Vaqtda talaffuz qilishga imkon bermaydi. Muayyan cho‘ziqlikka ega bo‘lgan ikki va undan ortiq elementlarning ketma-ket munosabati ketma-ketlik (sintagmatik) munosabat sanaladi
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Download 285.74 Kb. Pdf ko'rish
|
lisoniy-birliklarning-o-zaro-munosabatlari-ketmaketlik-munosabati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 3 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Nutq jarayonidagi real birikma esa ana shu qoida va andozalar asosida yuzaga chiqadi. Har bir lisoniy birlikning boshqa lisoniy birlikka bog‘lanish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Grammatik jihatdan bog‘lanish Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 3 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-3-607-610 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 608 March, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal mumkin bo‘lgan birliklar ham agar mazmuniy moslik bo‘lmasa, bog‘lana olmaydi. Masalan, yig‘lamoq, kulmoq, mushtlashmoq singari leksemalarning mazmuniy mundarijasida odam leksemasi bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud. O‘z navbatida odam leksemasining mazmuniy mundarijasida yig‘lamoq, kulmoq, mushtlashmoq leksemalari bilan mazmuniy moc keladigan (shu harakatlarni yuzaga chiqara olish) sema mavjud. Har ikki insoniy birlikda mavjud bo‘lgan o‘sha bir-biriga moc sema ularni o‘zaro mazmuniy va grammatik munosabatga kirishuviga yo‘l ochadi. Aksincha, tosh leksemasi bilan yemoq, leksemasi o‘rtasida yuqoridagi kabi mazmuniy uyg‘unlik yo‘q. Shuning uchun ham ular o‘zaro mazmuniy bog‘lanish imkoniyatiga ega emas. Ko‘rinadiki, til egalari ongida tayyor holda mavjud bo‘lgan lisoniy birliklarning o‘zaro qo‘shilish qoidalari, andozalari til sathiga ana shu qoida va andozalar asosida bevosita kuzatishda namoyon bo‘lgan cheksiz hosilalar, konkret birikmalar nutq sathiga mansubdir. Sintagmatik munosabat yordamida tilning bosh vazifasi kommunikativ vazifasi amalga oshadi. Bir sathga mansub, murakkablik darajasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan lisoniy birliklar munosabatidan tashqari, turli sathga mansub, turli murakkablikdagi birliklar ham o‘zaro munosabatga kirishadi. Murakkablik darajasi turli xil bo‘lgan, ikki xil sathga mansub lisoniy birliklar munosabati pog‘onali munosabat sanaladi. Bunday munosabatni «...dan tashkil topadi», «... tarkibiga kiradi» ifodasi bilan berish mumkin. Demak, quyi sath birligi o‘zidan bir daraja yuqori sath birligi uchun qurilish (konstruktiv) birligi bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori sath birligi esa qurilma (konstruksiya) sifatida o‘zidan bir daraja quyi sath birliklarining ketma-ketlik (sintagmatik) munosabatidan tashkil topadi. Masalan, maktabga so‘z shakli morfologik sath birligi sifatida morfemik sath birligiga nisbatan murakkablik darajasi yuqori. Chunki u o‘zidan bir daraja quyi morfemik sathning maktab va -ga birliklari o‘rtasidagi sintagmatik munosabat hosilasi sifatida maydonga kelgan. Demak, morfologik sath birligi bo‘lgan so‘z shakl morfemik sath birligi bo‘lgan morfemalarning (morfema variantlarining) o‘zaro sintagmatik munosabatidan tashkil topadi. Morfema (morfema varianti) esa so‘z shakl tarkibiga kiradi. Lisoniy birliklarning murakkablik darajasi nisbiydir. Uning murakkab deb nom olinishi o‘zidan bir daraja quyi sath birligiga nisbatandir. Masalan, morfemik sath birligi bo‘lgan morfemaning murakkab (qurilma, sistema) deb nom olinishi fonologik sath birligi bo‘lgan fonemaga nisbatandir. Morfema, o‘z navbatida, morfologik sath birligi bo‘lgan so‘z shakl uchun element, qurilish (konstruktiv) a’zosi sanaladi. So‘z shakl morfemaga nisbatan murakkab, sintaksemaga nisbatan esa element hisoblanadi. Lisoniy birliklar o‘rtasidagi pog‘onali munosabat til sistemasi ichki tuzilishining oddiydan murakkabga qarab tarkibiy joylashganligidan dalolat beradi. Download 285.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling