharoitida ishlaydigan har bir korxona, dastavval, narxlarni aniqlashning strategiyasi va tamoyillarini ishlab chiqish talab etiladi. Ana shularga amal qilsagina korxona o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin bo’ladi.
Download 82.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling