Valyuta va jaxon valyuta tizimi tushunchasi Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari


Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar


Download 38.6 Kb.
bet3/9
Sana18.10.2023
Hajmi38.6 Kb.
#1707852
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
valyuta kursi 2

18.3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar

Barcha xalkaro bitimlar valyutalarni ayirboshlash orkali olib borilishi tufayli xar kanday ayirboshlashda bo`lgani kabi valyuta baxosini yoki valyuta kursini aniklash zaruriyati paydo bo`ladi. SHunday kilib, valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshka mamlakatlar pul birligida ifodalangan baxosidir. Valyuta kursini o`rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to`gri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining baxosi milliy valyutada ko`rsatilsa, bunga to`gri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AKSH dollari 975 so`mga, 1 Rossiya rubli 32 so`mga teng va xakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to`gri keladigan xorijiy valyutaning mikdori o`rnatiladi. Masalan, 1 o`zbek so`mi 0,001025 AKSH dollariga to`gri keladi. Dunyoning ko`p mamlakatlarida, shu jumladan, O`zbekistonda xam to`gri kotirovkalash kabul kilingan. Valyuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valyutaning baxosi yoki kursi aniklanadi. O`zbek so`mining kursi O`zbekiston valyuta birjasida o`rnatiladi, uning ishtirokchilari valyuta operatsiyalarini olib borish xukukiga ega bo`lgan banklar xisoblanadi. SHu bilan birga, turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o`rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta`sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta`sir kuchiga boglik xolda valyuta kurslarini kabul kilishning bir-biridan fark kiluvchi ikki varianti mavjud.


1. Talab va taklifga asosan aniklanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi.
2. Davlat aralashuvi asosida aniklanadigan kat`iy belgilangan valyuta kursi tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniklanadi. Masalan, bir o`zbek so`mining AKSH dollariga almashishini karab chikamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (32-chizma).

P
D S


3

2


1
0 Dollarning kiymati Q



Download 38.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling