IV. MAZKUR QOIDALAR BO‘YICHA XIZMATLAR KO‘RSATISHNI
TUGATISH TARTIBI
4.1. Mijoz tomonidan unga mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan bank xizmatlarini ko‘rsatish
bilan bog‘liq barcha to‘lovlar to‘langanidan keyin u istalgan paytda bank hisobvarag‘ini
yopish
to‘g‘risidagi Ariza bilan Bankka murojaat qilish huquqiga ega.
4.2. Mazkur Qoidalarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatish
jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni
legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga ommaviy qirg‘in qurolinitarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga muvofiq Qo‘shilish
shartnomasi bir tomonlama tartibda bekor qilinganligi sababli
Bank tomonidan tugatilishi
mumkin.
4.3. Mijozning asosiy hisobvarag‘i unga tegishli bo‘lgan
qolgan Hisobvaraqlar
yopilganidan keyin yopiladi.