Va yozma shakllari


NUTQIY USLUBLARNING TURLARI. SO‘ZLASHUV USLUBI


Download 44.52 Kb.
bet3/14
Sana20.12.2022
Hajmi44.52 Kb.
#1038259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
10-sinf 1-qism qoidalari (1)

NUTQIY USLUBLARNING TURLARI. SO‘ZLASHUV USLUBI
Muloqotning turli vaziyatlari hamda turli nutqiy uslublarda nutqning og‘zaki va yozma shakliga aloqadorlik turlichadir. Siz bilasizki, nutqiy uslublarning so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy kabi asosiy turlari mavjud. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, og‘zaki nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Bu uslub ayni shu jihati bilan ham boshqa uslublardan farq qiladi. So‘zlashuv uslubining adabiy so‘zlashuv turi ham, oddiy so‘zlashuv turi ham og‘zaki shaklda voqelanadi. Bunda adabiy so‘zlashuv uslubi kundalik aloqa-aralashuvda yetakchilik qilishini unutmaslik lozim.


NUTQIY USLUBLARNING TURLARI. PUBLITSISTIK USLUB, BADIIY
USLUB, ILMIY USLUB, RASMIY USLUB
Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy uslublar nutqning yozma shakliga mansubdir. Bu uslublar, asosan, yozma nutq shaklida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ish qog‘ozlaridagi rasmiy uslub faqat yozma shaklda bo‘ladi. Unutmaslik lozimki, mazkur uslublarda yozma shakl yetakchilik qilsa-da, o‘rni bilan ba’zan og‘zaki shakldan ham voz kechib bo‘lmaydi. Masalan, ilmiy uslubning asosiy ko‘rinishlari bo‘lgan monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola va shu kabilar, albatta, yozma shaklda yaratilsa-da, ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi. Yoki badiiy uslubga mansub sahna asarlari ijrosidagi og‘zakilikni inkor etib bo‘lmaydi.
NUTQIY USLUBLAR VA USLUBIY BO‘YOQ.
Nutqni to‘g‘ri va ta’sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to‘la muvofiq shakllantirishda uslubiy bo‘yoq alohida o‘rin tutadi. Tildagi so‘zlar (boshqa birliklar)ning kattagina qismi muayyan nutqiy vaziyatlarda qo‘llashga moslashgan, ya’ni muayyan uslubga xos langan, bu uslubning o‘ziga xos belgisiga aylangan, bu so‘zni faqat shu uslubda ishlatish maqsadga muvofiq. Ayni paytda ayrim so‘zlar qo‘shimcha ravishda so‘zlovchi (yozuvchi)ning nutq predmetiga bo‘lgan salbiy yoki ijobiy munosabatini ham ifodalaydi. Ana shu ikki jihat, ya’ni so‘zning muayyan uslubga mansubligi va unda so‘zlovchi subyektiv munosabati ning ifodalanganligi «uslubiy bo‘yoq» nomi bilan umumlashtiriladi. Birinchisi «funksional bo‘yoq» (masalan, «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi, «inson» ma’nosidagi bashar so‘zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud). Ikkinchisi esa, «emotsional-ekspressiv bo’yoq (masalan, jamol so‘zida ijobiy munosabat, Bashara so‘zida esa salbiy munosabat ham o‘z ifodasini topgan) deb yuritiladi. Bunday uslubiy bo‘yoqli so‘zlar o‘zbek tilida juda ko‘p bo‘lib, ular tili mizning o‘ziga xos ifoda boyliklaridir.

Download 44.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling