Vаkil. Vоlvоks-Volvox globator


Download 337.5 Kb.
bet1/2
Sana02.02.2023
Hajmi337.5 Kb.
#1147369
  1   2

3-mashg`ulot:
Mavzu: Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Volvokssimonlar (Volvocida) sinfi, kolonial xivchinlilar vakili Volvox sp. (volvoks) ning tuzilishi va ko‘payishi.
Tip. Sаrkоmаstigоfоrаlаr-Sarcomastigophora
Kenja tip. Хivchinlilаr-Mastigophora
Sinf. O‘simliksimоn хivchinlilаr-Phytomastigina
Turkum. Fitomonadalar-Phytomonadina
Vаkil. Vоlvоks-Volvox globator
Dаrs mаqsаdi. O‘simliksimоn хivchinlilаrni kolоniyali fоrmаlаrini vоlvоks misоlidа o‘rgаnish.
Idеntiv o‘quv mаqsаdlаri:
2.1. Vоlvоksning tuzilishi va ko‘payishini tushuntira oladi.
2.2. Volvokslar koloniyasidagi individlarni farqlay oladi.
Kеrаkli prеpаrаtlаr va jihоzlar: Volvokslar bor bo‘lgan suv (4-5% li formalinda fiksatsiya qilingan materialdan yoki volvoksning tayyor preparatlaridan ham foydalanish mumkin), mikroskoplar, tomizgichlar, qirqilgan filtr qog‘ozlari, buyum va qoplag‘ich oynalar, mum yoki plastilin bo‘lakchalari, volvoksning tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar.
Ishning mаzmuni. Yumaloq shakldagi yashil volvoksni ko‘llarda, hovuzlarda, ba'zan sholipoyalarda uchratish mumkin (4-rasm).
Volvoksning shar shaklidagi tanasining kattaligi (Volvox globator) 2 mm gacha bo‘ladi. Bu yirik volvoks koloniyasi 20 mingga yaqin mayda hujayralardan tashkil topgan. Ular sharsimon koloniyaning chetki qismiga yaqin joylashgan bo‘lib, sharning o‘rta qismi esa shilimshiq modda bilan to‘lgandir.

D
4-rasm. Vоlvоks (Volvox globator): A-Volvox globator koloniyasining jinsiy hujayralari bo‘lgan bir qismi. В-Volvox aureus koloniyasining jinssiz ko‘payishi: 1-makrogameta, 2-mikrogametalar, 3-ona koloniya ichidagi yosh koloniyalar, D-volvoks koloniyasidagi ikkita hujayrasi.
Koloniya tarkibidagi individlarning har biri 2 ta xivchinga, yadroga, xromatoforalarga, qisqaruvchi vakuola va stigmaga egadir. Shuning uchun ham koloniya tarkibidagi individlarning har bittasini mustaqil bir hujayrali organizmlar deb qarash mumkin. Lekin bu individlarning ko‘pchiligi bo‘linib ko‘payish xususiyatiga ega emas, ularni somatik hujayralar deb ham aytiladi. Ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan individlar koloniyada juda oz, ular atigi 4-10 tagina bo‘lishi mumkin. Bular partenogonidiyalar yoki “ko‘payuvchi vegetativ hujayralar” bo‘lib, somatik hujayralarga nisbatan 4-5 marta yirik va ozuqa moddaga boy. Partenogonidiyalar asosan, koloniyaning orqa qutbida joylashib, protoplazmatik ipchalar yordamida o‘zaro bog‘lanmasdan, atrofdagi somatik hujayralar bilan bog‘langandir. Ularda hech qanday organoidlar bo‘lmaydi, faqat ko‘payish uchun xizmat qiladi. Har bir volvoks koloniyasining taraqqiyoti ana shu 9-10 marta, Volvox globator uchun esa 15 marta maydalanish kifoyadir. Natijada “ona’ koloniyaning ichida bir necha yosh qiz koloniyalar rivojlanadi. Keyinchalik ularda volvoksning yangi koloniyasi hosil bo‘ladi. Bunday rivojlanayotgan koloniya blastulaga o‘xshash shaklga egadir. Uning vegetativ qutbida bitta teshikchasi bo`lib, keyinchalik yo‘qolib ketadi va koloniya shar shaklida bo‘lib qoladi. Blastomerlar esa koloniyaning individlariga aylanadi. Bu volvoksning jinssiz ko‘payishidir. Yuqorida bayon qilingan urug‘lanmasdan bo‘lib o‘tadigan jinsiy ko‘payish partenogenez deb ham atash mumkin (partenogonidiyalar degan nom ham shundan kelib chiqqan). partenogonidiya-ning maydalanishidan boshlanadi. Bunda partenogonidiyalar shar ichidagi shilimshiq moddaga cho‘kadi va ko`p hujayrali hayvonlarning urug‘langan tuxum hujayrasining maydalanishi singari maydalana boshlaydi. Oldin 2 ga, 4 ga, 8 ga, 16 ga, 32 ga, 64 ga bo`linadi va nihoyat bo`linish kolloniyadagi hujayralarning soniga baravar blastomerlar hosil bo`lguncha davom etadi. Masalan Volvox aureus uchun Volvokslar orasida ikki jinsli (Volvox globator) va ayrim jinsli (Volvox aureus) turlari uchraydi. Jinsiy ko‘payishda (Volvox aureus) urg‘ochi koloniyada makrogonidiyalar rivojlanib makrogametalar paydo bo‘ladi, erkak koloniyadagi mikrogonidiyalarda esa mikrogametalar hosil bo‘ladi. Makrogametalar koloniyaning markaziy qismiga cho‘kadi. Mikrogametalar esa tashqi muhitga chiqib, suvda suzib yuradi va oxiri boshqa koloniyaga kirib makrogameta bilan qo‘shiladi. Natijada hosil bo‘lgan zigota qalin po‘st bilan o‘ralib qishlab qoladi va bahorda rivojlanib, yangi koloniyani hosil qiladi.

Download 337.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling