Valyuta birjalari o'zbekiston valyuta tizimining ajralmas qismi


Birja faoliyatining maqsadlari


Download 0.58 Mb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1323756
1   2   3
Bog'liq
валютп

Birja faoliyatining maqsadlari

  • birja mahsulotlari bozorini tashkil etish va tartibga solishni ta'minlash, talab va taklif asosida birja mahsulotlarining narxlarini shakllantirish;
  • birja va uning aksiyadorlari manfaatlari uchun moliyaviy-xo'jalik faoliyatidan tijorat tashkiloti sifatida foyda olish;
  • barcha savdo ishtirokchilari uchun birja savdolarida qatnashish uchun teng sharoitlar yaratish, narxlash erkinligi va birja savdolarining shaffofligini ta'minlash;
  • savdo ishtirokchilariga samarali va ishonchli xizmat ko'rsatishni ta'minlash uchun birja infratuzilmasini rivojlantirish.

Birja missiyasi


Birja savdolari imkoniyatlarini kengaytirish va uning asosida qulay investisiya muhitini rivojlantirish uchun ishonchli, shaffof va innovatsion birja bozorini shakllantirish orqali mamlakat iqtisodiyotining barqaror o'sishi va tarkibiy o'zgarishiga hissa qo'shishdir.

Faoliyatning asosiy yo'nalishlari:

  • birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlarini tashkil etish va o'tkazish;
  • davlat qimmatli qog'ozlarini saqlash va ularga bo'lgan huquqlarni ro'yhatga olish;

  • milliy va horijiy valyutadagi birja bitimlari bo'yicha hisob-kitob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish;
  • birja mahsulotlari bo'yicha talab va taklif nisbati asosida narxlarni aniqlash, valyuta savdolarida milliy valyutaning chet el valyutalariga nisbatan kursini belgilash;
  • birja bozori ko'rsatkichlarini shakllantirish va ularni muntazam ravishda (haftada kamida bir marta) Birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
  • Birja a'zolari uchun majburiy bo'lgan birja savdo qoidalarini, shuningdek tuzilgan bitimlarni rasmiylashtirish uchun namunaviy shartnomalarni va hujjatlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish;
  • Birja a'zolari hodimlarining (treyderlari) professional malakasini yuqori darajada saqlab turish uchun sharoit yaratish;
  • birja savdo ishtirokchilariga har birja savdo natijalari to'g'risida tegishli ma'lumotlarni taqdim etish, ularga zarur konsultativ va boshqa turdagi xizmatlarni ko'rsatish;
  • Birja faoliyati bilan bog'liq dasturiy ta'minot va avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish va joriy etish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa faoliyat turlarini belgilangan tartibda amalga oshirish.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling