23
1-
rasm. Althea officinalisning umumiy ko’rinishi.
Barglari (3-rasm) bandli uzunligi 2-6,25 sm. Pastki barglari keng tuxumsimondan
yumaloqgacha,
xatto buyraksimon,
uchburchak yuraksimon, qirralari noto’g’ri tishsimon ba’zida
biroz uch
besh parrakli, dumaloqroq yoki pastki tomoni qiyilgan, ko’pincha barglarning uchlari
to’mtoq
kuchli taraqiy qilgan, yakka yoki qo’sh parrakli. Kulrang-yashil bandga ega. Gullash va
mevalash vaqtida ko’pincha so’lib qoladi. Kulrang-yashil bandga ega.
O’rta barglar pastki barglar bilan o’hshash yuraksimon yoki tuxumsimon.
Asosi dumaloq
yoki qiyilgan. Ko’proq yaxlit, uzunligi 5-15 sm, kengligi 3-12,5 sm.
24
2-rasm. Althea officinalis bargining tuklarini ko’rinishi.
Ustki barglari kaltaroq bandlarda joylashadi.Yaxlit tuxumsimon yoki cho’ziq, uchi
ingichkalashgan, yaxlit va asosi dumaloq yoki keng ponasimon bo’lib tugallangan. Barcha
barglarning qirralari
tishlangan, tishlar bir hilda emas. Bargning ustki tomoni kamroq,
pastki
tomoni ko’proq tuklangan.