Вариант -11 Mehnat resurslari tahlil etishning asоsiy yo’nalishlarini ko’rsating?


Download 111.42 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi111.42 Kb.
#1055734
Bog'liq
iqtisodiy taxlil


Вариант -11
1. Mehnat resurslari tahlil etishning asоsiy yo’nalishlarini ko’rsating?

Korxonalarning kerakli mehnat resurslari bilan yetarli darajada ta’minlanishi, ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada bo’lishi, mahsulot hajmini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga egadir. Xususan, barcha ishlarning hajmi va o’z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlardan foydalanish samaradorligi va buning natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va boshqa bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlar korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liqdir.

Tahlil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardir:-korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining, shuningdek, toifalar va kasblar bo’yicha mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o’rganish va unga baho berish;-kadrlar ko’nimsizligi ko’rsatkichlarini aniqlash va o’rganish;-mehnat resurslari zahiralarini aniqlash, ulardan yanada to’laroq va samaraliroq foydalanish.



Mehnat resurslari sifat tarkibini malaka bo’yicha tahlil qilish zarur. Xodimlarning malaka darajasi ko’p jihatdan ularning yoshiga ish stajiga, ma’lumotiga va hokazolarga bog’liqdir. SHu sabali, tahlil jarayonida ishchilarning yoshi, ish staji, ma’lumoti bo’yicha o’zgarishlar o’rganiladi.

2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyatini tushintirib bering?
Mehnat resurslarini tahlil etish orqali korxonani xodimlar bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish, ularning tarkibi, tuzilishi, kasbiy mahorati, xodimlarni malakasini oshirish, ish vaqtidan foydalanish ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Ayniqsa, mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor beriladi. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad, mehnat unumdorligini oshirish rezervlari hisobiga mahsulot hajmini o‘sishini, ish vaqtidan to‘liq foydalanish va boshqa omillar evaziga mahsulot tannarxini pasaytirishdan iboratdir.Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o‘rganishda boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi, ularning tarkibi, strukturasi o‘zgarishini mehnat unumdorligiga bo‘lgan ta’sirini hisoblash va baho berish.
2. Ish vaqtini yo‘qotish sabablarini aniqlash va unga baho berish;
3. Mehnat unumdorligi rejasining bajarilishi va dinamikasiga obyektiv baho berish.
4. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash.
5. Xodimlar qo‘nimsizligiga baho berish.
6. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini aniqlash va ularga baho berish.
7. Bir xodimning mehnat unumdorligini aniqlash va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga baho berish.
8. Ish vaqtidan foydalanish va bir soatlik ish unumdorligini o‘zgarishini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini o‘rganish. 

3. Berilgan jadvaldan foydalanib ishchilarni ish vaqtidan fоydalanishini tahlil qiling?.


Download 111.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling