Vakuumda tokning magnit maydoni


Download 1 Mb.
bet4/4
Sana08.05.2023
Hajmi1 Mb.
#1446661
1   2   3   4
Bog'liq
vakuumda tokning magnit maydoni.

Bio-Savar-Laplas qonuni deb yuritiladi.
Bio-Savar-Laplas qonunining ma’nosi quyidagicha, I tok oqayotgan konturning l elementi ixtiyoriy olingan A nuqtada kuchlanganligi
1.9.
bo’lgan magnit maydon hosil qiladi, bunda r tok elementi l dan A nuqtagacha bo’lgan masofa,  A nuqtaga o’tkazilgan r radius-vektor bilan l element orasidagi burchak va k mutanosiblik koeffitsiyenti. H vektor l element bilan r radius-vektor orqali o’tkazilgan tekislikka tik yo’nalgan, H ning yo’nalishi parma qoidasiga asosan topiladi, agar parmaning ilgarilanma harakati konturning l elementida oqayotgan I tok yo’nalishi bilan birday bo’lsa, parma dastasining aylanish yo’nalishi H ning yo’nalishini ko’rsatadi.

102-rasm

Aytilganlarga ko’ra, Bio-Savar-Laplas formulasi (1.9.) berilgan tokning A nuqtada hosil qilgan to’la H kuchlanganligi emas, balki kuchlanganlikning konturning faqat l elementi hosil qilgan qismini ifodalaydi.


To’la H kuchlanganlik tok konturning fikran ajratilgan elementlarining barchasi hosil qilgan H kuchlanganliklarning vektor yig’indisidan iborat bo’ladi.
Har xil tok konturlari uchun (1.9.) formulaga asosan hisoblab topilgan natijalarning olingan ma’lumotlarga mos kelishi bu formulaning to’g’riligidan dalolat beradi.
(1.9.) elementar qonun ifodasidan uzun to’g’ri simda oqayotgan tok hosil qilgan H magnit maydon kuchlanganligi ga mutanosib degan xulosa chiqadi. Haqiqatan ham, uzun to’g’ri simdan r0 masofada yotgan nuqtadagi maydon kuchlanganligini topaylik, bu kuchlanganlikning simning (103-rasm) alohida elementlari hosil qilayotgan elementar kuchlanganliklarning yig’indisidan iborat deb hisoblaymiz. Bio-Savar-Laplas (1.9.) formulasiga asosan tok konturining l elementi A nuqtada kuchlanganligi
1.10
bo’lgan maydon hosil qiladi, bunda r kattalik l element bilan A nuqta orasidagi masofa, H rasm tekisligiga tik va agar tok yuqoridan pastga oqayotgan bo’lsa, kitobxonga qarab yo’naladi.
1.11.

103-rasm
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling