Variant- 13 Boshqaruvli so’z birikmasi. Abusaid Ko’chimovning hayoti va ijodi. Tursunboy Adashboyevning “Telefondagi suhbat”, “Baqalar” she`ri tahlili O‘z uyida qoyil bo‘lish mag‘lub bo‘lishdan-da yomon bo‘ladi
Download 61.5 Kb.
|
13-Variant
Sovgʻaga kelgan toʻpni
Yotsiramay olishib, Teng sherikka boʻlishdi, Shart ikkiga yorishib… Kitob va daftarning qadr-qimmatiga yetmaydigan, xususan, daftarni isrof qiladigan bolakaylar koʻp uchrab turadi. Shoir “Oʻn ikki varaq daftar” sheʼri orqali ana shunday oʻquvchilardan ibrat olmaslikka chaqiradi va qissadan hissa chiqaradi: Oʻn ikki varaq daftar Xolis xizmat etmadi. “Lo-la, osh, el” soʻzini Yozish uchun yetmadi… Shoirning bolaligini xotirlash asnosida yaratilgan oʻnlab mashqlari ham hayotiy voqealarning hosilasi ekanligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi jahon urushi hamda urushdan keyingi davrda kichik ovulda roʻy bergan hodisalar silsilasi Tursunboy Adashboyev sheʼrlarining oʻzagini tashkil etadi. “Tush boʻlib qolsin mayli…” sheʼridagi quyidagi misralar kishini olis bolalikka yetaklaydi: Dumbul boʻlgan bugʻdoyning Qaychilayman poyasin. – Bu bir qozon qoʻgʻirmoch Shodligim nihoyasiz. Bu – urushdan keyingi, Pishiqchilik oʻlkamda. Sezmay qopman tarsa-turs Qamchi tushdi yelkamga. Jon xavfida uygʻondim Ha, qorovul tufayli. Xayriyat tushim ekan, Tush boʻlib qolsin mayli… Kichkintoylar uchun atalgan sheʼrlar toʻq magʻiz qofiyalar asosiga qurilgan taqdirdagina oʻqish uchun oʻngʻay, yodlash uchun oson koʻchadi. Zotan, Zafar Diyor, Qudrat Hikmat sheʼriyatining umrboqiyligi ana shundadir. Tursunboy Adashboyev ham ustozlari izidan borib kutilmagan qofiyalar topadi. Bu muallif qalamga olgan mavzuni oʻquvchiga tezroq yetib borishiga xizmat qiladi. Shoirning ijodiy fazilatlaridan yana biri sheʼrlarining qisqa, loʻndaligida. Tursunboy Adashboyev jahon hamda qardosh xalqlar bolalar sheʼriyati vakillarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish borasida ham faol ish olib borayotir. Uolter De Lamer, Yan Bjexva, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak, Musa Jongʻoziyev, Qodir Mirzaliyev, Ogʻageldi Allanazarov, Qanibek Junushev, Saydali Maʼmur, Leons Briyedis, Yesken Yelubayev sheʼrlarini yosh kitobxonlar Tursunboy Adashboyev tarjimasida sevib oʻqishadi. Shoir kichkintoylarning ulkan adabiyotiga boʻlgan yuksak eʼtiqodini quyidagi misralarda roʻy-rost bayon etadi:
5. TEST
1. Boshqaruvli so’z birikmasi berilgan javobni belgilang. A) o’rik guli B) gazeta o’qimoq C) yog’och eshik D) do’kon yopiq 2. So’z birikmasining qaysi turida tobe so’z faqat aniqlovchi vazifasida qo’llanadi? A) moslashuv B) boshqaruv C) bitishuv D) boshqaruv va moslashuv 3. So’z birikmasining qaysi turida tobe so’z to’ldiruvchi va hol vazifasida qo’llanadi? A) moslashuv B) boshqaruv C) bitishuv D) boshqaruv va moslashuv 4. So’z birikmasining qaysi turida tobe so’z aniqlovchi va hol vazifasida qo’llanadi? A) moslashuv B) boshqaruv C) bitishuv D) moslashuv va boshqaruv 5. So’z birikmasining qaysi tur(lar)i turlovchi qo’shimchalarning har ikki turi vositasida hosil qilinadi? A) moslashuv B) boshqaruv C) bitishuv D) moslashuv va boshqaruv 6. Tilshunoslikning sintaksis bo’limiga oid atama(termin) berilgan javobni toping. A) kelasi zamon B) qiyosiy daraja C) ot boshqaruvi D) jamlovchi son 7. Kechasi tiniq osmonda yulduzlar charaqlaydi. Ushbu kesimga bilvosita bog’langan so’z qanday sintaktik vazifa bajargan? A) hol B) to’ldiruvchi C) aniqlovchi D) ega 8. Qaysi javobda so’z birkmasi berilgan? A) futbol haqida B) xalq uchun C) kelajak sari D) vaqt qadri 9. Qaysi javobda moslashuvli so’z birkmasi berilgan? A) suvchi qizi B) fizika darsi C) g’isht zavodi D) rasm daftari 10. Men bolalarni uyga taklif etdim. Qaysi javobda gapdagi so’zlarni tobe bog’lagan vositalar berilgan? A) –lar, -ni, -ga, -di, -m B) –ni, -ga, -di, -m C) –ni, -ga, -m D) –lar, -ni, -ga, -m Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling