Valyuta kursining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir etadi


Markaziy bank dollarning yangi kursini har dushanba e’lon qiladi


Download 267 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi267 Kb.
#249607
1   2   3   4   5
Bog'liq
Valyuta kursining o

Markaziy bank dollarning yangi kursini har dushanba e’lon qiladi


O‘zbekiston Markaziy banki faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash orqali belgilangan yangi valyuta kursi yuzasidan bayonot berdi.

Markaziy bank.


Foto: UzReport

Eslatib o‘tamiz, 5-sentabrdan e’tiboran O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8100 so‘mga teng. Dollar kursi 29-avgustdab belgilangan avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 3889 so‘m 65 tiyinga oshdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-sentabr kuni imzolangan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

2003—2017-yillardagi kursga ta’sir qiluvchi omillar dinamikasi tahlili asosida, shuningdek, banklar tomonidan importchi-korxonalarga kelishilgan kurs bo‘yicha xorijiy valyutani realizatsiya qilish bo‘yicha sinov savdolari natijalarini hisobga olib, hozirgi vaqtda valyuta kursining taqribiy mo‘’tadil kursi 1 AQSh dollari uchun 8000—8150 so‘mni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan, Markaziy banki valyuta kursi 2017-yil 5-sentabrdan boshlab 1 AQSh dollari uchun 8100 so‘m darajasida belgilandi.

Markaziy bank kursi, avvalgidek, hafta davomida valyuta birjasi savdolari chog‘ida qayd etilgan kurslarning o‘rtacha miqdori sifatida har dushanba kuni belgilanadi va O‘zbekiston hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun qo‘llaniladi.



O‘zbekiston Respublika valyuta birjasidagi xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha banklararo savdo sessiyalari har kuni o‘tkaziladi, unda valyuta kursi xorijiy valyutaga nisbatan joriy talab va taklif nisbatidan kelib chiqib belgilanadi va valyuta birjasi saytida e’lon qilinadi.


Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling