Vagon avtotirkamasi ta’mirini tashkil qilish reja 6. Vagon avtotirkamasi ta’mirini tashkil qilish Kalit suzlar


Download 267.9 Kb.
bet1/2
Sana13.02.2023
Hajmi267.9 Kb.
#1194304
  1   2
Bog'liq
Avtotirkamani tamirlash


26 – ma’ruza
VAGON AVTOTIRKAMASI TA’MIRINI TASHKIL QILISH
Reja
26.1 Vagon avtotirkamasi ta’mirini tashkil qilish


Kalit suzlar: maxsus kasetalar, elektrokar, kran-ukosina, shablon, kran-balka, payvandlash bo’limi, mehanik bo’lim

26.1 VAGON AVTOTIRKAMASI TA’MIRINI TASHKIL QILISH


YUk deposi avtotirkama uchastkasining I bo`linmasida (1.10-rasm) avtotirkamaning mexanizmli korpusini tashqi tarafdan tozalash uchun to`rt korpusni o`rnatish uchun “in”larga ega bo`lgan maxsus kassetalarda 14 tashib keltiradilar. Kassetalar kran-balka 16 yordamida avval elektrokarga, o`rnatilganidan so`ng – yuvish mashinasiga 15 uzatiladi. Zarb yutish apparatlari, tortuv xomutlari, tayanch plitalari, pona-valiklar, to`sin(balka)lar, mayatniksimon osmalar, markazlashtiruvchi qurilmalar va boshqa detallar shuningdek aravacha-transporterda yuvish mashinasiga uzatilib, bu erda ular 80-90ºS haroratga qadar isitilgan suv oqimlari bilan, 0,8 MPa bosim ostida 12 daqiqa davomida yuviladilar. YUvish tugaganidan so`ng kasseta yoki aravacha avtomat tarzda jamlanish hududiga g’ildiratib chiqariladi. Kran-ukosina 13 yordamida kassetadan korpuslar olinib, II bo`linmada joylashgan stendga 12 o`rnatiladi. Avtotirkama korpusi stendning bo`sh “iniga” siljitilib, korpus hamda u qismlarga ajratilganidan so`ng mexanizm detallarining texnik holati ko`zdan kechirish orqali va shablonlar yordamida aniqlanadi.


Mexanizmning nosoz detallari rolьgang 10 bo`ylab payvandlash bo`limiga III, zarb yutish apparatlarining elektr payvandlash va elektr kavsharlash ishlarini talab qilgan korpuslari va detallari esa, - transporterga, undan keyin kran-ukosina 13 bilan payvandlash bo`limidagi III moslamaga 6 yoki kran-balka 16 yordamida UNA-2 tipidagi universal kavsharlash agregatiga 25 o`rnatiladi. Mexanizm va markazlashtiruvchi qurilma detallari payvandlash yo`li bilan moslamasi 8 bo`lgan stolda 9 ta’mirlanadi. Agar detalning geometrik o`lchamlari tiklanishi kerak bo`lsa, u kran-balka yordamida IV bo`linmaga uzatiladi. Bu bo`linmada bukilgan detallarni qizdirish uchun mo`ljallangan elektr pechi 19, mexanizmning qizdirilgan detallarini tuzatish moslamasi 17, avtotirkama korpusi deformatsiyalangan xvostoviklarini qidirilgan holatda tuzatish uchun gidravlik press 18 ham o`rnatilgan.



27.1-rasm. Vagon avtotirkama qurilmasi uzel va detallarini ta’mirlash uchun oqim-konveyer liniya uskunalari sxemasi:


1 – zarb yutish apparati uchun stol; 2 – zarb yutish apparatini qismlarga ajratish moslamasi; 3 – rolьgang-konveyer; 4 – osma konveyer;
5 – transporter; 6 – zarb yutish apparati mexanizmi detallarini quyib kavsharlash moslamasi; 7 – tortuv xomutlari uchun konveyer; 8 – avtotirkama mexanizmi detallarini ta’mirlash uchun moslama; 9 – stol; 10 – rolьgang; 11 – stend-manipulyator; 12 – avtotirkama korpuslari uchun stend; 13 – kran-ukosina; 14 – kran-balka; 15 – avtotirkama yuvish mashinasi; 16 – kran-balka; 17 - avtotirkama detallarini quyib kavsharlash moslamasi;
18 – gidravlik press; 19 – elektr pech; 20 – avtotirkamani tekshirish qurilmasi;
21 – avtotirkama mexanizmi detallari uchun stend; 22 – rolьgang; 23 – yarim avtomat qurilma; 24 – charxlash dastgohi; 25 – yig’ish stendi; 26, 27, 28 – avtotirkama korpusiga ishlov berish moslamalari; 29 – frezerlik dastgohi; 30 – konveyer-jamlagich;
31 – ko`chma moslama.

Avtotirkama detallari ta’mirlash ishlarining boshqa turlarini bajarish uchun uzatiladi. Nosozliklar topilmasa, talab etilgan o`lchamlar tiklanganidan so`ng avtotirkama korpuslari kran-balka yordamida stend-manipulyatorga 11 va magnitli defektoskopda nazorat qilinganidan so`ng yig’ish stendiga 25 o`rnatiladi. Payvandlash va kavsharlash ishlari talab qiladigan avtotirkama korpusi, tortuv xomuti va zarb yutish apparatining korpusi kabilar kran-ukosina yordamida navbatma-navbat rolьgang-konveyerlardan ko`tariladi va moslamaga 6 o`rnatiladi.


Avtotirkamaning payvandlash va kavsharlash bilan ta’mirlangan detallari mexanik ishlov berish bo`linmasiga IV berilib, bu erda jamlash konveyeri 30 hamda tortuv xomutlari konveyerida 7 o`rnatiladilar.
Bo`linmada kavsharlash yoki darzlari payvandlangan avtotirkama detallariga ishlov berish moslamasiga ega bo`lgan frezerlash dastgohi 29, avtotirkama korpusining turli kavsharlangan yuzalarga, tirqishlarga ishlov berish uchun mo`ljallangan, turli osma moslamalari bo`lgan, ko`targich valigi 28, xvostovik to`sig’iga hamda korpus ichki “cho`ntak”laridagi kavsharlangan yuzalarga ishlov berish uchun moslamalar 26 va 27 joylashtirilgan.
Stendning yuqorigi, aylanadigan stellajida 21 ta’mirlangan, markirovka belgilari qo`yilgan shablonlar yordamida tekshirilgan avtotirkama korpusi mexanizmining detallari joylashtiriladi. SHu erning o`zida zarur asbob-uskunalar va ko`targich valiklari boltlarini mahkamlashda qo`llanadigan gaykaburagichli aylanma osilma joylashgan. Detallarga markirovkalash belgilari mexanik yarim avtomat moslama 23 yordamida qo`yiladi. Mexanizmning ta’mir talab qilmaydigan detallari markirovka belgilarini qo`yish uchun rolьgang 22 bo`yicha kelib tushadi. G’udurlar, o`tkir qirralarni olib tashlash va tamg’a qo`yish uchun joy tozalash charxlash dastgohida 24 bajariladi. Avtotirkama mexanizmiga ega bo`lgan korpusni yig’ish mexanizm ishlashini maxsus shablonlar yordamida tekshirish, hamda statsionar yarim avtomat moslamani 20 qo`llagan holda tamg’a qo`yish bilan tugallanadi.



Download 267.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling