VARIANT # 1
1. Qaysi vakolatli organ soliq turlarini joriy etish huquqiga ega?
A) O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi
B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
C) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
+D) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
2. Soliqlar byudjetga tushishiga ko‘ra qanday guruhga ajratiladi?
+A) umumdavlat va mahalliy soliqlar
B) mol-mulk va resurs to‘lovlari
C) egri va to‘g‘ri soliqlar
D) yiridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar
3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini Qishloq xo‘jaligi korxonalari qachon topshiradilar?
A) yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda
+B) joriy soliq davrining 15 dekabrigacha
C) soliq davridan keyingi yilning 20 (avval 25) yanvarigacha
D) soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay
4. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs kim?
A) xususiy tadbirkor
B) davlat tadbirkorligi
+C) yakka tartibdagi tadbirkor
D) oilaviy tadbirkor
5. Nimalar soliqlar va yig‘imlar jumlasiga kirmaydi?
A) shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar.
B) qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish
C) qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni boshqacha tarzda olib qo‘yish.
+D) barcha javob to‘g‘ri
6. Aksiz solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib kimlar hisoblanadi?
A) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar
B) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar
+C) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar
D) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni eksport
qiluvchi yuridik shaxslar