Vаkil. Vоlvоks-Volvox globator


Download 337.5 Kb.
bet2/2
Sana02.02.2023
Hajmi337.5 Kb.
#1147369
1   2
Ishni bajarish tartibi. 1. Volvoks koloniyasi mavjud bo‘lgan suv tomchisidan buyum oynasi ustiga tomizing. Keyin uning ustini mum yoki plastilindan iborat oyoqchali qoplag‘ich oynacha bilan yoping. Bunday vaqtincha preparatlarda volvoks koloniyasi shaklining harakatini va “ona” koloniya ichidagi “qiz” koloniyalarni kuzatish mumkin.
2. Volvoks koloniyasini tashkil qilgan individlarni o‘rganish uchun buyum oynasidagi volvoks bor bo‘lgan suv tomchisi ustiga qoplag‘ich oyna yopiladi, uning ostidagi ortiqcha suv filtr qog‘ozga shimdiriladi, natijada volvoks koloniyasi yoriladi. Bunday preparatlardagi koloniya individlarini mikroskopning katta obyektivida kuzatish mumkin.
3. Volvoks koloniyasining tuzilishini va koloniyani tashkil qiluvchi individlarini o‘rganing.
Evglena va volvoksning tuzilishi hamda rivojlanish jarayonlari sxemasini аlbоmgа chizib оling vа bilimingizni nаzоrаt qilish uchun quyidаgi test topshiriqlariga jаvоb bеring. C=36.
1. Xivchinlilar sinfining umumiy tavsifiga mos keladigan javoblarni aniqlang: A-bitta yoki bir nechta xivchini bor, B-hujayra qobig‘i qattiq, V-tana shakli doimiy, G-tana shakli o‘zgaruvchan, D-o‘troq yashaydi, E-barcha turlari parazit, J-yakka yoki koloniya bo‘lib yashaydi, Z-tayyor oziq bilan oziqlanadi.
2. Evglena qanday tuzilgan? A-duksimon shaklda, B-yassi, V-sharsimon, G-qalin qobiq bilan qoplangan, D-shakli doimiy, E-shakli doimiy emas.
3. Evglena organoidlari va ularning vazifasini juftlab yozing: A-yadro, B-xivchin, V-qisqaruvchi vakuola, G-qizil dog‘ ko‘zcha, D-xromatoforalar: 1-yorug‘likni sezish, 2-harakatlanish, 3-fotosintez, 4-zararli almashinuv mahsulotlari va ortiqcha suvni chiqarish, 5-ko‘payish.
4. Evglena uchun xos xususiyatlarni ko‘rsating: A-shakli duksimon, B-koloniyasi sharsimon, V-koloniya bo‘lib yashaydi, G-yakka yashaydi, D-xivchini bitta, E-hujayrasida ikkitadan xivchin bor, J-sitoplazmasida yirik yadrosi, qisqaruvchi vakuoli, qizil dog‘ ko‘zchasi bor, Z-hujayralari o‘zaro sitoplazma ipchalari yordamida qo‘shilgan.
5. Volvoks qanday tuzilgan? (4-topshiriqqa qarang).
6. Yashil evglena qanday oziqlanadi? A-yorug‘likda avtotrof, B-yorug‘likda geterotrof, V-qorong‘ida avtotrof, D-aralash, E-bakteriyalar bilan oziqlanadi.
7. Yashil evglena jinssiz qanday ko‘payadi? A-vegetativ hujayralar ketma-ket bo‘linadi, B-bo‘yiga ikkiga bo‘linadi, V-ikkita hujayra hosil bo‘ladi, G-yangi yosh koloniya hosil bo‘ladi.
8. Volvoksning jinsiy ko‘payish davrlarini tartib bilan ko‘rsating: A-zigota qishlab qoladi, B-mikrogametalar makrogametalar bilan qo‘shiladi, V-bahorda zigotadan yangi koloniya hosil bo‘ladi, G-generativ hujayralardan makrogametalar va mikrogametalar hosil bo‘ladi, D-zigota hosil bo‘ladi.
9. Evglena yorug‘likda qanday oziqlanadi? A-organik modda sintezlaydi, B-suvda erigan organik moddalarni butun tana yuzasi orqali shimib oladi.
10. Evglenaning qaysi xususiyatlari hayvonlar bilan o‘simliklarning kelib chiqishi umumiyligini ko‘rsatadi? A-ikki xil oziqlanishi, B-yashil bo‘lishi, V-qisqaruvchi vakuoli borligi, G-xivchini borligi.
11. O‘simliksimon xivchinlilarga xos xususiyatlarni belgilang: A-yashil xromoplastlari bor, B-faqat geterotrof oziqlanadi, V-aralash oziqlanadi, G-fotosintezda paramila sintezlaydi, D-yakka yashaydi, E-ko‘pchiligi parazit, J-fotosintezda glikogen sintezlaydi.
Download 337.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling