Valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari
valyuta tizimi tushunchasi. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari
Download 66.77 Kb.
|
1493312161 68069
3. valyuta tizimi tushunchasi. Milliy valyuta tizimi va uning elementlarivalyuta tizimi – milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish shaklidir3. valyuta tizimi – davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar bilan belgilanadigan, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir4. valyuta tizimi – xo‘jalik aloqalarining baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. valyuta tizimini valyuta, valyuta munosabatlari, valyuta munosabatlarini amalga oshiruvchi va ularni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi organlar yig‘indisi sifatida ham tasavvur qilish mumkin. valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va o‘rni jamiyat iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. valyuta qonunchiligi – mamlakat ichki valyuta qiymatliklari bilan, bir mamlakat tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari va fuqarolari o‘rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy va xorijiy valyutalar hamda boshqa valyuta qiymatliklarini olib kirish, olib chiqish, o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy me’yorlar yig‘indisidir. 1-chizma. valyuta tizimining asosiy shakllari valyuta tizimi davlatlararo bitim yoki milliy qonunlarga muvofiq valyuta munosabatlarini tashkil qilish va boshqarish shakllarini o‘z ichiga oladi. valyuta tizimining quyidagi shakllari farqlanadi: milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, valyuta munosabatlarining yig‘indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarning faqat qonunchilik hujjatlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi, birinchi navbatda, valyuta tizimi elementlarini belgilashni o‘z ichiga oladi. Milliy valyuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi: milliy valyuta va uning nomi; milliy valyuta paritetini belgilash; milliy valyutaning konvertatsiya shartlari; milliy valyuta kursining rejimi; xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanishni chegaralash (reglamentatsiya); xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash; mamlakat xalqaro hisob-kitoblarini chegaralash (reglamentatsiya); milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyati rejimi; valyuta cheklovlarini o‘rnatish tartibi; valyuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi. Yuqorida zikr etilgan elementlar yig‘indisi xalqaro valyutakredit va hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan valyuta mexanizmidir. Milliy valyuta va uning nomi milliy valyuta tizimining asosi hisoblanadi. Milliy valyuta paritetini belgilash. valyuta pariteti – ikki valyuta orasidagi qonuniy asosda belgilangan nisbat. Monometallizm davrida (oltin yoki kumush) valyuta kursining asosi tanga pariteti hisoblanadi. Tanga pariteti – turli mamlakatlar pul birliklarini o‘zidagi metall sig‘imiga ko‘ra o‘zaro solishtirishdir. Tanga pariteti tushunchasi valyuta pariteti tushunchasi bilan mos keladi. Oltin monometallizmi davrida valyuta kursi oltin paritetiga asoslangan edi. Bunda valyutalar zaminidagi rasmiy oltin miqdorlari bo‘yicha o‘zaro solishtirilar edi. Mazkur sharoitda valyuta kursi ushbu oltin pariteti atrofida, oltin nuqtalar chegarasida stixiyali asosda tebranar edi. Oltin nuqtalarning klassik mexanizmi 2 shartning mavjudligi holatida amal qilar edi, ya’ni oltinning erkin asosdagi oldi-sotdisi va uning chetga cheklanmagan miqdorda erkin olib chiqilishi. valyuta kursining tebranish chegaralari oltinni xorijga olib chiqish (transportirovka) xarajatlari bilan belgilangan va amalda paritetdan Q;-1% dan ziyod bo‘lmagan. Oltinni xorijga olib chiqish xarajatlariga fraxt, sug‘urta, kapitalga foiz yo‘qotishlari, probani aniqlash va boshqa shu kabi xarajatlar kiritilgan. Oltin standartining bekor qilinishi bilan oltin nuqtalar mexanizmi o‘z harakatini to‘xtatdi. Oltinga almashmaydigan kredit pullar sharoitida valyuta kursi asta-sekin oltin paritetidan uzoqlasha boshladi, chunki oltin muomaladan xazinaga siqib chiqarilgan edi. 1970-yilning o‘rtasigacha valyuta kursining asosi sifatida valyutalarning zaminidagi oltin sig‘imi, ya’ni rasmiy baho masshtabi va oltin paritetlar xizmat qilgan edi. valyutalarning rasmiy baho masshtablari va oltin paritetlari, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Xalqaro valyuta Fondida qayd etiladigan bo‘ldi. valyutalar o‘zaro nisbatining o‘lchovi kredit pulda ifodalangan oltinning rasmiy bahosi edi. Ushbu baho boshqa tovarlar baholari bilan birga, milliy valyutalarning qadrsizlanish darajasi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qildi. Davlat tomonidan qayd etiladigan oltin rasmiy bahosining uzoq vaqt davomida qiymatidan uzilib qolishi natijasida oltin paritetining sun’iylik xarakteri kuchaydi. 40 yil mobaynida (1934-1976) baho masshtabi va oltin pariteti oltinning rasmiy bahosi asosida belgilangan edi. Ushbu baho AQSH g‘aznaxonasi tomonidan 1934-yilda, 1 unsiya oltin 35 AQSH dollari hajmida belgilangan va dollar devalvatsiyasigacha o‘zgarishsiz saqlangan. O‘tkazilgan devalvatsiya natijasida 1971yilning dekabrida oltinning rasmiy bahosi 38 dollargacha va 1973yil fevralda esa 42,22 AQSH dollarigacha ko‘tarildi. Bretton Vuds valyuta tizimida, AQSH dollari standartining hukmronligi sharoitida AQSH dollari boshqa davlatlar valyutalari kurslari hisob-kitobining hisoblash nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, davlat tomonidan muvofiqlashtirish natijasida AQSH dollaridagi oltinning rasmiy bahosi ancha pasaytirib ko‘rsatilgan va u oltinning bozor bahosidan sezilarli farq qilar edi. Oltinning bozor baholari: 1971-yilda – 40,8 AQSH dollari, 1973-yilda – 97 AQSH dollari, 1975-yilda – 160 AQSH dollari, 1976-yilda – 125 AQSH dollari, 1977-yilda – 148 AQSH dollari, 1978-yilda – 193,2 AQSH dollari edi. 1971-yilda AQSH dollarini rasmiy baho asosida oltinga almashtirish to‘xtatilishi natijasida valyutalarning oltin sig‘imlari va oltin paritetlari sof nominal tushunchaga aylandi. Xalqaro valyuta Fondi esa 1975-yil iyul oyidan ularni e’lon qilishni to‘xtatdi. Yamayka valyuta islohoti natijasida G‘arb davlatlari rasmiy tarzda valyuta kurslarining asosi sifatidagi oltin paritetidan voz kechdi. Rasmiy oltin paritetlari bekor bo‘lgandan so‘ng tanga pariteti ham o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Hozirgi vaqtda valyuta kursi valyuta paritetiga asoslangan. valyuta pariteti – bu qonuniy asosda belgilangan valyutalar o‘rtasidagi nisbat bo‘lib, u ushbu paritet atrofida tebranadi. Xalqaro valyuta Fondining o‘zgargan Nizomiga muvofiq valyutalarning paritetlari SDR yoki boshqa xalqaro valyuta birligida belgilanishi mumkin. 1970-yilning o‘rtalaridan boshlab, yangilik sifatida paritetlar valyuta savati asosida belgilana boshlandi. Bu bir valyutaning o‘rtacha tortilgan kursini boshqa qator valyutalar yig‘masiga solishtirish uslubidir. valyuta savatining AQSH dollari o‘rnida ishlatilishi dollar standartidan ko‘p valyutali standartga o‘tish tendensiyasini aks ettiradi. Download 66.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling