e’tirof etiladi.
+A) soliq agentlari
B) soliq inspektorlari
C) mib xodimi
D) soliqchi
4. Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi:
+A) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari
B) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga
C) lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga
D) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga
5. Soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami necha kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda
bo‘lgan jismoniy shaxslar soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi?
A) 270 kun
B) 365 kun
C) 150 kun
+D) 183 kun
6. Soliq Kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov - ...
+A) soliq
B) yig‘im
C) majburiy to‘lov
D) xayriya
7. Soliq deganda … tushuniladi
+A) soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov
B) soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov
C) soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan ixtiyoriy to‘lov
D) soliq kodeksida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan, keyinchalik o‘zimizga qaytarib beriladigan to‘lov
8. Soliqlar va yig‘imlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas.
Qaysi prinsip?
+A) adolatlilik prinsipi
B) majburiylik prinsipi
C) yagonalilik prinsipi
D) oshkoralik prinsipi
Do'stlaringiz bilan baham: |