Vafoti 13-dekabr 1048-yil (75 yoshda) Gʻazna, Gʻaznaviylar davlati Istiqomat joylari


Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma»


Download 71.93 Kb.
bet2/2
Sana11.03.2023
Hajmi71.93 Kb.
#1261023
1   2
Bog'liq
Kaykovus,Beruniy,Komenskiy

Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma»
Kaykovus 412 hijriy yilda (milodiy 1021—1022) tug’ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasidan bo’lib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar.
Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz.
Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratäè. Kitobni u o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi.
«Qobusnoma» SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda.
Lekin asarning «Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi.
Kitob Eronda sakkiz marta nashr etiladi. Bularning eng mukammali mashhur oli Rizo Qulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891 yillarda chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombeyda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi.
Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko’plab SHarq va G’arb tillariga o’girilib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705 yilda Hasan posha Nazmizoda Murtoza tomonidan, 1881 yilda Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860 yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, G’arb tillaridan — nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilinib, chop etildi.
Qobusnoma» asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur hind asari «Kalila va Dimna», izom ul-Mulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», Sa’diyning «Guliston», Ahmad YUgnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy», Davoniyning «Axloqi Jaloliy» kabi axloqiy-ta’limiy asarlari bilan bir qatorda SHarq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi. Unda SHarq pandnomalaridagi an’anaga binoan va X asrda paydo bo’lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalanadi.
Muallif juvonmardlik haqida eng oxirgi bobda so’z yuritadi. U odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik va yana biri juvonmardlikdir. Juvonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so’zning ustidan chiqish, ya’ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, xayr ishini ilgari tutish
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida yoshlar tarbiyasida — juvonmardlik talablaridan eng muhimi — axloq tarbiyasi deb ko’rsatiladi. U yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo’lish, adolatlilik, samiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni istaydi va asarning boshidan oxirigacha ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishga harakat qiladi. Ko’rinib turibdiki, Kaykovus qarashlarida inson tarbiyasi omili muhim o’rin tutadi.
U axloqlilikning birinchi belgisi, suxandonlik deb biladi. U (suxango’ylik) notiqlikda rost so’zlash kerakligini ta’kidlaydi. U so’zlarni to’rt xilga bo’lgani kabi odamlarni ham to’rt xilga bo’ladi. Birinchi xil kishilar ko’p narsani biladi va yana bilgisi kelaveradi. Bular olimlar bo’lib, ularga bo’ysunish kerak, deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsasini bilishga harakat qiladi, ular qobil kishilar bo’lib, bunday kishilarga o’rgatish kerak. Uchinchisi, bilganini ham bilmaydi, uyquda yashagandek, ularni «uyg’otish» kerak. To’rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini tan olmaydi. Bular johil kishilar bo’lib, ulardan qochish kerak, deydi.
Uning axloqiy o’gitlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan boshlanadi. Unda Kaykovus «Qur’on» va «Hadislar»dagi talablardan kelib chiqqan holda o’zining nuqtai nazarini bayon qiladi: «O’z farzanding sening haqingda qanday bo’lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo’lg’il, nedinkim sen ota-onang haqida nima ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki odam mevaga, ota-ona daraxtga o’xshaydir» Kaykovus ota-onaning yana bir muhim vazifasi farzand balog’atga yetgach, o’g’il bo’lsa uylantirib, qiz bo’lsa uzatib, o’z burchini ado etishi kerak, deb ko’rsatadi. Ayniqsa qiz bola tarbiyasiga e’tibor berish, unga g’amxo’rlik qilish kerakligini alohida qayd etadi: «Agar qizing bo’lsa, uni mastura doyalarga topshirg’il, toki yaxshi parvarish qilg’aylar va kattaroq bo’lg’andin so’ng muallimga topshirg’il ... Balog’atga yetgandan so’ng harakat qilib erga berg’il, unga shafqat va marhamat ko’rguzg’il, nedinkim qiz otaning asiri bo’lur» Demak, Kaykovusning «Qobusnoma» asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o’sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo’lgan aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o’qish, hattotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo’lish, shatranj va nard o’yinini bilish kabilar ham o’z ifodasini topgan.
Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda ularni har tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyatga tatbiqi nuqtai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, har qanday tuzumda ham o’z qimmatini yo’qotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi.

Y
an Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.
Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida
hammaga taaluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar yozdi (U
hayot ekanligi vaqtida hammasi bo’lib 2 jildi bosilib chiqdi,
qolgan jildlari esa faqat 1935 yilda topildi va CHexoslovakiyada
chop qilindi). Bu asarida «Hammani va hamma narsada har
tomonlama tuzatish»ning insonparvarlik va demokratik dasturini
belgilab chiqdi va kishilik jamiyatini isloh qilish rejasini ilgari
surdi.
«Buyuk didaktika» asarida «pan sofiya g’oyasini» (pan
gerkcha — butun, hamma, sofiya — donolik, aqllilik) hamma
narsani bilish, hamma uchun bilim berish» demakdir. Pan
sofiyada u tabiat va jamiyat bilimlarining yig’indisini beradi.
Maktab — bu muassasa, u yerda «Hammani har narsaga
o’rgatmoq kerak» degan fikr ko’p marta takrorlanishini
ko’ramiz.






Komenskiyning pansofiya ishi Angliyaning ilg’or
kishilari tomonidan quvvatlanib, parlament tomonidan
chaqiriladi. Komenskiy 1641 yili Angliyaga keladi, lekin
grajdanlar urushi boshlanib ketib, bu ish qolib ketadi.
Komenskiy duyoga tanilgandan so’ng hamma mamlakatlarga
uni taklif eta boshlaydilar. SHvetsiyada lotin tili darsligini va
til o’qitish metodikasini tuzadi.
Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib
tayinlangach, 1648 yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa
tarqatilgandan so’ng u yana o’qituvchilik faoliyatini davom
ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqarada.
«Vidimo’y mir v kartinkax», ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok
qilinadigan narsalarning suratlari» degan asar yozib, o’qish
ishini rasmlar bilan olib borishni ilgari suradi. Bunda
«Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan
maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogikaga doir
ishlari berilgan.




1656 yili SHved—polyak urushi vaqtida
Leshnodagi chex qardoshlari jamoasi tor-mor
qilinadi. Komenskiy Gamburgga qochadi. Undan
Amsterdamga o’tadi. SHunda Gollandiya senatining
buyrug’iga muvofiq uning asarlari to’plami bosilib
chiqadi.
Komenskiy o’z vatanini juda sevar va uning
mustaqilligi uchun kurash olib boradi. Uning ko’p
asarlarida vatanparvarlik hissi aks etgan. U chex xalq
poeziyasini yig’ib chex maqollar to’plamini tuzadi va
o’z xalqining tilini saqlashga, sevishga undaydi.

Komenskiyning dunyoqarashi.
Komenskiyning dunyoqarashida uch
xususiyat ta’sirini ko’ramiz.
1. Natur falsafasi. 16—17-asrlarda ingliz faylasufi — materialist Bekon
sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy o’qitish
jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish
bo’lmagan yerda bilish ham yo’q, deydi u.
2. Chex qardoshlari jamoasi diniy jamoa bo’lganligi uchun Komenskiy ham
dindor ruhoniydir. Lekin Komenskiyning ruhoniyligi turmushga amaliy
qarash bilan bog’liq edi.
3. Komenskiy dunyoqarashining ba’zi jihatlari Uyg’onish davri ta’sirida
vujudga keladi. Odamlarga nisbatan muhabbat, hushchaqchaqlik,
odamlarning yaxshilik yaratishiga ishonch bilan qarash, bularning
hammasi o’rta asr odamiga nisbatan ishonchsizlik bilan qarashga qaramaqarshidir.


9.


Komenskiy tashqi ob’ektiv dunyoning hukm surishiga ishonadi.
Dunyo bir butun. Dunyoda hamma narsa bir-biri bilan bog’liq. Ajralib
qolgan narsa yo’q. Dunyo qarama-qarshiliklardan iborat. Dunyo qotib
qolgan emas. U o’sishda, o’sish esa o’z qonuniyatiga ega. Qonuniyat
borliqqa, ya’ni xudoga tegishli, deydi.
Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga
uyg’un bo’lishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk
didaktika»da o’qitish tabiiylikka bo’ysunishi, o’qitish tabiat talabiga
bo’ysunishi kerak, deydi. Bolaning aqliy va jismoniy o’sish jarayoni
tabiatdagi o’sish jarayoniga o’xshagan bo’ladi. Masalan, bog’bon
daraxtlarni parvarish qiladi, uning o’sish xususiyatlarini hisobga oladi.
Xuddi shunday o’qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo’ysinadi. O’qitish
jarayoni tabiatga o’xshab sekinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik
printsipida kishini tabiatning bir bo’lagi deb qarashi (xudo tomonidan
bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o’sishiga ta’sir etadi deyishi o’z
davrida ilg’or sanaladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo’lib, ijtimoiy qonun
ta’sirida o’sadi.

Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni
o’stirishi kerak. Agar bola pedagogik ta’sirsiz
yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga
kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo’ladi. Xuddi
olmadagi urug’iga o’xshab ba’zida ko’proq, ba’zida
kamroq bo’ladi.
Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg’unlik
masalasida hamma narsaning asosi 4 ta deydi.
Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kelgan, ya’ni; yer,
suv, havo, yorug’lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4
qismga bo’linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish.
Insonning
rivojlanishi ham 4
davrga bo’linadi
go’daklik
bolalik
o’smirlik
yetuklik



maktabgacha
tarbiya
oliy ta’lim
Ta’lim
jarayoni ham
4 ga
bo’linadi
o’rta ta’lim
boshlang’ich
ta’lim



Umumta’lim g’oyasi. Komenskiy yashagan davrda
hammani o’qishga tortish shart emas, qobiliyatli kishigina
o’qishi kerak, degan g’oya mavjud edi. Komenskiy esa
o’qishga hammaning tortilishini, hamma o’z ona tilida umum
boshlang’ich ta’lim olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim
to’g’risida gapirganda ayollarni ham hisobga oladi. O’sha
davrda xotin-qizlar uchun o’qish juda katta muammo edi,
shunga qaramay, u bu masalani ilgari surdi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasining yana bir
qimmatli tomoni o’quvchilar bilim olish tushunchasiga ega.
Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa ham, baribir kishi o’z
aksini ko’rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza
ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasini oynadagi changni artib
tashlash, ya’ni bilimni bola ongiga yetkazish, ani aqliy
tomondan o’stirishdir, degan edi.


Axloqiy tarbiya.
Aqliy tarbiya.
Diniy tarbiya.
Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning
maqsadini ko’rsatadi. Tarbiyaning
maqsadi kishini mangulik dunyosiga
tayyorlashdan iboratdir. Buni uch xil
tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:


Ko’rsatmalilik tamoyili;
Onglilik tamoyili;
Bu maqsad bolaning tug’ilganidan to 24 yoshigacha amalga oshadi, bu davr
ichida bola to’rt maktabni o’qib tugatishi, har birida 6 yil o’qishi kerak, deb
hisoblaydi. Komenskiy o’zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda
o’qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal
qilishni tavsiya etadi.
Izchillik va tizimlilik tamoyili;
Mashq qilish, bilim va
malakalarni puxta egallash
tamoyillari.


Download 71.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling