Variant- 13 dts da “Fonetika,grammatika, so`z yasalishi va orfografiyani o`rgatish” ga qo`yilgan minimal talablar


Namuna : Daraxt, Lola , Maysa , Bola , Varrak , Osmon , Bulut , Qushlar , Tog’ , Yer . Dam olish daqiqasi


Download 89.48 Kb.
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi89.48 Kb.
#1839959
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-variant

Namuna :
Daraxt, Lola , Maysa , Bola , Varrak , Osmon , Bulut , Qushlar , Tog’ , Yer .
Dam olish daqiqasi
Oyog’imiz taq- taq- taq
Qo’llarimiz chapak – chapak
Boshimiz sarak- sarak.
Qo’limizni ko’tardik.
Sekingina tushurdik.
Endi ehtiyot bo’lib,
Joyimizda o’tirdik.
5. Darsga yakun yasash va baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholandi.
6. Uyga vazifa berish
93-mashq
Namuna:
Bog’bonning tok qaychisi va gulini qo’liga joylashtirib , qaysi kasb egasi ekanligini aniqlaydilar hamda shaxsga so’roq beradilar .
4.10 ta test tuzish

Qaysi qatorda Alifbegacha tayyorgarlik davri vazifalari to’g’ri berilgan?

O’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish

O’quvchilarni undosh tovush va harflar bilan tanishtirish

Sonor tovushlarni o’rgatish

O’quvchilarni unli tovushlar va harflar bilan tanishtirish




Savod o’rgatish jarayoni oxirida o’quvchilar qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar?

O’qish va yozishni mukammal o’rganishadi

Faqat unli tovush va harflarni o’rganishadi

Undosh tovush va harflarni qisman o’rganishadi

Tallaffuzi oson tovush va harflarni o’rganishadi




Oz komplektli maktablarda savod o`rgatishni tashkil etishda o`qituvchi bir vaqtning o`zida nechta sinf bilan ish olib boradi?

2 yoki 3

1 yoki 2

1 yoki 3

1 yoki 4




O’zbek tilida savod chiqarish qaysi metodga asoslanadi?

Analiz-sintez tovush metodiga

Bo’g’in hosil qilish metodiga

Izchillik metodiga

Empirik metodiga




Yozuvga o’rgatishda qaysi malakaga tayaniladi?

Grafik malakaga

Bo’g’indan tovushni ajratishga

Nutq madaniyatiga

Tovush talaffuziga




Tovush metodini “Ustozi avval”qo’llanmasida birinchi bo’lib yaratgan o’zbek ma’rifatparvari kim?

Saidrasul Saidazizov

Avaz O’tar

Shermuhammad Munis

Munavvariqori




Diksiya so`zining ma’nosini aniqlang?

Ravon, burro talaffuz qilish

Aniq-tiniq eshitish

Bo’g’indan tovushni ajratish

Tovush va bo’g’inni sintez qilish




O’zbek tilidagi a,o,i,e,u,o’ unlilari alifbe davrining nechanchi bosqichida o’rgatiladi?

1-bosqichida

2-bosqichida

2-bosqich oxirida

3-bosqichida




Pozitsion o’qish deganda qanday o’qishni tushunasiz?

Bo’g’inlab o’qish

Ifodali o’qish

Ongli o’qish

Sidirg’a o’qish




O’qish va yozish parallel ravishda olib boriladigan savod o’rgatish darslari qaysi metodga asoslanadi?

Analitik-sintetik tovush metodiga

Abjad usuliga

Hijo metodiga

Harflarni yodlash usuliga




“Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosining joriy etish to’g’risida” gi qonun qachon qabul qilingan?

1993- yil 2- sentabr

1989- yil 24- avgust

1991- yil 31- avgust

1995- yil 6- may



5.Ona tili darsligining tahlili
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2 – sinfi uchun “Ona tili” darsligi 11 –nashri O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan nashrga tavsiya etilgan bo’lib, Cho’lpon nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyida 2016 – yilda Toshkentda nashr qilingan.
Tuzuvchilar: Qosimova K. , Fuzailov S. , Ne’matova A. ,
Mas’ul muharrir: Filologiya fanlari nomzodi, dots. Ma’rufjon Yo’ldoshev.
Taqrizchilar: M. Yusupova – filologiya fanlari nomzodi, dots. , N. Axmedova – Respublika ta’lim markaziboshlang’ich ta’lim markazi, boshlang’ich ta’lim bo’limi boshlig’i; B. Karimova – Termiz shahar 13 – maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
2 – sinf “Ona tili” darsligi 128 betdan iborat. Darslikning tashqi sahifasida O’zbekistonning bosh maydonida joylashgan Oliy Majlis senati, Alisher Navoiy haykali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi rasmlari berilgan bo’lib, o’zidan bilim nurlarini taratayotgan kitob tasvirlangan.
Kitobning tevaragi ko’k- yashil hoshiya bilan bezatilgan. Darslikning ikkinchi betida uyga vazifa , topshiriq, o’ylab ko’ring, dars tugadi kabi shartli belgilar berilgan. Darslikka kiritilgan mavzular oddiydan murakkabga tamoyili asosida tuzilgan bo’lib, mavzuga oid turli rasmlar, jadvallar, rebuslar berilgan. Rasmlarning rangli tasvirda bo’lishi o’quvchilarni kitobga bo’lgan qiziqishini yanada oshiradi.
2 – sinf “Ona tili” dasturiga mos ravishda quyidagi 21 ta mavzular kiritilgan:
“ Gap va so’z”, “Tovushlar va harflar”, “Unli tovushlar va harflar”, “Undosh tovushlar va harflar”, “ ’- Tutuq belgisi”, “ Nutq. Matn. Gap”, “So’z va bo’g’in”, “Bo’g’in ko’chirish”, “Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar”, “ Ularning harflar bilan ifodalanishi”, “ Aytilishida tushib qoladigan undoshlar”, “So’z”, “Shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar”, “Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf”, “Shahar, qishloq, ko’cha, daryo nomlarida bosh harf”’
“Hayvonlarga qo’yilgan nomad bosh harf ”, “ Shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar”, “Kishilarning ismi va familiyasi bosh harf”’, “ Hayvonlarga qo’yilgan nomda bosh harf”’, “ Shahar, qishloq, ko’ch, daryo nomlarida bosh harf”’, “Shaxs va narsa harakatini bildirganso’zlar”, “ Shaxs va narsa belgisini bildirgan so’zlar”, “Sanoq va tartibni bildirgan so’zlar”, “Gapning asosi. Gapda so’zlarning bog’lanishi”.
Darslikdagi mavzular tarkibiga kiritilgan mashqlar rang – barang bo’lib, og’zaki, yozma, mustaqil bajarishga mo’ljallangan.Shuningdek, mavzu doirasi turlicha bo’lgan bayonlar ham kiritilgan. Ona tilidan til materiallarini o’rgatishda xalq og’zaki ijodiga mansub maqol, topishmoq, tez aytish, ertak va rivoyatlar berilgan.
O’quvchilarni har tomonlama barkamol avlod ruhida tarbiyalashga oid matnlarni ifodali o’qish va tahlil qilish, ularning dunyoqarashini kengaytirish zarur hisoblanadi
Download 89.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling