Valyuta kursining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir etadi


Erkin valyuta siyosati: Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbus


Download 267 Kb.
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi267 Kb.
#249607
1   2   3   4   5
Bog'liq
Valyuta kursining o

Markaziy bank bayonotidan

Erkin valyuta siyosati: Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbus


Iyul 25, 2018

Har qanday mamlakatda valyuta muomalasining haddan ziyod ma’muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun imtiyoz hamda preferentsiyalarning kamsamarali tizimini asossiz ravishda shakllantirishga yo‘l ochadi. Biznes yuritishda teng bo‘lmagan shart-sharoitlar vujudga kelishi esa raqobatning bozor tamoyillari buzilishiga olib keladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tovarlar va xizmatlar eksportini oshirish, umuman, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida to‘sqinlik qiluvchi omilga aylanadi.

Sohada tub burilish yasagan hujjat

Bunday holat respublikamiz uchun ham yot emas edi. Lekin hozirgi kunda valyuta siyosati hamda tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni alohida e’tirof etish joiz. Aytish kerakki, davlatimiz rahbarining joriy yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bunda dasturilamal bo‘lib xizmat qilayapti.

Keling, ushbu tarixiy hujjatning ahamiyati haqida batafsil fikr yuritsak. Avvalo, mazkur hujjat 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq va valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy etish, respublika eksport salohiyatini yuksaltirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida qabul qilinganini ta’kidlash o‘rinlidir.

Haqiqatdan yiroq taxminlar

Farmon kuchga kirgach, uning tub mohiyatiga tushunib yetmagan odamlar orasida “Endi hamma narsa qimmat bo‘larkan”, “AQSh dollarining kursi oshadimi?”, “Yana almashtirish shoxobchalarida navbatlar ko‘payadi”, “Qora bozor yo‘q bo‘ladimi, bundan oddiy aholi zarar ko‘rmaydimi?”, “Milliy valyutamizning taqdiri nima bo‘ladi?” degan turli mish-mishlaru taxminlar tug‘ildi. Lekin ularning barchasi haqiqatdan ancha yiroq gap-so‘zlar edi. Sababi, Markaziy bank 4 sentyabrda AQSh dollarining bozor mexanizmlariga muvofiq shakllantirilgan rasmiy kursini o‘rnatdi. Bunda nimaga tayanildi? Bozor kursi talab hamda taklif mutanosibligidan kelib chiqadi. Shu bois bozor to‘laqonli ishlay boshlaganidan keyingina bozor kursi qanday bo‘lishi aytilishi lozim.

Endi Markaziy bank tomonidan, avvalgidek, maqsadli devalvatsiyaning amalga oshirilishi siyosati bir oz o‘zgaradi. Natijada, asosan, eng yirik bitimlar tuziladigan birja va banklardagi oldi-sotdi kurslari asos qilib olingan holda, bozor mexanizmidagi real talab hamda taklifdan kelib chiqilgan kurs belgilanadi. Bunda dastlabki oylarda xorijiy valyutaga nisbatan talab foydasini to‘liq repatriatsiya qila olmayotgan tashkilotlar hisobiga yuqori bo‘lishi kutiladi. Bu — kurs oshishi mumkin, degani. Biroq agar xorijiy valyutaga bo‘lgan talab yetarlicha taklif bilan qondirilsa, ozgina vaqt o‘tib, o‘z-o‘zidan tabiiy, bozor mexanizmiga asoslangan barqaror bozor kursi amal qila boshlaydi.

Bozor kursi yaxshigina tebranishi ham mumkin. Chunki talab va taklif turli omillar ta’sirida o‘zgarishdan xoli emas. Talab hamda taklif mutanosibligi o‘zgarishiga qarab esa kurs tebranadi. Markaziy bank faqatgina keskin tebranishlar bo‘lmasligi uchun aralashishi mumkin.

Ayni paytda aholi banklarga dollarni almashtirgani bormoqda. Chunki belgilangan kurs ularni qoniqtiradi. Natijada tijorat banklarida dollar ortiqchaligi yuzaga -kelishi va kurs bir oz tushishi mumkin. Masalan, 7500 so‘mgacha. Shuningdek, ajiotajli talab uyg‘onib, kursning bir oz ko‘tarilishini ham kutsa bo‘ladi. Ammo yaqin vaqt ichida dollarning keskin, misol uchun, 9000 so‘mgacha ko‘tarilishiga hech qanday sabab yo‘q.

Yana bir e’tiborli holat. Markaziy bank 2017 yil 5 sentyabrdan boshlab chet el valyutalarining so‘mga nisbatan kursini belgilashda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, -Tojikiston, Turkmaniston va hatto, Afg‘oniston milliy valyutalarini ham kiritdi.

Ilgari mazkur valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi belgilanmas, hatto, ularda eksport-import shartnomalari tuzilishiga ham yo‘l qo‘yilmasdi. Bu bir qarashda juda arzimas holatdek tuyulishi mumkin. Biroq buning negizida juda katta ramziy ma’no hamda ishoralar bor. Ya’ni shu orqali qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari rivojlanadi.

So‘mning qadri tushmaydi

Shu o‘rinda “Milliy valyutamiz — so‘m qadrsizlanib ketmaydimi?” degan savol ham yuzaga chiqishi mumkin. Farmonda valyuta yetishmovchiligi xatarining oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilab berilgan.

Bozorga valyutani kim olib kiradi? Birinchi navbatda, eksportchilar. Ular ishchilarga maosh to‘lash, xom ashyo xarid qilish, elektr energiyasi va boshqa xizmatlar haqini to‘lash, foydani O‘zbekistonda ishlatish uchun valyutani sotishlari kerak. Bundan tashqari, mehnat migrantlari, mamlakatimizda zavodlar quradigan, ishchilar yollaydigan, jihozlar sotib oladigan xorijiy investorlar valyuta taklifining asosiy manbalari hisoblanadi. Qolaversa, O‘zbekiston banklarining kapitali, yuqori valyuta kredit portfeli ko‘rsatkichlari tufayli so‘mning devalvatsiyasi salbiy oqibatlardan himoyalangan.

“Fitch” xalqaro reyting agentligining hisobоtida qayd etilishicha, milliy valyutaning qo‘qqisdan qadrsizlanishi, katta hajmda AQSh dollari hamda valyuta kreditlashda yuqori ulushga ega banklarning kapitaliga o‘rtamiyona ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning davlat banklari muntazam ravishda davlat kapitali bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

Narxlarga ta’sir qiladimi?

Xalqimizni bugungi kunda “Valyuta kursining real talab va taklif asosida belgilanishi kelgusida iste’mol tovarlari hamda xizmatlar narxiga ta’sir qilmaydimi?”, “Agar bozor mexanizmlari asosida dollar kursi oshadigan bo‘lsa, iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi ham ko‘tariladimi yoki tushsa, narxlar arzonlashadimi?” degan savollar ham qiziqtirayapti, albatta.

Iste’mol tovarlari hamda xizmatlarga narxlar import narxi oshganda, ya’ni import tovarlar va xizmatlar olib kelinadigan kurs devalvatsiyasi ro‘y berganda ko‘tarilishi mumkin. Ikki-uch oy oldin bizda bir AQSh dollari uchun rasmiy kurs taxminan 4000 so‘m, “qora bozor”da 8000 so‘m atrofida hamda birjada 10000 so‘m edi. Bozordagi import tovarlar narxlari ikki kurs — naqdsiz hisob-kitob uchun birja, naqd savdoda bozor kursiga tayangan holda shakllantirilardi. Importchilar rasmiy kurs bo‘yicha valyuta xarid qilganda ham tovarlarni 8000 — 12000 so‘mlik kursga bog‘lab sotardi. Bundan ko‘rinadiki, yangi kursda aksariyat import tovarlar narxlari oshmasligi kerak. Ba’zilari, hatto, arzonlashishi yoki ancha vaqt qimmatlashmay turishi mumkin.

Farmonda ko‘zda tutilganidek, bojxona to‘lovlari import qilinadigan tovarlar narxlari keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir hafta mobaynida qayta ko‘rib chiqildi. Davlat aholini devalvatsiyaning salbiy oqibatlaridan maksimal darajada muhofaza etishga harakat qildi.

Gap shundaki, iste’mol tovarlarining importi anchadan buyon rasmiy konvertatsiya bilan moliyalashtirilmayotgan va ularning narxi parallel (qora) bozor kursida shakllantirilayotgandi. Bundan tashqari, importchi korxonalar turli komission to‘lovlar hamda birja kursi tufayli bozor kursidan ham ortiqroq to‘lashga majbur edilar. Ustiga-ustak, ma’lum bir tuzilma va shaffoflik yo‘qligi bois hamma ham bunday operatsiyalardan foydalana olmasdi. Savdo korxonalari rahbarlari operatsiyalarini -takomillashtirish hamda narxlarni pasaytirish o‘rniga, importni moliyalashtirishga valyuta topish uchun ko‘p resurs va vaqt sarflardi.

Endi tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bankdan bozor sharoitlarida valyuta xarid qilish uchun teng imkoniyat yaratildi. Demak, bozorda qatnashuvchilar soni ko‘payib, raqobat oshadi. Samarador kurs ruxsatning yengillashtirilgani hamda shaffoflik tufayli bir oz tushadi ham.

Farmonda muhim iste’mol tovarlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha alohida bandlar kiritilgan. Bu davlatimizning aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda salbiy oqibatlarni bartaraf etishga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Shuningdek, bojxona bojlari va to‘lovlarining mushtaraklashishi ham ta’kidlangan. Bu juda muhim jihat. Chunki Markaziy bank kursi devalvatsiya qilinganida o‘z-o‘zidan bojlarning miqdori keskin ortadi. Yaqinda qabul qilingan hukumat qaroriga ko‘ra, ana shunday oshishning oldini olish maqsadida import bilan yurtimizga kirib keladigan bir qator mahsulotlar — un, go‘sht, o‘simlik yog‘i, yorma kabi tovarlarning bojxona bojlari hamda aktsizlari olib tashlandi yoki pasaytirildi.

Normal holat

Shu paytgacha respublikamiz iqtisodiyoti kuchli darajada dollarlashgan edi. Ko‘plab tovarlar rasman dollarda sotilardi. Mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlar tariflari unga bog‘lab belgilanardi. Erkin konvertatsiya ana shunday ko‘plab holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Lekin hammasini ham emas. Valyutaning erkin konvertatsiya bo‘lishi, avvalo, banklarning istalgan miqdordagi chet el valyutasini konvertatsiya qilib berishini talab etadi. Hozirgi kunda yirik nominaldagi kupyura (50 ming so‘mlik) muomalaga chiqarilishi bu bozordagi narx-navo hamda kichik nominaldagi kupyuralarga nisbatan xarajatni qisqartirish uchun qilingan tabiiy choradir. Iqtisodchilarning fikricha, eng kam oylik ish haqining yarmigacha bo‘lgan miqdordagi nominal kupyuralarning muomalada bo‘lishi, bu — normal holat.

Xulosa o‘rnida aytganda, bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, qolaversa, milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini yanada kuchaytirish zarurati mamlakatda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, institutsional va tarkibiy yangilanishlarni davom ettirishni taqozo qilmoqda. Shu ma’noda, Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi bu borada muhim qadam bo‘ldi, desak, ayni haqiqat.




Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling