Vagranka pechlar,ularning mohiyati. Reja
Download 233.33 Kb.
|
Quymakorlik N28
qobiliyati deb ataladi.
Po;latni suyuqlantirishda sodir bo‘ladigan jarayonlar mexanizmi, dastawal, kislorodning gaz fazasi va shlakdan metallga uzatilishi bilan bog‘liq. Oksidlanishda shlak hosil qiluvchi birikmalami hosil qiladigan kremniy, marganes, fosfor va boshqa elementlar ajralish sirti (metall— shlak)da sodir bo‘ladigan reaksiyalar bo‘yicha oksidlanadi. Uglerod butun hajm bo‘ylab oksidlanishi mumkin. Professor S.I.Filippov kritik konsentratsiyalar nazariyasini yaratgan [8]. Masalan, [C] > [Ckr] da jarayon oksidlagichning uglerodning sirtiy oksidlanishga diffuziyasi bilan limitlanadi. [C]<[Ckr] da uglerodning hajmiy oksidlanishi kuzatiladi. Bu holda CO pufakchalarining metall—futerovka chegarasida vujudga kelish ehtimoli hammadan ko‘p. Qaynash mexanizmi biror suyuqlik qaynatiladigan idish devorlarida bug‘ pufakchalariningvujudga kelishiga o'xshashdir. Temir oksidi asta-sekin shlakdan ishlab chiqariladi. Temir oksidi metall-shlak ajralish chegarasida elementlarning oksidlanishiga sarflanadi va shlak-gaz ajralish yuzasida o‘zi oksidlanadi. Agar shlak yuqori qovushoqlik va past temperaturaga ega bo‘lsa, u holda oksidlanish mexanizmi FeO ning quyidagi sxema bo‘yicha ishlab chiqilishida to ‘la tugallanishi mumkin:Shunday qilib, oksidlash jarayonlarining muvaffaqiyatli o‘tishi uchun shlakning temperaturasi va qovushoqligi hamda undagi FeO miqdori yuqori darajada saqlab turilishi kerak. Po‘latning desulfuratsiyalanishini jadallashtirish maqsadida keyingi vaqtda uni maxsus yaratiladigan shlak ostida ishlash hamda uning sifatini yaxshilash operatsiyalarini po‘latni suyuqlantirish pechidan tashqariga chiqarib, pechdan tashqarida ishlov berish orqali amalga oshirishga intiladilar. Masalan, suyuq po‘latni kovshda oq shlak bilan ishlaganda oltingugurt miqdori dastlabki miqdorga qaraganda 70% kamayadi. Buning uchun maxsus shlak suyuqlantiriladigan pechga ega bo‘lish kifoya . Pechdan tashqarida ishlov berish oksidsizlantirishdan tashqari modifikatsiyalashni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Y.A.Shulte va boshqa tadqiqotchilar qimmatbaho va tanqis elementlar (masalan, Ni, Mo, W) bilan legirlangan p o ‘lat quymalarning katta qismini ishqoriy-yer va noyob-yer elementlari bilan kompleks ligaturalar ko'rinishida modifikatsiyalangan, tejab legirlangan po‘latlarga muvafifaqiyat bilan almashtirish mumkinligini ko'rsatganlar. Download 233.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling