Va yopish qoidalari I. Umumiy qoidalar
Download 142.38 Kb. Pdf ko'rish
|
RKO qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI 2.1. Mazkur Qoidalar shartlarigako‘ra Bank quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi
BANK HISOBVARAG‘INI OCHISH, UNGA XIZMAT KO‘RSATISH VA YOPISH QOIDALARI I. UMUMIY QOIDALAR 1.1. Mazkur bank hisobvarag‘ini ochish, unga xizmat ko‘rsatish va yopish Qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Qoidalar) Bankda bank hisobvarag‘ini (keyingi o‘rinlarda - Hisobvaraq) ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Mijozga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Taraflarning munosabatlarini tartibga soladi. 1.2. Mazkur Qoidalar Mijoz tomonidan bank hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi Bank tomonidan o‘rnatilgan shakldagi Ariza, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq hisobvaraq ochish uchun zarur hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng Taraflar uchun majburiy ahamiyat kasb etadi (kuchga kiradi). II. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI 2.1. Mazkur Qoidalar shartlarigako‘ra Bank quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: 2.1.1. Mijozning topshirig‘iga binoan hisob-kitob kassa va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi. Xususan: a) kelib tushgan pul mablag‘larini shu kunning o‘zida yoki keyingi ish kunidan kechiktirmasdan Mijozning tegishli Hisobvaraqlariga kiritib qo‘yish; b) tegishli to‘lov hujjatlariga asosan Mijozning Hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajarish; v) amaldagi qonun hujjatlari doirasida Mijozning majburiyatlari bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari va to‘lov talabnomalarini ijro etish; g) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq naqd pul mablag‘larini Mijozdan qabul qilish va Mijozga berish; d) boshqa xizmatlarni ko‘rsatish (Bank va Mijoz o‘rtasida tuziladigan alohida Qoidalar va shartnomalar bilan tartibga solinadigan munosabatlar bundan mustasno); 2.1.2. To‘lov hujjatlarini qabul qilishda barcha zarur rekvizitlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish, tegishli tarzda rasmiylashtirilgan hisob-kitob hujjatining ijrosini agar ular amaliyot kuni davomida kelib tushgan bo‘lsa ular olingan kunning o‘zida ta'minlash (amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Mijozga akseptsiz to‘lov talabnomasi yoki inkasso topshiriqnomasi taqdim etilgan hollar bundan mustasno). Mijozning Hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmagan yoki etarli bo‘lmagan taqdirda hisob-kitob hujjatini 2 - kartotekaga joylashtirish (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno); 2.1.3. Amaliyot kunini uzaytirish holatlari bo‘lmaganda, Mijozga Mijozlarga xizmat ko‘rsatish grafigidagi aniq vaqtda 9:00 dan 16:45 gacha xizmat ko‘rsatish (dam olish (bayram) kunlari bundan mustasno). “Internet banking” tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi Mijozning ish tartibi alohida Qoidalar bilan tartibga solinadi; 2.1.4. Mijozning topshirig‘iga ko‘ra hisob-kitob operatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rnatilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarni o‘tkazish qoidalariga qat'iy amal qilgan holda amalga oshirish. Amaldagi qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan normalarga muvofiq Mijozning imzo namunalari kartochkasida ko‘rsatilgan shaxslardan yoki Mijozning ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxslardan o‘rnatilgan shakl bo‘yicha pul hisob-kitob hujjatlarini ijro uchun qabul qilish; 2.1.5. Mijozning topshirig‘iga ko‘ra rahbarga (vakolatli shaxsga) Hisobvaraqdan ko‘chirmani va boshqa hujjatlarni taqdim etish; 2.1.6. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, Asosiy shartlar va mazkur Qoidalarga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish. Download 142.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling