Valyuta riskini Boshqarish Fan: Moliyaviy risklarni boshqarish Tayyorladi: Anvarov Behzod
Download 11.69 Kb.
|
Risk
Valyuta riskini BoshqarishFan: Moliyaviy risklarni boshqarish Tayyorladi: Anvarov BehzodValyuta riski deganda, tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonida ayirboshlash kurslarini o’zgarishidan yoki boshqa turli valyuta operatsiyalarini amalga oshirilishida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar (yoki daromad olish) tushuniladi. Valyuta risklarining yuzaga kelishining asosiy sababi – valyuta kurslarini o’zgarishi hisoblanadi. Valyuta risk tijorat riskining bir ko’rinishi bo’lib, xalqaro moliya munosabatlari ishtirokchilari faoliyatida yuzaga keladi.
Valyuta risklari xorijiy valyutalarni turli xil kurs asosida sotish va sotib olish jarayonlarida muayyan zarar sifatida ifodalanadi. Valyuta risklari bank operatsiyalari bozorining baynalmilallashuvi, transmilliy korporatsiyalar va moliyaviy tashkilotlarning tashkil etilishi hamda ular faoliyatining iversifikatsiyalashuvi bilan bog’liq bo’lib, valyuta kurslarining keskin tebranishi natijasida pul yo’qotishlari holatini yuzaga keltiradi. Bunda valyuta kurslarining bir-biriga nisbatan o’zgarishi bir qator omillar ta’siri orqali sodir bo’ladi: jumladan, valyutalarning ichki qiymati o’zgarishi bilan bog’liq pul oqimlarining mamlakatlar o’rtasida doimiy ko’chib yurishi, spekulyatsion operatsiyalarning rivojlanishi va boshqalar.
Download 11.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling