Mavzu: Shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar
Darsning maqsadi:
Talimiy : o’quvchilarda kim ? nima? so’roqlari yordamida shaxs va narsani bildirgan so’zlarni aniqlash , so’zlarni o’z o’rnida qo’llay bilish , erkin fikrlashga o’rgatish
Tarbiyaviy: O’quvchiarning ona vatanga bo’lgan mehr- muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Mantiqiy fikrlash tasavvur qilish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi dars
Dars metodi : Savol- javob, sinkveyn metodi
Dars jihozi: Tarqatma materiallar, darslik, plakat
Darsning borishi :
Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish
Davomatni aniqlash
Navbatchi axborotini tinglash
Uyga vazifani tekshirish
90-mashq
O’qituvchi mashqdagi gaplarni savol- javob tarzida o’qiydi . O’quvchilar bir so’z bilan javob beradilar.
Namuna :
-Quyosh nima qildi ?
-Chiqdi.
-Kim bog’ga bordi?
-Bog’bon.
-U bog’ga qanday daraxt o’tkazdi?
-Mevali.
Yangi mavzu bayoni
91- mashqdagi she’r o’qib eshittiriladi.
Ulug’ Temur bobomiz
Sevgan sig’ingan Vatan !
Bobur Mirzo doimo
Qo’msab sog’ingan Vatan .
(Rauf Tolib).
4.Mustahkamlash
92-mashq
Multimediya ilova namoyish etiladi.
-Bolalar , rasmlarga so’roq bering ?
-Rasmlarni guruhlab, tegishli o’rinlarga joylashtiring.
-Bu rasmlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi ?
-Kim?Nima ? so’rog’i qaysi so’zlarga beriladi ?
Rasmli lug’at diktanti o’tkaziladi .
O’quvchilar rasmda ko’rgan shaxs va narsa nomlarini daftarlariga yozadilar , 3-4 nafar o’quvchiga o’qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |