Vaqtinchalik nizom


Download 100.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi100.12 Kb.
#1833156
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
36 DXSh



Oʻzbekiston Respublikasi 
Iqtisodiyot va moliya vazirining 
2023-yil “__” _______ dagi 
___son buyrugʻiga 
___ - ilova
 
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini
qisqartirish departamenti toʻgʻrisida 
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat 
funksiyalarini qisqartirish departamenti (keyingi oʻrinlarda – departament) maqomi, 
vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, shuningdek
uning rahbarlari va tarkibiy boʻlinmalarining funksional vazifalari hamda 
javobgarligini tashkil etish tartibini belgilaydi. 
2. Departament Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb 
ataladi) markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. 
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa 
qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi qarorlariga 
(buyruqlariga) amal qiladi. 
4. Departament tuzilmasi Iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi 
va belgilangan tartibda departament cheklangan soni va tuzilmasiga, zarur hollarda, 
oʻzgartirishlar kiritish oʻzgartirishlar kiritiladi. 
5. Departament oʻziga yuklatilgan vazifalarni Vazirlik markaziy apparatining 
tarkibiy tuzilmalari, vazirlik huzuridagi va hududiy tashkilotlari, shuningdek, davlat 
boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari
fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, 
tijorat banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda bajaradi. 

Download 100.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling