Vanyukov pechi Reja: I.Kirish II.Asosiy qism. - Suyuq vannada eritish jarayoni (VP)
- Vanyukov pechining ayrim texnik ko‘rsatkichlari.
- 100 kg xomashyo uchun Vanyukov pechining issiqlik balansi
III. Xulosa. I.Kirish. - I.Kirish.
- So‘nggi yillarda og‘ir sanoatda, ayniqsa, rangli metallurgiyada avtogen jarayonlar keng qo‘llanilmoqda. Avtogen jarayon deb, qisman tashqaridan yoqilg‘i sarf qilgan holda, oltingugurtli birikmalarning oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning jarayonga to‘la sarflanishiga aytiladi.
- Moskva po‘lat va qotishmalar institutining “Rangli og‘ir metallar metallurgiyasi” kafedrasi olimlari tomonidan taklif etilgan yangi jarayon “suyuq vannada eritish” deb ataladi.
Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv yaratilishi uzoq yillarda, asosan, o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukammal takomillashgan bir ko‘rinishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan. - Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv yaratilishi uzoq yillarda, asosan, o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukammal takomillashgan bir ko‘rinishi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan.
Ana shu suv sovutkichlari yonidan doimiy kislorodli havo furma orqali yon tomonidan purkab turiladi. Havo purkalangan suyuq vannaga yuqoridan har xil hajmdagi qumoq shixta yuklab turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida eritmadan toshqol va shteyn ajralib, har ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar orqali hosil bo‘lgan mahsulot pechdan tinimsiz chiqarib turiladi. - Ana shu suv sovutkichlari yonidan doimiy kislorodli havo furma orqali yon tomonidan purkab turiladi. Havo purkalangan suyuq vannaga yuqoridan har xil hajmdagi qumoq shixta yuklab turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida eritmadan toshqol va shteyn ajralib, har ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar orqali hosil bo‘lgan mahsulot pechdan tinimsiz chiqarib turiladi.
Suyuq vannada eritish jarayoni (VP) - Hozirgi paytda VP jarayoni yallig‘ pechda eritish o‘rnida qo‘llanilmoqda. Norilsk va Balxash tog‘-metallurgiya kombinatlarida jarayon to‘la tatbiq etilgan. Pechning xomashyosiga boyitma, flus va qattiq aylanuvchan moddalar kiradi. Xomashyoning umumiy namligi 6–8 %. Pechga suyuq konverter toshqolini quyish mumkin.
Xomashyo pechning yuqori qismidan vannadagi eritmaga yuklanadi. Shteyn va toshqol pechning qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali chiqariladi. Vanyukov pechining ko‘ndalang kesimi quyidagi rasmda keltirilgan. Vanyukov pechining ko‘ndalang yon kesimi. 1.Xomashyo 2.Toshqol 3.Shteyn 4.Zarra harakati - Xomashyo pechning yuqori qismidan vannadagi eritmaga yuklanadi. Shteyn va toshqol pechning qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali chiqariladi. Vanyukov pechining ko‘ndalang kesimi quyidagi rasmda keltirilgan. Vanyukov pechining ko‘ndalang yon kesimi. 1.Xomashyo 2.Toshqol 3.Shteyn 4.Zarra harakati
5.Furma 6.Mo‘ri 7.Xampa 8.Tuynuk Kessonlar zichligi o‘ta yuqori bo‘lgan misdan tayyorlangan. Texnologik gazlar kessonlangan shaxtadan chiqariladi. Shaxtada ajralish davriga chiqqan oltingugurt qisman yondiriladi. Gazlar qozon-sovutkichlarda sovutilib, changdan tozalanib, sulfat kislotasi olishga yuboriladi. “Norilsk – Nikel” OAJ va “Balxash mis” sanoat birlashmasi kombinatlarida ishlab turgan pechlarning texnik-iqtisodiy tavsiflari 4.1-jadvalda keltirilgan. VP konstruksiyasining issiqlikni doimiy ushlab turish imkoniyati katta. Haroratning maksimal qiymati aynan furma yonida ko‘tariladi, kislorodning yuqori sarfi, haroratning ortishiga olib keladi. Kessonlar yonida eng past harorat bo‘limlarda bo‘ladi. Xomashyo yuklanadigan joyida ham harorat yanada pasayadi. - Kessonlar zichligi o‘ta yuqori bo‘lgan misdan tayyorlangan. Texnologik gazlar kessonlangan shaxtadan chiqariladi. Shaxtada ajralish davriga chiqqan oltingugurt qisman yondiriladi. Gazlar qozon-sovutkichlarda sovutilib, changdan tozalanib, sulfat kislotasi olishga yuboriladi. “Norilsk – Nikel” OAJ va “Balxash mis” sanoat birlashmasi kombinatlarida ishlab turgan pechlarning texnik-iqtisodiy tavsiflari 4.1-jadvalda keltirilgan. VP konstruksiyasining issiqlikni doimiy ushlab turish imkoniyati katta. Haroratning maksimal qiymati aynan furma yonida ko‘tariladi, kislorodning yuqori sarfi, haroratning ortishiga olib keladi. Kessonlar yonida eng past harorat bo‘limlarda bo‘ladi. Xomashyo yuklanadigan joyida ham harorat yanada pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |