Va yozma shakllari


Funksional bo‘yoqqa ega so‘zlarni topib, qaysi nutqiy uslubda qo‘llanishini ayting


Download 44.52 Kb.
bet4/14
Sana20.12.2022
Hajmi44.52 Kb.
#1038259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
10-sinf 1-qism qoidalari (1)

Funksional bo‘yoqqa ega so‘zlarni topib, qaysi nutqiy uslubda qo‘llanishini ayting.
1. Bekorchi bo‘lmasa, biron-bir vakolati yo‘q bizga o‘x shaganlarni mana bunday azza-bazza qabul qilib, bamayli xotir suhbat qurib o‘tirarmidi! (Erkin A’zam) 2. Menga qara, o‘ so‘tak! Sen bu yerda masala so‘qima. (Tohir Malik) 3. Kutmay qo‘yaqol, bolam. Suydixon boyaqish hali-beri kelmaydi. (Said Ahmad) 4. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, Men bashar farzandiman, Lekin avval senga bo‘lsam, Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim. (E. Vohidov) 5. Men Vatanni bog‘ deb aytsam, Sensan unda bitta gul. Men Vatanni ko‘z deb ayt sam, Bitta mujgon o‘zbegim. (E. Vohidov) 6. Ana shunday mard, tanti edi shoirimiz! (Erkin A’zam) 7. O‘sha palatkadan yoshi yigirma beshlardagi suluvgina bir ayol chiqdi-da, Nu’monjonga qaradi. (Said Ahmad) 8. Dohiy o‘rnidan shaxdam turib, to‘rt tarafga qaray-qaray nutq irod eta ketdi. (Erkin A’zam)


Emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlarni topib, qanday subyektiv munosabatni ifodalayotganini ayting.
1. Azlar degani shopday naynov odam ekan. (Murod Mansur) 2. Chavandoz ostidagi ot maydagina, yermitti ot bo‘ldi. (Tog‘ay Murod) 3. Boya ikki kishilashib urib, yerto‘laga tiqqanlarida, uzilib-uchib bitganmi, qo‘sqi shinelining bittayam tugmasi qolmagan, surmarang yolg‘iz belbog‘i demasa, ko‘ksi valangor, o‘zi bir alpozda edi. (Murod Mansur) 4. Umaralining qiziq odatlari bo‘lardi. Yuvuqsiz, irkit odam bilan ko‘rishib qolsa, mehmonxonaga yugurib borib cho‘milib kelardi. (Said Ahmad) 5. Shu shirinsuxan tili bilan barcha ngizni avrab olgan bu qiltiriq nozanin. (O. Yoqubov) 6. Odina qiyshanglab kular, Qo‘chqorning yuziga beozor shapatilardi. (Said Ahmad) 7. Menga qara, Zabar, birato‘la kelib menikida yashab tursang-chi? Shaharning qoq markazi, hamma sharoit muhayyo. Hu-uv Sirg‘alingdan sakillab yurguncha! (Erkin A’zam) 8. Bunaqa basharani umrimda ko‘rmaganman.Hiringlagani hiringlagan. (Erkin A’zam)



Download 44.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling