Vaqt etaloni va uning xarakteristikasi. Etalon haqida tushuncha
ETALON VA ULARNING TURLARI
Download 225.18 Kb.
|
Etalon haqida tushuncha-fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlik etaloni
- Davlat Birlamchi Etaloni
- Ikkilamchi etalon
- Ishchi etalon
- Boshlang’ich etaloni
ETALON VA ULARNING TURLARI
O’lchashlar birligini ta’minlash uchun bitta fizik kattalikni hamma o’lchash vositalari darajalangan birliklari aynan bo’lishi zarur. Buning uchun fizik kattaliklar belgilangan birliklarini saqlovchi va tiklovchi, ularni mos o’lchash vositalariga uzatuvchi o’lchash vositalari ishlatiladi. Metrologik zanjirning eng yuqori qismi bo’lib etalonlar hisoblanadi. Birlik etaloni – birlikni uning o’lchamini qiyoslash sxemasi bo’yicha quyi turgan o’lchash vositalariga uzatish maqsadida ifodalash va/yoki saqlashni ta’minlovchi maxsus spetsifikatsiya bo’yicha bajarilgan va belgilangan tartibda etalon sifatida rasmiy tasdiqlangan o’lchashlar vositasi (yoki o’lchash vositalari majmui). Tasnifi, vazifasi va etalonlarga umumiy talablar GOST 8.057-80 da belgilab beriladi. Mamlakatda eng yuqori aniqlik bilan birlikni tiklanishini ta’minlovchi etalon (shu birlikni boshqa etalonlari bilan solishtirganda) birlamchi deb nomlanadi. Birlamchi etalon davlat o’lchashlar tizimining asosini tashkil etadi. Davlat Birlamchi Etaloni – davlat hududida bu birlamchi etalon bo’lib, vakil qilingan davlat organi tomonidan boshlang’ich sifatida qabul qilgan qarori bilan aniqlanadi. Davlat etalonlari tiklanadi, saqlanadi va davlat markaziy metrologiya ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlatiladi. Davlat etaloni boshqa davlatlar etalonlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilishi kerak. «Milliy etalon» atamasi etalonni xalqaro etalonlar bilan yoki bir xil davlatlar etalonlari bilan solishtirishni amalga oshirish kerak bo’lganda ishlatiladi. Davlat etaloniga misol qilib, elektr yurituvchi kuch birligi Davlat etaloni (GOST 8.027-89) xizmat qilishi mumkin. Davlat etalonlari O’zbekiston davlat metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish organi tomonidan tasdiqlanadi. Ikkilamchi etalon – shu birlik birlamchi etalondan bevosita birlik kattaligini oladigan etalon. Ikkilamchi etalonlar birliklarini saqlash vositalari va kattaliklarini uzatishga bo’ysunuvchi qismi bo’lib qoladi, qiyoslash ishlarini tashkil etish kerak bo’lgan holda ularni yaratadilar, shuningdek, davlat etalonini saqlash va eskirishining oldini olishni ta’minlash uchun ishlatiladi. Ikkilamchi yoki ishchi etalon bir xil hollarda idoraviy etalon deb nomlanadi, chunki u vazirliklar (idoralar) uchun chiqish etaloni hisoblanadi. Solishtirish etaloni – u yoki bu sabablarga ko’ra bir-birlari bilan bevosita solishtirilmaydigan etalonlarni asl nusxasi bilan solishtiriladigan etalon. Misol qilib, O’zbekiston Respublikasi volt Davlat etalonini normal elementi Xalqaro o’lchov va tarozilar volt etaloni bilan solishtirish uchun ishlatiladi. Ishchi etalon – ishchi o’lchash vositalariga birlik kattaligini uzatish uchun qo’llaniladi. Bu eng keng tarqalgan etalon. Fizik kattaliklar o’lchashlar aniqligini oshirish maqsadida ishchi etalonlar vazirliklar va idoralar laboratoriyalari va ko’pchilik hududiy metrologik organlarda ishlatiladi. Ishchi etalonlar zarur bo’lganda bo’ysunish tartibida 1, 2 va hokazo razryadlarga bo’linadi va tartibini belgilaydi. O’lchashlarni har xil turlari uchun amaliyot talablaridan kelib chiqib, ishchi etalonlarning har xil razryadlar soni belgilanadi. Boshlang’ich etaloni – eng yuqori metrologik xususiyatga ega etalon (laboratoriya, tashkilotlar, korxonalarda), ulardan bo’ysunuvchi etalonlarga, bor o’lchash vositalariga birliklar kattaligi uzatiladi. Davlatda boshlang’ich etalon bo’lib, birlamchi etalon ishlatiladi, respublika uchun, hudud, vazirlik (idora) yoki korxona uchun ikkilamchi yoki ishchi etalon ishlatiladi. Download 225.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling