Valeologiya o’rganadigan va hal qiladigan muammolarni quyidagilar tashkil etadi: 1) salomatlikning tibbiy biologik va ijtimoiy omillarini o’rganish; 2) salomatlikning shakllanish mexanizmlarini o’rganish; 3) muayyan shaxsning salo matligi darajasini va turmush tarzini baholash uslublarini yaratish; 4) salomatlikni saqlash va mustahkamlash borasida amaliy uslublar yaratish; 5) valeologiya ta'limini o’rganish borasida nazariy va uslubiy qo’llanmalar. yaratish. - Valeologiya fanining vazifasi soglom yoki kasallikka moyil inson xususiyatlarini tahlil qilish va o’rganishdan iborat bo’lsa, uning maqsadi esa xar bir insonning salomatligini shakllantirish, saklash va mustahkamlash, to’g’risida nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdir. Valeologiya tibbiyot xodimlarining, faylasuflarning, ta'lim berish sohasi namoyondalarining, ekologlarning, madaniyatshunoslarning va boshkalarning inson salomatligini sag’lash va mustaxkamlash yo’lidagi intilishlarini va yutuqlarini jamlashtiradi.
- Jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishning rivojlanayotgan organizmga, ijobiy ta'siri zaminida organizmdagi xamma a'zolar, tizimlar va yaxlit organizmning ichki va tashqi muhitlar o’zgarishlariga, ijtimoiy hayotda yuz beradigan o’zgarishlarga keng miqyosda moslashish xususiyatlarining shakllanishi yotadi. Kam xarakatlik (gipodinamiya) sharoitida voyaga etayotgan bolalar va o’smirlar organizmining va a'zolarining moslashuv xususiyati qoniqarli darajada bo’lmaydi.
- sababli ularning organizmi_tashqi muxitning ichki muxitning hamda ,faoliyatning turli va keskin o’zgarishlariga o’z vaqtida va etarli darajada moslasha olmaydi. Natijada bolalar organizmida turli xil patologik jarayonlar va kasalliklar kelib chiqadi. Bu hol, ayniqsa, voyaga etgan yosh ayollar a'zolarining xomiladorlikka xos bo’lgan yuqori va uzluksiz ortib boruvchi faollikni bajarishga moslasha olmasligi oqibatida ko’plab kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |