Vaqt shamoldek uchmoqda


Download 14.63 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi14.63 Kb.
#1401743
Bog'liq
Vaqt shamoldek uchmoqda.




Vaqt shamoldek uchmoqda
Inson zoti borki, dunyoga kelib o`zidan yaxshi nom qoldirishga, ko`p narsaga ulgurishga harakat qiladi. Biroq ,insonning o`ylagan orzularini amalga oshirishga vaqti yetarmikin degan savol tug’iladi. Bu savolning javobi esa albatta o`zimizda. Chunki biz o`z vaqtimizni to`g’ri taqsimlay olsakgina o`ylagan orzularimizni amalga oshirishimiz, qisqagina umrimizni foydali narsalarga sarflashimiz mumkin bo`ladi. Ho`sh, bugungi kunda hamma ham bu ishning uddasidan chiqa olyaptimi ? Menimcha yo`q! Negaki, hamma ham o`z vaqtini to`g’ri taqsimlash san’atiga ega emas. Shamol kabi uchayotgan vaqtni jilovlashni va undan unumli foydalanishni vaqtning qadriga yetadigan insonlargina biladilar. Ular o`zlarining qimmatli vaqtlarini har bir daqiqasidan samarali foydalanishga harakat qiladilar.
Nazarimizda vaqt bizga yetmayotgandek, kamayib borayotgandek tuyuladi . Aslida esa vaqt o`z joyida turibdi. Biz undan foydalanishni bilmayapmiz xolos. Shu o`rinda tarixiy faktlarga murajaat qiladigan bo`lsak, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham vaqtdan unumli foydalanganlar. Tinimsiz o`qib o`rganishlari sababli yigirma sakkiz yoshlaridayoq el-yurt tanigan mutafakkir va shoir bo`lib yetishganlar.
Dunyo xalqlarini o`z ilmi bilan hayratga solgan Abu Ali Ibn Sino o`n olti yoshidayoq Qur’oni Karimni yoddan bilgan va tibbiyot ilmiga ixlos qo`yib tabiblik maqomini olgan. Bu kabi insonlar navqironlik davrini qadriga yetib, fursatni g`animat bilib uni bilim va hunar o`rganish uchun sarflaganlar.
Bugungi kunda esa o`z vaqtining qadr- qimmatini baholay olmaydigan kishilar ham talaygina. O`z vaqtini behuda sarf etayotgan yoshlar , hali balog`at yoshiga yetmay turib turmushning qing`ir ko`chalarida adashib yurganlar, o`g`rilik , talonchilik qilib qora kursida o`tirganlar kammi? Agar ular hayotning g`animatligini, o`tayotgan har bir daqiqaning qadrini bilganlarida edi. O`z vaqtlarini behudaga sovurmagan, balki foydali ishlar qilib, o`zidan yaxshi nom qoldirishga harakat qilgan bo`lar edilar.
Xalqimizda shunday gap bor: “Vaqt oltindek qimmat”. Aslida esa vaqtni oltinga qiyoslab bo`lmaydi chunki vaqt bu umr degani umrning esa bahosi yo`q. Shunday ekan bahosi yo`q vaqtimizdan unumli foydalanib qolish o`zimizning qo`limizda. Chunki vaqt shamoldek uchmoqda…
Download 14.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling