Va vazifalari


partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana24.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1052284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu Fuqarolik jamiyati fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari

partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi; 

fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida 
ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va 
boshqa sharoitlarni yaratish; 

faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat 
yurgizish erkinligi; 

davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni 
(konsensus mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari 
tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo‘ladimi, norasmiy bo‘ladimi, u 
o‘z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o‘z-o‘zini 
boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi. 
Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyat asosini ko‘p ukladli iqtisod, mulkning turli shakllari 
boshqariladigan bozor munosabatlari tashkil etadi; Huquqiy sohada esa - hokimiyat boshqaruvi 
vakolatlarini markazda yig‘ilib qolmasligi, hokimiyatlar bo‘linishi, siyosiy plyuralizm, 
fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida ishtirok etishlari, qonun ustivorligi hammaning ular 
oldida tengligi; ma’naviy sohada-yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligini 
yo‘qligi, vijdon erkinligi madaniylik, yuqori ma’anaviyat va axloq tashkil etadi. 


Fuqarolik jamiyati shaxs erkinligisiz bo‘lmaydi. Erkinlik me’yoriy ko‘rinishga ega bo‘lgani 
uchun, bunday shunday xulosa kelib chiqadiki, bir tomondan inson erkinlikka uning normativ 
talablariga bo‘ysunish qobilyati natijasida ega bo‘ladi, boshqa tomondan, shaxs erkinligi 
borlig‘ining tashqi shakli bu erkinlikning chegaralarini belgilovchi ijtimoiy me’yorlar 
hisoblanishini anglatadi. Va faqatgina, jamiyat uchun yoki insonning o‘zi uchun eng muhim 
ahamiyatga ega, eng asosiy hisoblangan sohalardagina davlatning o‘zi erkinlikning o‘lchovini, 
me’yorini belgilab beradi. Bu esa huquqiy me’yorlar, qonunlar, konstitutsiya yordamida amalga 
oshiriladi. 
Bunda huquqiy va erkinliklarning o‘zi, jumladan konstitutsionlari bir tomondan fuqarolik 
jamiyatining rivojlanganlik darajasi bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy 
tashkillanganligining etukligi darajasi bilan belgilanadi. Boshqa tomondan inson va fuqaroning 
huquq va erkinligining to‘liqligi bilan, ularning kafolatlanganligi darajasiamalga oshirish ketma- 
ketligi fuqarolik jamiyatining huquqiy demokratik jamiyat sifatidagi, haqiqiy erkinlik va ijtimoiy 
adolatli jamiyat sifatida muhim harakteristkalarining chuqurlashuvi, rivojlanishga ko‘p 
tomondan bog‘liq bo‘ladi. bu o‘rinda inson va fuqaro huquqlari fuqarolik jamiyatining o‘z 
vositasi namoyon bo‘ladi. Ushbu muhim funksiyalarnibajarish darajasida fuqarolik jamiyati 
qator muhim funksiyalarni bajaradi: 
1. 
Qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy xayot sohasini davlat va 
boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qat’iy muvofiqlashtirishidan himoya qilishni 
ta’minlaydi. 
2. 
Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o‘zini - o‘zi boshqarish 
mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi. 
3. 
Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini 
shakllanishi va sodda ko‘rinishga keltirishga ko‘mak beradi; buning uchun u turli vositalardan 
foydalanadi: saylov kampaniyalaridan va referendumlarda, norozilik yoki bu yoki u talablarini 
qo‘llab-quvvatlash aksiyalarida, u yoki bu masaladar bo‘yicha jamiyatni shakllantirishdafaol 
ishtirok etish. 
4. 
Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari insonlarning huquq va erkinliklarini 
real kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta’minlashga qaratiladi. 
5. 
Fuqarolik jamiyati o‘z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyalarini bajaradi: u 
davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar berishga ega bo‘lishi mumkinki, ularning 
yordamida u individlarning jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning 
ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta’minlanishi mumkin. 
6. 
Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga 
fuqarolarning konkret manfaatlari haqida xabardor qilib turadi,bu manfaatlarni amalga oshirish 
esa faqat davlat organlariga tegishli bo‘ladi. 
7. 
Fuqarolik jamiyati o‘z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi vazifasini 
bajaradi. U davlat oldida tang holatlar yuz bergapnida unga yordam beradi, jamiyat hayotini 
yashashini ta’minlaydigan mustahkam strukturalarini yaratadi. 
Ma’lumki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini 
shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O‘zbekiston 
xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va 
ma’naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini 
ta’minlay olishi e’tirof etildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston 


XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» 
kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda 
qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, 
yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga 
chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir- 
birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi». 
4
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini 
yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini 
huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor 
berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini 
aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda 
etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va 
fuqarolar oldida mas’ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai 
hisoblanishi (7-modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi (11-
modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning 
xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi 
mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari 
yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Konstitutsiyamizda qayd 
etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini 
demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish,axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z 
erkinligini ta’minlash, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini 
shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni 
yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi. 
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yiyaa amalga 
oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti 
tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi. 
Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi 
navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi 
Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demoeratlashtirish va modernizatsiyalash 
bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi. 
2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatda demokratik 
islohatlarni yanada chuvurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”e’lon 
qilindi.Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib 
borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani - uchinchi bosqichni boshlab 
berdi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxatlarining mazmun moxiyatidan kelib chiqib 
fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati 
shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling