Va yopish qoidalari I. Umumiy qoidalar


Download 142.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.12.2022
Hajmi142.38 Kb.
#1035625
  1   2   3   4
Bog'liq
RKO qoidalari



BANK HISOBVARAG‘INI OCHISH, UNGA XIZMAT KO‘RSATISH
VA YOPISH QOIDALARI 
 
I. UMUMIY QOIDALAR 
1.1. Mazkur bank hisobvarag‘ini ochish, unga xizmat ko‘rsatish va yopish Qoidalari 
(keyingi o‘rinlarda - Qoidalar) Bankda bank hisobvarag‘ini (keyingi o‘rinlarda - Hisobvaraq) 
ochish, yuritish va yopish tartibini belgilaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofiq Mijozga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Taraflarning 
munosabatlarini tartibga soladi. 
1.2. Mazkur Qoidalar Mijoz tomonidan bank hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi Bank 
tomonidan o‘rnatilgan shakldagi Ariza, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
talablariga muvofiq hisobvaraq ochish uchun zarur hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng Taraflar 
uchun majburiy ahamiyat kasb etadi (kuchga kiradi). 
II. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI 
2.1. Mazkur Qoidalar shartlarigako‘ra Bank quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga 
oladi: 
2.1.1. Mijozning topshirig‘iga binoan hisob-kitob kassa va boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi. 
Xususan: 
a) kelib tushgan pul mablag‘larini shu kunning o‘zida yoki keyingi ish kunidan 
kechiktirmasdan Mijozning tegishli Hisobvaraqlariga kiritib qo‘yish; 
b) tegishli to‘lov hujjatlariga asosan Mijozning Hisobvarag‘idan pul mablag‘larini 
o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajarish; 
v) amaldagi qonun hujjatlari doirasida Mijozning majburiyatlari bo‘yicha inkasso 
topshiriqnomalari va to‘lov talabnomalarini ijro etish; 
g) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq naqd pul mablag‘larini Mijozdan qabul qilish va 
Mijozga berish; 
d) boshqa xizmatlarni ko‘rsatish (Bank va Mijoz o‘rtasida tuziladigan alohida Qoidalar va 
shartnomalar bilan tartibga solinadigan munosabatlar bundan mustasno); 
2.1.2. To‘lov 
hujjatlarini 
qabul 
qilishda 
barcha 
zarur 
rekvizitlar 
to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganligini tekshirish, tegishli tarzda rasmiylashtirilgan hisob-kitob hujjatining 
ijrosini agar ular amaliyot kuni davomida kelib tushgan bo‘lsa ular olingan kunning o‘zida 
ta'minlash (amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Mijozga akseptsiz to‘lov talabnomasi yoki 
inkasso topshiriqnomasi taqdim etilgan hollar bundan mustasno). 
Mijozning Hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bo‘lmagan yoki etarli bo‘lmagan taqdirda 
hisob-kitob hujjatini 2 - kartotekaga joylashtirish (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar 
bundan mustasno); 
2.1.3. Amaliyot kunini uzaytirish holatlari bo‘lmaganda, Mijozga Mijozlarga xizmat 
ko‘rsatish grafigidagi aniq vaqtda 9:00 dan 16:45 gacha xizmat ko‘rsatish (dam olish (bayram) 
kunlari bundan mustasno). 
“Internet banking” tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi Mijozning ish tartibi alohida 
Qoidalar bilan tartibga solinadi; 


2.1.4. Mijozning topshirig‘iga ko‘ra hisob-kitob operatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi 
hududida o‘rnatilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarni o‘tkazish qoidalariga qat'iy amal qilgan holda 
amalga oshirish. 
Amaldagi qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan normalarga muvofiq Mijozning imzo 
namunalari kartochkasida ko‘rsatilgan shaxslardan yoki Mijozning ishonchnomasi asosida 
harakat qiluvchi shaxslardan o‘rnatilgan shakl bo‘yicha pul hisob-kitob hujjatlarini ijro uchun 
qabul qilish; 
2.1.5. Mijozning topshirig‘iga ko‘ra rahbarga (vakolatli shaxsga) Hisobvaraqdan 
ko‘chirmani va boshqa hujjatlarni taqdim etish; 
2.1.6. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, Asosiy shartlar va mazkur 
Qoidalarga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish. 

Download 142.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling